www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Ularning fikricha, endi o‘sha bilimlar biz oq tanlilarga ham yetkazilishi lozim payti
kelgan”.
“Shu gaplar kitobingizda bormi?” - so‘radi Anton.
“Shu gaplar kitobimda bor”, – ta’kidladi janob Blumrix.
“Bu kitob bolalar uchunmi?” – bilmoqchi bo‘ldi Anton.
“Menimcha, yo‘q. - Janob Blumrix boshini qimirlatdi. – Uni tushunish qiyinroq”.
“Afsus, - dedi Anton. – Men tushunish qiyin bo‘lgan kitoblarni yoqritmayman. Menga
qiziqarli va sarguzashtlarga boy kitoblar yoqadi”.
“Men bolalar uchun kitob yozish haqida o‘ylab ko‘rmagan ekanman”, – dedi janob
Blumrix.
“Ammo o‘ylab ko‘rsangiz yaxshi bo‘lardi, - dedi Anton. – Kattalar ham bunga e’tiroz
bildirmasdilar”.
“Men bir hindu ayol o‘z bolalariga aytib bergan hikoyani eshitgandim, - dedi janob
Blumrix. – Senga shuni aytib beraymi?”
“Mayli”, – dedi Anton. U qo‘ng‘ir baxmalli, suyanchig‘i quloqsimon shakldagi pastqam
kresloga o‘tirib oldi.
Va Janob Blumrix hikoyani boshladi.
YAHU
“Bu hindularning uzoq zamolardan qolgan rivoyati. Uning qancha uzoq zamonga borib
taqalishini, hech kim aniq bilmaydi . O‘shanda osmon shunchalik pastga osilib turgan
emish-ki , yo‘lda yurish ham qiyin bo‘lgan ekan. Ayrim joylarda u shunchalik pastlashib
olganmish-ki, hushyor bo‘lmagan kishi unga boshini urib olarkan. Bunday sharoitda kim
hushyor bo‘lib turishga majbur bo‘lgan .-Albatta hindu ahli. Ko‘plar o‘zlariga ozor
berayotgan osmonni o‘sha paytda so‘zlashilgan tilda allanimalar deb haqoratlashgan va
uni yana unga tegib ketgunlariga qadar unutganday bo‘lib yurgan.
Daryo bo‘yidagi bir qishloqda Patli Yoy degan yigit yashagan. Zilol suvlarda ovqat
bo‘lishga tayyor holdagi baliqlar mo‘l bo‘lgan. Mevali daraxtlar kishilarni o‘z
ne’matlaridan doim bahramand qilib turishgan. Giyohlar esa o‘zlarining dorivorlik
quvvatini taqdim etishga muntazir bo‘lganlar. Kishi ulardan faqat me’yoriga yarasha
so‘rab olishi va hech qachon keragidan ko‘p olmasligi lozim bo‘lgan.Umuman olganda,
Patli Yoy yashagan davrda hammaning hayoti osoyishtagina kechgan.
Osmon tahdid sola boshlaganiga qadar.
Patli Yoy 236 marta – u sanab yurgan – boshini osmonga urib olganidan keyin, o‘z tilida
bir yomon so‘z aytadi. Keyin u bunday holda yashab bo‘lmasligiga iqror bo‘ladi. Natijada,
u ko‘ngildagidek balandlikdagi joyni izlab topishga ahd qiladi. Yigit yo‘lga chiqishidan
oldin tabibdan yaxshi maslahatlar, onasidan esa quritilgan baliqlar oladi. So‘ngra
toychog‘i Pintoga minib, yo‘lga tushadi. Shu ahvolda keta-ketguncha u oldinga egilib
boraveradi, chunki ot choptirib ketayotganida pastlashib qolgan osmon unga tegib
ketishi mumkin bo‘lgan.
Patli Yoy ko‘p qabilalar va xalqlar tomonga boradi. Ularning barchasi turli urf-odatga, til
va shevalarga ega bo‘lsalar-da, hammasini bitta umumiy muammo tashvishlantirib
qo‘ygandi: pastlashayotgan osmon.
‘Umumiy muammo birgalikda hal qilinishi kerak’, - Patli Yoy shunday xulosaga kelgan.
O‘sha paytdagi kishilar juda sodda bo‘lishgan. Shuni nazarda tutib u barcha tillarda bir
xil ma’noga ega bo‘lgan so‘zni topgan. ‘Yahu’, - ekan bu so‘z va u ‘birgalikda’, - degan
ma’noni bildirarkan.
Keyin voqea shunday etgan. Bir kuni aniq belgilangan paytda hamma tegishli xabarni
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |