www.ziyouz.com kutubxonasi
9
kutganday edi. U Antonni ko‘rishi bilan darhol qaddini rostladi.
“Xursand bo‘lyapti”, – to‘ng‘illadi boquvchi. U Anton keltirgan karamni olib, yon
tomondagi eshik orqali qafasga kirdi. Keyin samimiy tarzda ayiqning yelkasiga urib,
unga karamni uzatdi. Ayiq ikki panjasi bilan ikki qulog‘ining ortini qashladi.
“Uyalma. Yeyaver”, – dedi Anton.
Keyin ayiq karamni panjalari o‘rtasiga olib, bir boshidan kemira boshladi.
“Yoqimli ishtaha”, – dedi Anton samimiy ohangda va ketishga shaylandi.
Ayiq karamni darhol chetga qo‘yib, panjara yaqiniga keldi.
Qafas ichida turgan boquvchi Antonga qarab to‘ng‘illadi: “U endi sening do‘sting bo‘lib
qoldi. Kelib tur. U kutadi”. Boquvchining og‘zidan chiqqan eng uzun gap shu edi.
“Faqat ertaga emas, — dedi Anton. — Chunki tushdan keyin jismoniy tarbiya va
rasmdan darslarim bor. Ertadan keyin kelishga harakat qilaman”.
“Bo‘pti”, — to‘ng‘illadi ayiq. Buni boquvchi aytgan bo‘lishi ham mumkin edi.
Anton juda mamnun holda uyiga qaytdi.
Endi u Sibilledan ranjiganini ham unutib yuborgandi. Ehtimol o‘shanda Sibillening o‘rnida
o‘zi bo‘lganida ham o‘sha gapga kulib yuborgan bo‘lardi.
Anton uyiga kelib qarasa, onasi kelgan ekan. Onasi hovliqib dedi: “Men uni topa
olmayapman”.
“Kimni?” — so‘radi Anton.
“Karamni”, — dedi onasi.
“Endi uni izlamay qo‘yaqol, — dedi Anton, — men olgandim”.
“Unday bo‘lsa marhamat qilib uni menga qaytarib ber, — dedi onasi. – Makaronni
karamli salat bilan yeymiz”.
“Afsus, buning iloji yo‘q, — dedi Anton, — karam labi cho‘ziq ayiqda”.
“Labi cho‘ziq ayiqda degin, — dedi Antonning onasi. – Bizning ko‘kat labi cho‘ziq ayiqqa
ozuqa bo‘larkan-da. Juda yaxshi. Balki unga makaronni ham olib borib berarsan?”
“Yo‘q, — dedi Anton, onasining baqirishi endi hech nimani hal qila olmasligini bilgan
holda. — U yangi ko‘katni xush ko‘rarkan”.
“Men ham”, — dedi onasi battarroq baqirib.
“Ular uning ustidan kulayotgandilar-da”, – dedi Anton o‘zini oqlaganday bo‘lib.
“Yangi ko‘katning kulgi bo‘lishdan saqlaydigan xususiyati bormikan?” — so‘radi onasi.
Uning ovozi yana o‘z holiga qaytgandi.
“Ayiqlarga shu ham madad bo‘lishi mumkin”, – dedi Anton yengil tortib.
Nihoyat ular makaronni ko‘katsiz yeydigan bo‘lishdi.
Anton bo‘lgan voqeani aytib berdi.
TANLOV
Antonning onasi yettinchi marta chashkaga choy quyib ichdi. Antonning mushugi bir
chetda turib yumshoqqina tuxumni paqqos tushirayotgandi. Anton suli yormasining
qutisi ustidagi yozuvni o‘qib chiqdi. Bu hech kimni shoshiltirib qo‘ymaydigan yakshanba
kunining ertalabki mahali edi.
“Iltimos, menga suli yormasidan o‘n quti olib kel?” – dedi Anton to‘satdan.
“Nima uchun? – so‘radi Antonning onasi. – U shunchalik mazali ekanmi?”
“Yo‘q, — dedi Anton, — mazasi har doimgidek”.
“Aha”, — dedi onasi va kutib turdi.
“Velosiped yutib olish mumkin ekan, — dedi Anton, — o‘ninchi tezlikkacha
haydaladiganidan, unga g‘ildiraklarining ustiga o‘rnatiladigan to‘g‘inlari ham qo‘shib
berilarkan”.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |