1. Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavz
Morfologik kategoriyalar. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham
oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos
kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan,
tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos
morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos
maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi
soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy
va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning
mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki
tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategoriyasi feʼl
M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan
"feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi,
zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi
harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon
shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir
zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon
shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq
vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini
bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon
kategoriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid
har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik
tizimi yoritiladi. Morfologik kategoriyalar:
1.Fe’llarda nisbat, zamon, shaxs-son, mayl va boshq.
2.Otlarda egalik, kelishik, son kabilar.
3. Sifat va ravishlarda daraja kategoriyalari va boshq.
So‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari:
1. So’z ma’nosini ko’chirish bilan.
2. So’z yasash orqali: ishchi, aqlli, ishla, yashirin, choyquti, gultojixo’roz, sotib oldi, himoya qildi, bir oz, rahmdil, pat-pat (mototsikl), xola-xola (o’yin), manman, yo’l- yo’l (rang), es-es (zo’rg’a)