tilning so’z o’zgartirish va so’z biriktirish qoidalari haqida bo’lib, bunda so’z
o’zgartirish doirasida so’z
shakllari, so’z shakllarini hosil qiluvchi grammatik
kategoriyalar va o’zgarishi asosida farqlanuvchi so’zlarning grammatik guruhlari -
so’z turkumlari va bu hodisalarning mahsuli bo’lmish so’z birikmasi va gaplar bir
vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o’z-o’zidan ularni o’rganuvchi ikki soha
- morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi.
4-ilova
Grammatika va milliylik, milliy mafkura. Til va tafakkur, til va ruh
ajralmasdir. Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorlarga, qonun-
qoidalarga ega bo’lib, bu shu tilda so’zlashuvchi kishilarning ijtimoiy ruhiyati bilan
belgilanadi. SHu boisdan nazariy tilshunoslik asoschisi V.Gumboldt bundan qariyb
ikki asr ilgari: Har qaysi tilning o’z sistemasi bo’lib, tilni tadqiq qilishni shundan
boshlash kerak", - degan edi. Grammatikada aks etuvchi milliylikni uning har ikki
tarkibiy
qismi - morfologiyada ham, sintaksisda ham kuzatish mumkin.
Tilshunoslikda u shunday sharhlanadi. Ma’lumki, o’zbek tilida so’zning o’zak-
negizi mustaqil qo’llanadi. Jumladan, fe’lning o’zak-negizi lug’aviy, grammatik va
kommunikativ ma’no ifodalab, asosiy va qo’shimcha tushunchadan tashqari, fikr
ham bildiradi. Shunga ko’ra, u asosiy tushuncha ifodalab lug’aviy
unsur(leksema)lik, qo’shimcha tushuncha bildirib grammatik shakl (so’zshakl)lik,
fikr ifodalab kommunikativ birlik -(gap)lik vazifasini bajaradi. Masalan, ol,
ishla
fe’llarining lug’aviy ma’nosi harakatni bildirish bo’lib, grammatik ma’nosi sakkizta:
buyruq, kelasi zamon, II shaxs, birlik, hurmatga betaraflik, bosh nisbat, bo’lishlilik,
tarz-yo’sin (aspekt)ga betaraflik. Grammatik ma’nodan beshtasi kesimlikni
shakllantirganligi sababli bu o’zak-negizlar ohang yordamida gap ham bo’lib keladi.
Rus tilida tamoman boshqa holni ko’ramiz. Fe’lning o’zak-negizi (pi’sa-, prochita-)
lug’aviy ma’no anglatish uchun xoslangan bo’lib, faqat leksema hisoblanadi.
Grammatik ma’no
boshqa vosita bilan ifodalanib, grammatik shakl hosil bo’ladi
(pisa-1, prochita-2). SHuning uchun morfologiyada ana shunday vosita
(qo’shimcha, tovush o’zgarishi, yordamchi so’z) va ular ifodalaydigan ma’no
o’rganiladi. Grammatik shakl ifodalaydigan ma’nolar kesimlik uchun yetarli emas:
shaxs ma’nosi, ya’ni ish-harakatni bajaruvchi (sub’ekt) noaniq. SHu sababli ega
(sub’ekt)ni ko’rsatuvchi so’z qo’llangandan keyingina gap hosil bo’ladi: Ya pisal.
Tы pisal. On pisal. Demak, rus tilida leksik, morfologik va sintaktik unsurlar bir-
biridan keskin farq qiladi.
Морфологиянинг объекти сўзнинг ўзгаришфтилан боғлиқ, яъни
морфологик структурасидир. Сўзнинг
морфологик структураси -
грамматик морфемалар, грамматик морфемалар системаси -
морфологик категориялар, сўзнинг ўзгаришлар
асосидаги системаси
(масалан, китоб, китобнинг, китобни, китобга, китобда, китобдан китоб
сўзининг келишик категорияси асосидаги ўзгаришлар системасидир),
сўзшаклларнинг ҳосил бўлиш йўл ва усуллари, воситалари, бу
воситаларнинг турларидир.
Qisqacha chog’ishtirishdan ma’lum bo’ladiki, rus tilida qo’shimcha va
so’z bilan ifodalanadigan grammatik ma’nolar o’zbek tilida birgina fe’lning o’zak-
negizidan anglashiladi. Buning ustiga qo’shimcha va so’z tejalib,
tushuncha va
fikrni ixcham ifodalashga yerishiladi. Bu esa grammatik tejamkorlik o’zbek tilining
bosh milliy xususiyatlaridan biri ekanligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: