Bolalarda o’tkir appenditsit



Yüklə 1,02 Mb.
tarix02.02.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#82302
elbek

bolalarda o’tkir appenditsit

Baxramov Elbek

Appenditsit kelib chiqishi sabablari

Aappenditsit kelib chiqishida xavf omillari ich qotishi, disbakterioz va gijjalar invaziyasi, hamda juda ko'p shirinlik iste'mol qilishdir.

Ko'richak chuvalchangsimon o'simtasi (appendiks) ning funksiyasi to'liq o'rganilmagan va uning yallig'lanishi nima sababdan ro'y berishi ham aniq emas.

Appendiksning yallig'lanishi shu sohada yot jism to'planishi va ichak mikroflorasining ta'siri natijasida kelib chiqadi deb hisoblanadi. Obstruksiya (jism to'planishi) najasli tosh, gelmintlar, yot jismning ichak bo'shlig'ida to'planib qolishi natijasida kelib chiqadi.

Appendiks bo'shlig'ining berkilib qolishi va ichaklar bilan bog'liqligi uzilishi – shu sohada joylashgan limfa tugunlarining kattalashishi sababli ham kelib chiqishi mumkin. Tug'ma anomaliya holatlarida appendiksning buralib yoki egilib joylashishi va shu joyda ichak mikroflorasining bo'lishi ham yallig'lanish ehtimolini oshiradi.

Chuvalchangsimon o'simtaga mikroblar qon yoki limfa oqimi bilan borishi mumkin, angina, otit, O'RVI va boshqa kasalliklar o'tkazgan bolalarda appendiksning yallig'lanishi ham kuzatilgan. Ayrim guruh infeksiyalar - iersinioz, sil tayoqchalari, qorin tifi va boshqalar appenditsitga to'g'ridan to'g'ri sababchi bo'lishi o'rganilgan.

  • O'tkir appenditsitning quyidagi turlari bor:
  • Appendikular xuruj: chuvalchangsimon o'simtaning kuchsiz yallig'lanishi, 3-4 soat ichida bu jarayon o'tib ketadi;
  • ■ Kataral appenditsit: oddiy, chuvalchangsimon o'simtaning yuzaki yallig'lanishi, bunda a'zo to'qimalari buzilmaydi;
  • ■ Destruktiv appenditsit:
  • Asoratli appenditsit.
  • ■ Flegmonoz appenditsit (perforatsiya bilan yoki perforatsiyasiz): chuvalchangsimon o'simtaning yiringli yallig'lanishi, shilliq qavat zararlanishi va u yerda yiring to'planishi bilan namoyon bo'ladi. Bunda chuvalchangsimon o'simta kulrang tusga kiradi;
  • Gangrenoz appenditsit (perforatsiya bilan yoki perforatsiyasiz).
  • Bolalarda appenditsit belgilari
  • Bolalarda appenditsit belgilari bolaning yoshi, appendiksning joylashuvi, yallig'lanish turi va darajasiga bog'liq bo'ladi.
  • Kichik yoshdagi bolalar holsiz, o'yinlar o'ynashga ishtiyoqi yo'q, ovqat yeyishdan bosh tortadigan bo'lib qoladilar.
  • Appenditsitning eng asosiy belgisi - og'riqdir. Bolakaylar ko'pincha og'riqli sohalarini himoya qilishga harakat qilishadi: chap yonbosh sohaga yotadi, oyoqlarini tizzasidan bukib oladi, bolani qo'lga olganingizda yig'laydi,
  • qorin sohasini ko'ruvdan o'tkazmoqchi bo'lganingizda qarshilik ko'rsatadi, qo'llari bilan itaradi.
  • Bola tana harorati 38 °C gacha ko'tariladi, ba'zida undan ham baland ko'rsatkichda bo'ladi. Bola rangpar, yurak urishi tezlashgan, qayt qilish va ich ketishi kuzatiladi. Bola qancha kichik bo'lsa, shuncha ko'p marotaba qayt qiladi, organizm tez suvsizlanadi.
  • Appenditsitni 3-4 yoshli bolalarda aniqlash qiyinchilik tug'diradi: kasallik to'satdan boshlanadi, har doim ham tipik namoyon bo'lavermaydi,
  • ba'zida chaqmoqsimon belgilar bilan namoyon bo'ladi. Bolalar og'riq sohasini aniq ko'rsatib bera olishmaydi, ko'pincha qo'llari bilan kindik sohasida yoki butun qorin sohasida og'riq borligini ko'rsatishadi.
  • Appenditsit asoratlari
  • Asoratlardan qochish uchun o'z vaqtida jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi kerak. Agar appenditsit o'z vaqtida davolanmasa, bir qator asoratlar kelib chiqishi mumkin:
  • Perforatsiya - a'zoning yorilishi, buning natijasida peritonit (qorin pardaning yal lig'lanishi) kelib hiqadi;
  • Appendikulyar infiltrat - chegaralangan peritonit, ichak qovuzloqlari, charvi va qorin parda bilan o'ralib qolishi;
  • Appendikulyar absesss- chegaralangan yiringli hosila, chuvalchangsimon o'simta sohasida yoki undan uzoqroqda ham paydo bo'lishi mumkin;
  • ■ Ichak tutilishi;
  • Sepsis - yallig'langan a'zodagi mikroorganizmlarning qonga tushishi va turli a'zolarga tarqalishi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

  • Bolalarda appenditsit diagnostikasi
  • Shifokor qorin bo'shlig'i palpatsiyasida o'ng qovurg'a osti sohasida og'riqli nuqtani aniqlaydi, hamda appenditsit uchun xos bo'lgan bir nechta simptomlar musbat bo'ladi. Appenditsit diagnostikasida quyidagi usullardan foydalaniladi:
  • ▪️ Bola qorin sohasi palpatsiyasi;
  • Laborator tekshiruvlar - qon va peshob umumiy analizi, ko'rsatmaga binoan najas tahlili, koprogramma;
  • ■ Instrumental tekshiruvlar: qorin bo'shlig'i, kichik chanoq a'zolari UTT (UZI) tekshiruvi, elektromiografiya, tashxis qo'yishda qiyinchiliklar kelib chiqsa qorin bo'shlig'i a'zolari rentgenografiyasi yoki kompyuter tomografiyasi tekshiruvlari o'tkaziladi, hamda aniq diagnoz qo'yish uchun laproskopiya amaliyoti bajarilad

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin