Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

“Unda konflikt (mojaro) chiqadi,” – dedi Antonning onasi. “Konflikt” so‘zi Anton uchun 



yangi edi. Shunday bo‘lsa-da, u onasining ohangidan, konflikning bo‘lmagani ma’qulligini 

tushundi. 

Keyinroq Anton fashing kiyimlari va turli narsalar sotiladigan do‘konchaga bordi. Unga 

hech nima yoqmadi. Nihoyat u bir ajoyib qush niqobini ko‘rib qoldi va kiyib ko‘rdi. 

Ko‘zlari kichik tirqishlardan qarab turardi, og‘zi bilan burni esa katta sariq tumshuq 

ortidan ko‘rinmasdi. “Men antiqa qush bo‘lib boraman”, – ahd qildi Anton va so‘nggi 

paytlarda yig‘qan puliga bu niqobni sotib oldi. 

Antonning onasi bundan juda mamnun bo‘ldi. U darhol bir eski qora matodan keng 

yengli ko‘ylak tikib berdi. Anton qo‘llarini yuqoriga va pastga harakatlantirganida, xuddi 

qanot qoqayotganday ko‘rinardi. 

Anton yakshanba kuni Gundinikiga, yo‘q Gundamarnikiga borayotganida, kayfiyati juda 

xush edi. “Endi meni hech kim taniyolmasa kerak”, - o‘yladi u. 

“Xayrli kun, Anton”, – dedi Gundining, yo‘q Gundomarning onasi uni ko‘rishi bilan. 

Anton atrofga nazar tashladi. Bu did bilan jihozlangan juda go‘zal uy bo‘lib, uning 

tevaragida katta bog‘ bor edi. Uzun stolga pishiriqlar, tortlar, qaymoqli likobchalar, 

quymoqlar, pechenyelar, kakao, hamda malina sharbatlari qo‘yilgandi. Gundining, yo‘q 

Gundomarning dadasi uydan chiqib ketgan ekan. Shuning uchun uning onasiga ikkita oq 

etakli ayol yordamlashayotgandi. 

Anton tamaddi va ichish paytida yuzidagi qush niqobini xalaqit bermasligi uchun 

yuqoriga ko‘tarib qo‘yardi. Pishiriqlar va tortlar juda mazali edi-da. Keyinroq o‘yinlar 

tashkil etildi. Ular Antonga yosh bolalarnikiday tuyuldi. Ammo ulardan zo‘r yutuqlar 

yutish mumkin edi. 

Anton ham shu o‘yinda ishtirok etib, Karl Mayning (hindular haqidagi qiziqarli kitoblar 

muallifi) bir jildini, rangli qalamlar, pechenye shaklidagi o‘chirgich uchta Komik 

jurnallarini yutib oldi. O‘yin mobaynida u judayam isib ketdi, shuning uchun boqqa 

chiqiladigan kichkina eshikni izlab topdi. Anton u yerga chiqib bir oz qanotlarini qoqdi va 

o‘zini xuddi ucha oladiganday tasavvur qilib ko‘rdi. 

“Sovuq”, — dedi bir ovoz. 

“Hozir bahor bo‘lsaydi”, — javob berdi boshqasi. 

Anton atrofga qaradi. Hech kim ko‘rinmadi. 

“Bugun biror nima yedingmi?” — so‘radi birinchi ovoz. 

“Yo‘q”, – javob berdi boshqasi mayusgina. 

Aslida bu ovozlar yuqoridan keldi. Anton tepaga qaradi. Tepasidagi quruq shoxlarda 

ikkita qushcha o‘tirardi. “Men qushlar ovozini tushunyapman, — o‘yladi Anton 

hayratlanib, — niqobim tufayli bo‘lsa kerak”. 

“Hoy qo‘shaloqlar”, – xitob qildi Anton. Aniqrog‘i, u ularni shunday deb chaqirmoqchi 

bo‘ldi. Uning tumshug‘idan “kroaks” degan sado chiqdi. 

“Sen qanaqasan?” — so‘radi daraxtdagi ikkita qushchadan biri. 

“Men haqiqiy emasman, shunday kiyinib olganman, xolos” – tushuntirdi Anton. Bu 

“kreks rak oak” tarzida eshitildi. 

“Bizning tilimizda so‘zlashyapsan-ku, demak haqiqiy bo‘lsang kerak”, - dedi qushcha. 

“Men ucholmayman”. Anton gapini tasdiqlash maqsadida, qora qanotli qo‘llarini qoqib 

ko‘rsatdi. 

“O‘zi shunday bo‘ladi, — yupatdi qushcha. – Chunki sen juda katta ekansan. Demak, 

senga doim biznikidan ancha ko‘p ovqat kerak bo‘ladi. Hozir sen ham bizday ochsan, 

shundaymi?” 

“Yo‘q, — dedi Anton xuddi ayb ish qilib qo‘yganday. – Men shuncha ko‘p ovqat yeb 

yuboribman-ki, bundan o‘zimni ancha yomon his qilyapman. Sizlarga ham biror yegulik 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin