Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
anton burini ziyouz com

ANTON VA QORBOBO 

Anton yana qo‘lqopchalarini izlashga tushdi. Ular ko‘m-ko‘k edi. Nihoyat u chapini topdi 

va suyunib ketdi. Chunki bir qo‘lini jaketining cho‘ntagiga tiqib yursa ham bo‘lardi-da. 

“Men yangi yil tomoshalarini ko‘rishga ketyapman”, - ogohlantirdi u. Onasi indamay 

boshini qimirlatdi. U keyingi kungacha bir ishni qilib tugatishi kerak edi. 

Anton ko‘cha bo‘ylab ketarkan, kul rang qor etiklariga chalpillab yopishib qolayotgandi. 

“Quturgan qo‘y”, - dedi bir yoqimsiz ovoz. Yo‘l chetiga mashinasini sozlayotgan 

haydovchi shunday deb yo‘lda ketayotgan haydovchiga ta’na qilib qoldi. Unisi esa yon 

derazadan boshini chiqarib, - “Yangi yilingiz bilan!” – deya javob qildi-da, o‘tib ketdi. 

Birinchisi uning ortidan qarab qoldi. Shundan so‘ng u og‘zini sekin yopib, yuzini qattiq 

burushtirdi. Anton miyig‘ida kulib qo‘ydi va yo‘lini davom ettirdi. 

“G‘arch-g‘urch”. Anton qor ustida etiklari bilan mana shunday tarzda qadam tashlab 

ketayotgandi. Ko‘cha eniga chiroqlar zanjiri tortilgandi. Peshtaxtalarga archalar, 

o‘yinchoqlar va qorbobolar qo‘yilgandi. 

“Qayerga ketyapsan?” - so‘radi kimdir. U maktabda Antondan uch qator ortda 

o‘tiradigan Markus edi. 

“Yangi yil tomoshalarini ko‘rishga, - dedi Anton, - senchi?” 

“Pochtaga ketayotgandim, - javob berdi Markus, - onam pul jo‘natishga yubordi. Vaqti 

yo‘qligi uchun, u yangi yil arafasida do‘kondan chiqolmaskan”. 

Markus kapyushonli kurtkasining cho‘ntagidan bir yashil konvert chiqardi. 

“Anchagina pul”, - dedi u ta’kidlab. 

“Biz pulimizni hech qayerga jo‘natmaymiz, balki xarajat qilamiz”, - dedi Anton. Pul uni 

uncha qiziqtirmasdi. 

Markus yashil konvertni ehtiyotkorlik bilan joyiga solib qo‘ydi. 

“Men universal do‘konga kiraman, - dedi Anton, - bu yil u yerga qorbobo kelgan.” 

“Aslida bunaqalar kiyimlarini almashtirib olgan kishilar bo‘ladi, ularga buning uchun 

universal do‘kon pul to‘laydi”, - dedi Markus bepisand holda. 

“Senga kim aytdi?” - so‘radi Anton. 

“Dadam. Uning aytishicha, ular xaridorlar ko‘proq pul xarajat qilishlari uchun 

qo‘yilarkan”. 

“Men pul xarajat qilolmayman, - dedi Anton, - chunki menda yo‘q”. 



Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin