1. Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavz
Morfologiya va leksikologiya Ma’lumki, morfologiya bilan bir qatorda,
leksikologiya ham so‘zlarni tekshiradi, so‘z morfologiyada ham, leksikologiyada
ham asosiy tekshirish ob’ekta hisoblanadi. Har bir so‘z murakkab leksik-grammatik
butunlikni tashkil etadi. So‘zning leksik ma’nolari yig‘indisi uning leksik birlik
ekanligini bildirsa, grammatik shakllar majmuasi va ular anglatgan grammatik
ma’nolar so‘zning grammatik birlik ekanligini kursatadi. SHu sababli so‘zlar, bir
tomondan, leksikologiyada va, ikkinchi tomondan, morfologiyada tamoman boshqa-
boshqa nuqtai nazardan, boshqa maqsadda o‘rganiladi. Leksikologiyada so‘zlar
tilning leksik tarkibini, uning leksik sistemasini belgilash, so‘zning leksik ma’nosi,
uslubiy xususiyatlari, qo‘llanishi va boyib borish yo‘llarini aniqlash nuqtai
nazaridan o‘rganilsa, morfologiyada esa so‘z o‘zgarishiga xos grammatik qoida va
qonuniyatlarni belgilash, grammatik ma’nolarni ifodalash vositalarini aniqlash
maqsadida o‘rganiladi. Masalan, daraxt, bino, qush, bolalik, bahor, qishloq kabi
so‘zlar boshqa-boshqa leksik ma’noga ega bo‘lib, leksikologiya shu ma’nolarni,
ularning uslubiy va qo‘llanish xususiyatlarini tekshiradi. Morfologiyada esa bu
so‘zlar bir xil umumiy xususiyatga ega bo‘lgan til hodisasi bo‘lib, ularning
predmetlikni anglatishi, kelishik, egalik, grammatik son singari kategoriyalarni
ko‘rsaga olishi va boshqalar aniqlanadi. Morfologiyaning vazifasi faqat so‘z
shakllari va ular anglatgan umumiy grammatik ma’nolarni o‘rganish bilan
cheklanmaydi. Lug‘aviy birliklarning semantik va formal xususiyatlarini aniqlash
asosida belgilangan so‘zlarning leksik-grammatik kategoriyalarini, ya’ni so‘z
turkumlari haqidagi ta’limot ham morfologiyaga kiradi. Demak, morfologiya so‘z
haqidagi, uning morfologik strukturasi, shakli va ular anglatgan grammatik ma’nolar
damda so‘z turkumlari va ularga xos grammatik kategoriyalar haqidagi grammatik
ta’limotdir.
Morfologiya va fonetika Ma’lumki, tilning dar bir hodisasi uning, tilning
tovush tomoni bilan bog‘lik,. Har bir grammatik hodisaning tovush bilan
ifodalanishi grammatikaning (morfologiyaning) fonetika bilan aloqadorligini ham
ko‘rsatadi. Masalan, so‘zlarda leksik urg‘uning boshqa-boshqa bo‘g‘inga tushishi
orqali, ayrim hollarda, so‘zning ma’nosi, qaysi leksik - grammatik kategoriyaga
kirishi va tarkibidagi morfemalarning tipi differensiatsiya (farqlanish, ajralish)
qilinadi. Masalan, qushcha so‘zida urg‘u oxirgi bo‘g‘inda (-cha) bo‘lganda —ot, - cha affiksi kichraytish ma’nosini bildiradi: qushcha ~kichik qush; shu so‘zning
urg‘usi bosh bug‘inda bo‘lganda - ravish, bundagi urg‘usiz -cha affiksi o‘xshatish
ma’nosini bildiradi. qushcha: qushdek (day) qush kabi. Demak, bu o‘rinda fonetik
hodisa tufayli ot bilan ravish farqandi. YAna misollar tugma (ot) - tugma (fe’l)
qaynatma (shurva) (sifat) - qaynatma (fe’lning bo‘lishsizlik shakli). Ma’lum
bo‘ladiki, tilning tovush tomonining boshqa hamma tomonlar bilan chambarchas
bog‘lik, ekanligi tabiiy holdir.
So‘zning morfologik tarkibi deganda morfologik kategoriyalar, so‘zning
morfologik shakllar tizimi, so‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari,
so‘zlarning leksik-grammatik kategoriyalari tushuniladi.