ANTON BILAN LABI CHO‘ZIQ AYIQ
Odatdagi kunlardan biri edi. Antonning mushugi uning qora, dumaloq yoqali jemferi
ustida uxlab turgandi. Natijada jemfer kul rang tusga burkanib qolgandi. Anton
jemferiga nazar tashladi-da, mushugining ustidagi tuklar hali ham borligiga hayron
qoldi. U jemferi ustidagi mushuk tuklarini cho’tka bilan tozalab tashlashga urindi. Bir
ozdan so‘ng cho’tka ham jemfer va mushukdagi kabi tuklarga burkandi. Shu ahvolda
nonushta payti o‘tib ketdi. Buning ustiga u maktabiga o‘z vaqtida kela olmadi.
“Nega kechikding?” – so‘radi undan o‘qituvchi.
“O‘qituvchilar hamma narsani bilishga qiziqishi yomon-da, — xayolidan o‘tkazdi Anton. –
Mushugim jemferimning ustida uxlagani uchun”, — dedi u mayusgina. Shunday deyishi
bilan hamma kulib yuborgani unga g‘alati tuyuldi. Sibille ham kulgandi. Bu, haqiqatan
ham, odatdagi kunlardan biri edi.
Anton maktabdan keyin uyga kelib qarasa, onasi bir qog‘ozchaga yozib ketgan ekan:
“Bir joyga borib kelishim kerak, sabzavot sho‘rva muzlatgichda. Uni ichgan, maza qiladi.
ko‘rishguncha”.
“O‘sha joyga borib kelish shart ekan-da”, — dedi Anton va sabzavot sho‘rvani gaz plitasi
ustiga qo‘ydi.
Keyin Verner unga o‘qish uchun bergan kitobni mutolaa qila boshladi. Hindular
kelgindilarning aravalardan qurilgan qal’asiga hujum qilayotganlarida, o‘tli yoylardan
taralgan bo‘y Antonning dimog‘iga urilganday bo‘ldi. Aslida bu bo‘y o‘tli yoylarniki emas,
balki sabzavot sho‘rvaniki edi. Kastryulchaning usti yopiq turgan bo‘lsa ham. Sho’rva
pishillab plita ustiga toshib ketib ko‘mirday qorayib qolayotgandi.
Anton uf tortib, plitani o‘chirdi-da, hayvonot bog‘i tomon yo‘l oldi. U mushugidan,
sabzavot sho‘rvadan va ilk bor Sibilledan ham ranjigandi.
Dastlab Anton ancha vaqt maymunlar qafasi oldida turib qoldi.
Kichkina maymun kattalarining boshiga yong‘oqlar otib aybsizday qarab turardi-da,
panjalarini bir-biriga urib zavqlanayotgandi. Har safar ular tinchib qolishlari bilan, u yana
ularga bildirmay yong‘oq otayotgandi.
Anton mushugidan va sabzavot sho‘rvadan ranjiganini esidan chiqarib yubordi.
“Turqi sovuq ekan”, — Anton kimdir shunday deganini eshitdi. Bir qafas oldida yo‘g‘on
oyoqli semiz ayol turardi. U yeyotgan nokning sharbati iyagidan kiyimiga oqib
tushayotgandi. Uning yonida uzun, qizil burunli pakana erkak bor edi. Erkakning og‘zi
chetida sigareti osilib turardi.
“Turqi, haqiqatan ham, sovuq ekan, — dedi u. – Bunaqasi hayvonot bog‘iga umuman
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |