www.ziyouz.com kutubxonasi
14
“Buni qanday tuzatding?” — so‘radi Antonning onasi.
“Bilmayman, — dedi Anton. – Shunchaki men uni ishlab turganday tasavvur qildim.
Menimcha, uni dam oldirib turishimiz kerak”.
“Bo‘pti, — dedi Antonning onasi. – Keyingi haftada unga uch kun dam beramiz”.
Yana qo‘ng‘iroq chalindi. Eshik oldida haligi qo‘shni ayol entikib turardi.
“Biror nima esingizdan chiqib qolganmidi?” — so‘radi Antonning onasi.
“Yo‘q, - dedi qo‘shni ayol, — mening mikserim (meva va sabzavotni sharbatga
aylantiradigan asbob) ham ishlamay qoldi”.
“Menikini olib turmoqchimisiz?” — so‘radi Antonning onasi.
“Ha… yo‘q’e … mikseringizni emas, — dedi qo‘shni ayol duduqlanib, — Antoningizni. U
mikserim bilan “gaplashib” qo‘ysa maylimi?”
“Bu gal ham ta’sir qildimi?” - so‘radi Antonning onasi, Anton qaytib kelgach.
“Albatta, - dedi Anton. – Bir gap bilan ishlab ketdi”.
“Rostdanmi? – dedi Antonning onasi angrayib. – Nima deding?”
Anton kulgisi kelganidan gapirolmay turdi.
“Ulagichni rozetkaga ulashini aytdim”, — deya qiqirlab yubordi u nihoyat.
Dostları ilə paylaş: |