keldi. O’quv, yozuv, qurilish (fe’l otga o’ngan). Boshqa turkumga ko’chgan so’zning
ma’nosi va gapdagi vazifasi ham o’zgaradi.
6.Qo’shimchalarning ma’no, vazifasining yo’qolishi bilan: kechasi, kunduzi, birdan,
birga.
So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim
leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni
turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari
bilan bir qatorda, lug‘aviy
ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik,
ham leksik
ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan
so‘zlar
mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l,
ravish kiradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida
o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no
ifodalashga
xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa
tilshunoslikda
grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan:
ko‘rib qolmoq, bilib
olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi
qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy
ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi
vazifasini bajara
olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no
nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar
yordamchi
so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:1)
ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini
tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil so‘z-
gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham
ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi,
ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir.
Shuning
uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos
xususiyatlari bilan alohida - alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda,
birinchidan, lug‘aviy ma’no,
ikkinchidan, morfologik shakl,
uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish
xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan
kelib
chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat,
son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama
kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida
yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
Har bir so’z turkumi o’z ichida bir nechta leksik-grammatik guruhlarga
ajraladi. M.,
Dostları ilə paylaş: