www.ziyouz.com kutubxonasi
5
Anton quloq soldi. U jodugar bilan tanishishni ko‘pdan buyon orzu qilardi.
“Agar seni haqiqatan ham kamroq urushadigan qilib qo‘yadigan bo‘lsa, o‘sha jodugarni
tezroq chaqirtirsak yaxshi bo‘lardi”, - dedi Anton.
“Ehtiyot bo‘l, u seni tyulenga (bu so‘z olmon tilida “dengiz to‘ng‘izchasi” degan ma’noga
ega) aylantirib qo‘ymasin. Jodugarlarga bu hech narsa emas”.
“Mayli,- dedi Anton. – Shunday qilsa, maktabga bormaydigan bo‘lardim”.
Xonaga kiriladigan joydan taqir – tuqur eshitildi. Telramund Antonning etiklaridan birini
sudrab keldi. Shundan keyin uning sport poyafzalini ham keltirdi.
“U sayr qilishga chiqmoqchi”, — dedi Gudrun.
Anton ikkinchi etigini ham oldi-da, Teltamundni sirtmog‘idan tortdi. “Yur Telramund,
istirohat bog‘iga boramiz!”
Telramund akkilladi, vovvulladi va jo‘shib Antonga talpina boshladi. Mushuk uni kitoblar
javoni ustida o‘tirgan joyidan nafrat bilan kuzatib turardi.
”Uni faqat sirtmoqda olib yur”, — dedi Gudrun qat‘iy ohangda.
Anton tushunarsiz holda to‘ng‘illab qo‘ydi.
Istirohat bog‘iga kiraverishda, u Telramundni qo‘yib yubordi.
Istirohat bog‘i it zoti uchun sirli voqealar makoni ekan. Telramund shosha – pisha
daraxtlarni, toshlarni, kurtaklarni hidlab chiqdi. Ahyon-ahyonda oyog‘ini ko‘tarib mavjud
voqeliklarga ayrim qo‘shimchalar ham kiritib qo‘ydi.To‘satdan u tikilib qoldi. Istirohat
bog‘idagi o‘rindiqda o‘tirgan bir keksa ayol kabutarlarni oziqlantirayotgandi.
“Telramund!”— chaqirdi Anton. Biroq endi uni to‘xtatib bo‘lmasdi. U qattiq vovillab, o‘zini
shosha-pisha yemish cho‘qiyotgan to‘daning o‘rtasiga tashlandi. Kabutarlar bir-birlariga
urulishib, uchib ketishdi, bir bolakay chinqirib yubordi, keksa ayol esa ovozi boricha
javrab qoldi.
Telramund qilgan ishidan mamnunday edi. U nariroqqa chopib borib lola jo‘yagini qaza
boshladi. Yer nam va yumshoq edi, so‘nggi paytlarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgandi. Bir
uzun tukli itni sirtmoqlab olgan ayol Antonning yonida to‘xtadi.
“Buning zoti qanaqa?” – so‘radi u.
“Ko‘proq taksa (oyoqlari kalta, gavdasi uzun it), ozroq spaniel (ovchi itning bir turi),
ozgina mittibashara”, — dedi Anton barmoqda hisoblagan holda. — Siznikining-chi?”
“Sof afg‘on zot”, — javob berdi ayol.
“Zoti bittaginami? – so‘radi Anton hayratlanib. — Baribir chiroyli ekan”.
Ayol g‘alati qaradi va itini yetaklab tez-tez yurib ketdi.
Telramund lola jo‘yagida kovlagan chuquridan chiqib keldi. Endi u sarg‘ish emas, balki
butunlay to‘q jigar tusda edi.
“Ey yermonqoziq, - dedi Anton koyib. — Buning uchun uyda yana gap eshitaman-ku”.
U sirtmoqni Telramundning bo‘ynidagi halqaga mahkam bog‘lab qo‘ydi.
“Bu iflos hayvonga yaqinlashma”, – Anton kimdir shunday deganini eshitib qoldi. Ayol
itini jahd bilan Telramunddan chetlashtirishga urinayotgandi. Itning basharasi ajinli
bo‘lib, ko‘zlari kirtaygan, boshi doka bilan o‘rab qo‘yilgan edi.
“Buning tishi og‘riyaptimi?” – so‘radi Anton qiziqib.
“Yo‘q quloqlari qirqilgan!” Ayol ketmoqchi bo‘ldi.
“Bu nima deganingiz?” – so‘radi Anton.
“Quloqlar...” Ayol bir oz jim turib qoldi. – Ular qisqartiriladi”.
“Quloqlar qanday qisqartiriladi?” – so‘radi Anton esankirab.
“Bu hayvonlar shifokorining ishi”, — dedi ayol.
Antonning jahli chiqdi. “Quloqlarni kesadilar demoqchimisiz?”
“Ha, shunday. Quloqlarni va dumni. Bokser (olmon buldogi) zotli itlar shunday qilinadi.
Yuraqol, Bodo”. Ayol tisarilayotgan itini yetaklab ketdi.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |