“Tomas bir haftadan buyon yo‘q”, – dedi o‘qituvchi. U sinf jurnalidagi kunlarni sanab
chiqdi. “Nima uchun bundayligini biladiganlar bormi?”
Hech kim indamadi. Tomas hammani turtkilardi, sochlaridan tortardi, daftar bilan urardi.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
“Bo‘pti, — o‘qituvchi toqatsizlandi. – Uning turar joyini devonxonadan ham bilib olish
mumkin. Kimdir unikiga borib, nima bo`lganini bilib keladi”. Uning sinchkov nigohi
sinfdagilarga qadaldi.
“Menga aytib qolmasin-da”, — o‘yladi Anton va matematika daftariga ko‘z yugurtirishga
tushdi. Biror narsaga diqqat bilan qarab turganida, u o‘qituvchisining nazaridan chetda
qolishi mumkinligini bilardi. Biroq bunday holda, “U meni ko‘rmasin, u meni
ko‘rmasin…”, degan fikrni xayolidan o‘tkazishi kerak edi. Bu hol doim o‘z ta’sirini
ko‘rsatardi.
“Anton, - dedi o‘qituvchi, — bu ishni senga topshiraman”.
“Rasvo bo‘ldi, — o‘yladi Anton. – Shu paytgacha hamma istagim ro‘yobga chiqardi-ya”.
“Nima uchun aynan men o‘sha ahmoqdan xabar olishga borishim kerak? – shikoyat qildi
Anton uyiga kelib.
“Mayli, mayli, hechqisi yo‘q , boraqol, faqat kechga qolma”, — dedi Antonning onasi, bir
varaq oq qog‘ozdan nigohini uzmay qalamni tishlab turgan holda. Antonning divan
ustida uxlayotgan mushugi uyqusida panjalarini qimirlatib qo‘yardi. Anton uf tortdi. Buni
hech kim eshitmadi. U g‘azablanib manzilgoh yozilgan qog‘ozga qaradi, uzoq
emasmikan, degan ma’noda. Har holda u Tomasni maktab yo‘lida tez-tez uchratardi.
Baribir Anton anchagina yo‘l yurishiga to‘g‘ri keldi va nihoyat o‘sha uyni topgach battar
g‘azablandi. Kul rang tusli, katta uyning atrofida bog‘i ham, derazalari oldida gullari ham
yo‘q ekan.
“Uyi o‘ziga o‘xsharkan”, – o‘yladi Anton g‘azabga to‘lib. U chang bosgan taxtachalarga
yozib qo‘yilgan nomlardan tegishlisini topib, qo‘ng‘iroq qildi.
Unga mujmal ovozlar hamda shoshilinch qadamlar eshitildi. Keyin bir lahza jimlik bo‘ldi.
Anton yana bir marta qo‘ng‘iroq qildi. Kimdir aynan shuni kutib turganday darhol eshikni
qiya ochib qaradi. Anton bir ayolning yuzini ko‘rib qoldi.
“Meni maktabdan yuborishdi, — tushuntirdi u. — Men Tomas bilan ko‘rishib, qachon
maktabga borishini bilib ketishim kerak”.
Ayol boshini qattiq qimirlatdi. “U bilan ko‘risholmaysan. Maktabingdagilarga ayt, u bir
necha kundan keyin boradi”. Shunday deb ayol eshikni Antonning burniga urguday qilib
yopdi. Anton nima qilarini bilmay, bir oz shu yerda turib qoldi.
Yana qo‘ng‘iroq qilsinmi? Tomasga nima bo‘lganini bilolmadi-ku.
“Ketdimi?” Anton eshik ortidan kimdir so‘raganini eshitdi.
“Psssst!” — dedi boshqasi.
Anton o‘girilib o‘ychan qadam tashladi.
Bu yerda bir sir borga o‘xshardi. Bu hol unga Sibille bilan ko‘rishish uchun yaxshigina
bahona bo‘ldi.
Sibille cho‘pli qizil-yashil qandni yalagan holda voqeani qiziqib eshitdi. “Balki uni birov
o‘g‘irlab ketgandir, — dedi Anton. - Shuning uchun uning ota-onasi bu haqda hech
kimga aytolmayotgandir”.
“O‘g‘irlab ketgan, — Sibille qat’iy ravishda bosh silkitdi. — Undaylarni o‘g‘irlagan kishi
darhol qaytarib keladi. Buning evaziga pul ham talab qilmaydi.”
“To‘g‘ri aytasan”, — dedi Anton uning gapiga qo‘shilib. — Balki unga qizamiq chiqib
qolgan bo‘lsa, qizil donachalaridan or qilib yurgandir”.
“Sen gaplashib turganingda ham cho‘pli qizil-yashil qandni yalayotganingni
tushunolmayapman”, — shikoyat qildi Anton.
“Masalaning mohiyatini chuqur tushunish kerak edi-da”, — uqtirdi Sibille va cho‘pli qizil-
yashil qandning qolganini tishlab-tishlab yutib yubordi.
“Tishing og‘rib qolmaydimi?” — so‘radi Anton.
“Og‘riydi”, — javob berdi Sibille.