Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
anton burini ziyouz com

QUSH TORTI 

“Hamma eshitsin, yakshanba kuni menikida fashing (qishni kuzatish bayrami)ni 

nishonlaymiz!” — qichqirdi Gundi. Gundi qiz bola emasdi. Asli ismi Gundomar bo‘lgan 

Gundi jismoniy tarbiya bo‘yicha hammadan zo‘r edi. Sinfdagi shovqin-suron shodlikka 

ulanib ketdi. Gundi qo‘llarini ko‘tarib ishora qildi. U yana nimadir demoqchi ekanligi 

ko‘rinib turardi. Meni sira Gundi deb chaqirmanglar. Aks holda onamning jahli chiqadi. U 

meni hamma Gundomar deb chaqirishini xohlaydi”. Sinfdagilarning bari kulib yubordi, 

Gundomarning o‘zi ham. 

“Sinfimizdagilarning hammasi yakshanba kuni Gundinikiga fashingni nishonlashga taklif 

etilgan. Y’ani Gundomarnikiga”, – bildirib qo‘ydi Anton onasiga. U hozirdanoq yangi 

ismga ko‘nikishga harakat qilayotgandi. 

“Sinfingizdagilarning hammasi?” – hayron bo‘ldi Antonning onasi. “Uning 

oilasidagilarning asabi mustahkam bo‘lsa kerak-da. Qanday qiyofada bormoqchisan?” 

“Bilmadim, — deya o‘ylab qoldi Anton, — balki sherif (politsiya boshlig‘i) qiyofasida 

borarman”. 

“Yaxshi, — dedi onasi, — unda senga bitta yulduz va bitta chavandozlar shlyapasi ham 

kerak”. 

“To‘pponcha-chi”, — qo‘shib qo‘ydi Anton. 

“O‘yinchoq qurollarga munosabatim qanaqaligini bilasan-ku, - Antonning onasining 

kayfiyati yomonlashdi. – Yaqin kelajakda o‘shalar portlovchi minachalar sotadigan 

bo‘lishadi. Keyin ular yordamida qo‘g‘irchoqlar va o‘yinchoq ayiqchalar portlatib 

yuboriladigan bo‘ladi”. 

“Juda oshirib yubording”, – dedi Anton. U qurolsiz kurashishga ham tayyor edi: baroq 

mushuklar uchun, Sibille uchun, uy ishlari kamaytirilishi uchun, gapiradigan daraxtlar 

uchun. Ammo to‘pponchasiz sherif bo‘ladigan bo‘lsa, ishonarli chiqmasdi. 

“To‘pponchani o‘zim yig‘gan pulga sotib olsam-chi?” - so‘radi u.  




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin