Microsoft Word Arxeologiya Mustaqil ish Neolit davri O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi



Yüklə 61,12 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü61,12 Kb.
#188881
Microsoft Word Arxeologiya Mustaqil ish Neolit davri-fayllar.org


Microsoft Word Arxeologiya Mustaqil ish Neolit davri



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI 


VAZIRLIGI ABDULLA QODRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI 
Tarix (sirtqi 2020-2021)
Аrxeologiya. Etnologiya fanidan 

Mavzu:

Neolit. Neolit davrining bosqichlari. 

Bajardi: S0601-20-Guruh talabasi Shukurov Sherzod Shokir o’g’li 

Jizzax-2021



2


Mavzu:
Neolit. Neolit davrining bosqichlari.

Reja:


1. Neolit davri qisqacha tasnifi va bosqichlari.
2. Neolit davri xo’jalik madaniyati. 
3. Neolit davri madaniyatlari, maskanlari va yodgorliklari.
Kirish 

Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi 


hisoblanadi. Neolit yunoncha, «neos» - yangi, «litos» - tosh degan so’zlardan tarkib
topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga 
neolit tushunchasini 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit
davri miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit 
davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.
Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng hududlarga 
tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga o’rnashgan
odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat yaratgan. Turli 
geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or
buyumlari turar joylari va xo’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa 
xo’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning serhosil
yerlarida yashagan kishilar xo’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va 
hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr xo’jaligi ishlab chiqaruvchi
xo’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki 
chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan.
Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi,
yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va
hakozo.

Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tadi, doimiy


yashash uchun manzillar qura boshlaydi. Manzil va makonlar guvaladan qurilgan 
turar joylar shaklida bo’lib, deyarli barcha xalqlarda bu xususiyat ko’zga tashlanadi.
Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga barham 
beriladi. Endi doimiy erto’lalar, kulbalar yasash, loydan, zuvaladan uy qurish, neolit
davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib boradi. Shunday qilib, 
doimiy o’troqlik xo’jaligi paydo bo’ladi. Jamiyatda urug’ning ahamiyati ortib, u



3
o’ziga xos munosabatda namoyon bo’ladi. Neolit davrida urug’ jamoalarining 


qarorgohlari ham shakllanadi. O’troq hayot tarzi mehnat qurollarining


takomillashuvini tezlashtiradi. Neolit davri kishilari qayerda, qaysi sharoitda 
yashamasin, ularning qurollari mezolit davri qurollariga nisbatan rivojlangan.
Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash silliqlash, pardozlash, arralash, 
parmalash usullarining ixtiro etilishi, ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning oldingi
davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi. Neolit davrida tosh 
xomashyosining xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi
xar xil bo’lgan yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh 
boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi.
Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon 
kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol
ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar 
orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining
uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar 
takomillashgan.
Neolit davri so’nggi urug’chilik jamiyatiga xos bo’lib, bu davrda erkaklarning 
o’rni tobora orta boshlaydi. Chunki xo’jalikning rivojlanishi erkaklar mehnati bilan
bog’liq bo’lgan, ya’ni kengayib borayotgan xo’jalik yumushlarini bajarishga ayollar 
ulgura olmay qoladi, xo’jalikning unumdor shakllari (chorvachilik va dehqonchilik)
tobora ko’proq e’tibor va ish kuchini talab qilgan. Natijada urug’ ichida, xususan 
oilada o’ziga xos mehnat taqsimoti shakllanadi. Demak, barcha yumushlar – moddiy
ehtiyojni qondirish, ortib borayotgan zarurat uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlash 
ayollardan erkaklar qo’liga o’tadi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli ortib borishi
oilada erkakning hukmronligiga olib keladi. Urug’ ichida ayollarning hukmron 
mavqeiga barham beriladi. Endi matriatxat (ona urug’i) o’rnini patriarxat (ota urug’i)
egallay boshlaydi. 
Neolit davrida o’troq turmush tarzi, o’troq xo’jalik janubiy subtropik rayonlarda 

dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli mintaqalarda, azim daryo va ko’l


bo’ylarida o’troq ovchilik xo’jaligining qaror topishiga olib keldi. O’troq xo’jalik 
yuritishning qaror topishi o’z navbatida chorvachilikning ham paydo bo’lishiga olib
keldi.

Neolit davri turli joylarda turlicha kechgan, ya‘ni yer yuzida neolit davri har xil


vaqtda paydo bo’lgan va tugagan. 
Misr va Mesopotamiyani olib qaraydigan bo’lsak rivojlangan bronza davri
boshlangan bo’lib, quldorlik davlatlari tarkib topa boshlagan, Shimoliy Yevropada 


4
qadimgi odamlar endigina neolit davriga o’ta boshlaganlar, chekka Shimol va 


shimoli-sharqiy Osiyoda esa paleolit davri davom etayotgan edi.


Umumiy hisobda olib qaraydigan bo’lsak, neolitning davriy chegarasi Yevropa, 
Osiyo va Afrikada taxminan mil. avv. VI ming yillikdan boshlanib II ming yilliklarni
o’z ichiga oladi. 
Neolit davrini ikki bosqichga: ilk va so’nggi neolit davri bosqichlariga bo’lish
mumkin.

Yevropa hududidagi neolit davri yodgorliklariga tavsif berib o’tamiz. G’arbiy


Yevropadagi eng qadimgi manzilgohlardan biri Kampinidir. Kampini manzilgohi 
Fransiyaning shimolidagi Quyi Sena departamentiga qarashli Bleni-syur-Brel
qishlog’i yaqinidan topilgan. Bu manzilgohdagi qazuv ishlari 1897 yildan P.Salmon 
va G.d’O-dyu-Menil tomonidan boshlangan. Izlanishlar jarayonida yarim yerto’la
ko’rinishidani uy qoldig’i ochilgan, unda o’choq qoldiqlari, minglab chaqmoqtoshdan 
qilingan tosh qurollari, ko’mir, kul, bug’u, ot va ho’kizning suyak qoldiqlari topilgan.
Topilmlar orasida eng diqqatga sazovori sopol parchasida saqlanib qolgan arpa 
donidir. Olimlar izlanishlar natijasini xulosasi sifatida bu yerda yashagan qadimgi
odamlar dehqonchilik bilan ham shug’ullana boshlaganliklarini ko’rsatib berishgan. 
Ma‘lumki, arpaning ilk vatani Old Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrika hisoblanadi.
Yevropaga u Falastin orqali tabiiy yo’l bilan madaniylashtirilgan va maxsus ekib 
yetishtirish uchun o’stirilgan.
Yevropaning boshqa joylarida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida yuqorida 
sanab o’tilgan topilmalar bilan birga yorg’uchoq va uning siniqlari topilgan.
Izlanishlar vaqtida neolit davrining Yevropadagi eng yirik chaqmoqtosh koni 
(shaxtasi) topilgan (Belgiya yaqinidagi Spenna shaxtasi). Uning chuqurligi 15 m. ni
tashkil etgan. 
Rossiya hududidagi neolit davri manzilgohlari XX asrning 20-yillaridan
o’rganila boshlangan. Moskvadan 40 km shimolda, Klyazma daryosi qirg’og’i 
bo’yida joylashgan Lyalovo qishlog’idan topilgan manzilgoh 1922-1923 yillarda rus
arxeologlari B.S. Jukovva B.A. Kuftinlar tomonidan o’rganilgan. Bu yerdan topilgan 
sopol buyumlar o’sha vaqtda sobiq Ittifoq hududidagi eng qadimiy va ilk topilma
hisoblangan. 
Markaziy Osiyo hududida neolit davri odamlari ovchilik dehqonchilik va
chorvachilik bilan qisman esa hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Markaziy Osiyo 
janubiy hududlarida, Kopetdog’ (Turkmaniston) etaklarida dehqonchilik va ilk
chorvachilik qaror topadi. Katta-kichik daryolar va ko’llar sohilida ovchilik va 


5
chorvachilik, dehqonchilik qaror topishi insoniyat tarixida buyuk burilish yasadi va 


ko’plab kashfiyotlarga turtki bo’ldi.


Neolit davri jamoalari hayotida o’troq xo’jalikning yorqin belgisi sifatida yana bir 
xo’jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu bo’lajak hunarmandchilik xo’jaligining muhim
tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi. 
Kulolchilik buyumlarining paydo bo’lishiga unumdor xo’jalik shakllari ta’sir etadi.
Ya’ni, sut quyish uchun idishlar, donlar saqlash uchun kulolchilik buyumlariga 
bo’lgan zarurat va ehtiyoj.
To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi 
ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki,
uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar 
to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning
neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip 
yigirish kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil xo’jalik
mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi 
baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni
yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi. 
Neolit davrida turli xo’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi
o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilik 
mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha.
Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa 
chenalar paydo bo’ldi. Xatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir.
Umuman, odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida 
neolit davrida chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab
chiqarish mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, asosiy xususiyatlardan 
hisoblangan.

Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi.


Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan o’zining 
dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’ jamoasining
guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi tug’ilgan 
farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini talab
qiladigan bo’ladilar. Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko’rinishlari 
shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar aynan aniq
sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi erlar o’z urug’i uchun ishlab 
berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab berishga majbur bo’ladi. Maishiy
munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy sherikchilik shakllanadi. Urug’ ichidagi 
nikoh elementlari paydo bo’ladi. Juft, monogom oila sari qadamlar qo’yiladi.



6
Neolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida har xil vaqtda sodir bo’ldi. 


Masalan, bir qit’a aholisi jamiyat taraqqiyotining quldorlik davriga to’g’ri kelgan


bo’lsa, ikkinchi mintaqada endigina dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklari kashf 
etilib, ibtidoiy jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari hisobiga yashash qulligidan
ozod edilar. Boshqa bir mintaqalarda esa hali neolit jamoalari ovchilik va terimchilik 
bilan shug’ullanar edilar. O’rta Osiyoda ham ibtidoiy jamoa rivojining keyingi ikki
ko’rinishi mavjud. Masalan, uning janubi-g’arbiy rayonlarida, hozirgi Turkmaniston 
Respublikasining Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davri odamlari miloddan
avvalgi VI ming yillikning oxirlari va V ming yillikkning boshlaridayoq ilk 
dehqonchilik madaniyati bilan band bo’lgan bo’lsalar, markaziy va shimoliy
viloyatlarda bu vaqtda odamlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanar edilar. 
Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning
mavjud tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqar edi. O’rta Osiyoda neolit davri 
yodgorliklari juda keng tarqalgan.
Ular tekisliklardagina emas
, balki O’rta Osiyo
tog’lik rayonlarida ham ko’p uchraydi. O’lkaning neolit yodgorliklarini uchta yirik – 
hududiy-madaniy ho’jalik shakllariga ajratish mumkin. Fanda ular Kaltaminor,
Hisor va Joytun 
madaniyati
nomi bilan mashhurdir. Ularning har biri alohida 
geografik muhitga ega bo’lgan erlarga joylashgan.
O’rta Osiyoda Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan 
yodgorliklar asosan o’lkaning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonlarida keng tarqalgan.
Shu bilan birga uning chegarasi Ural daryosi va Kaspiy dengizi bilan ham tutashgan. 
Janubda Qoraqum va Shimoliy Qizilqum etaklarida, sharqda esa Orol dengizi
shimoliy-sharqiy va janubiy tomonlarida quyi Sirdaryoga borib taqaladi. Qizilqum va 
Ustyurtning keng hududlarida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan.
Kaltaminor madaniyatiga asos solgan kishilar qadimda ko’l va daryolar 
bo’ylarida, qamishzorlar yonida yashagan. Joylarning tabiiy sharoitiga ko’ra,
Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, 
ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mevali daraxtlar ko’p bo’lgani uchun
ham ularning ho’jalik hayotlarida termachilik ham katta o’rin egallagan. Kaltaminor 
qabilalari ho’jaligida qisman chorvachilik ho’jaligi ham bo’lgan.
Kaltaminor 
madaniyatini
arxeolog S.P.Tolstov o’rgangan. 
Kaltaminor
madaniyati jamoalarining makonlari ilk bor Amudaryo-ning Oqchadaryo o’zanidan 
chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun ularga shu nom
berilgan. Oqchadaryo havzasidagi bir necha manzilda madaniy qatlamlar saqlangan 
bo’lib, ulardan biri Jonbos – 4 makonida chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat
qurollari, sopol parchalari, hayvon suyaklari va baliqlarning suyaklari topilgan. 


7
Arxeologlar Jonbos-4 manzilgohini o’rganish jarayonida yarim yerto’la 


shaklidagi kulba (chaylaga) duch keladilar. Kulbaning markaziy qismida katta o’choq


qoldig’i topiladi. Bu o’choq atrofida yuzga yaqin mayda o’choq qoldiqlari 
joylashgan. Arxeolog S.P. Tolstov katta o’choqni muqaqqas olov saqlanadigan
otashqada, uning atrofidagi o’choqlar esa oilalarning o’choqlari bo’lgan degan fikrni 
aytadi. Jonbos-4 makonida topilgan kulbaning maydoni 300 m
2
bo’lib, bu yerda 120-

125 kishi istiqomat qilgan. U katta urug’ jamoasining makoni bo’lgan.


Kaltaminor madaniyati jamoalari sopol ishlab chiqarishga usta bo’lgan. Sopol 
yasashda ham kulolchilik charxidan foydalanish o’zlashtirilmagan bo’lsa-da, qurollar
sopol buyumlar yasashning ibtidoiy usullarini ko’nikma sifatida egallaganlar. 
Kaltaminorliklar idishlar yasash uchun tayyorlangan loyga yantoq va qamishning toza
kulidan qo’shishgan. Sopol qozon loylariga esa maydalangan tosh qo’shishgan. Bu 
qo’shilmalar sopol idishlarning mustahkam chiqishini, olovga tushganda o’zida
issiqlikni uzoq vaqt saqlab qolishini ta’minlagan. Sopol buyumlarning sirtiga odatda 
naqsh berilgan. Naqshlar chizma uslubda ishlangan. Ular turli geometrik shakllarda
o’z aksini topgan. Asosan naqshlar uchi uchli yog’och yoki suyak pichoq yordamida 
ilon izi, romb, uchbuchak, egri chiziq va boshqa shakllar chizilgan. Kaltaminor
madaniyatining so’nggi bosqichiga kelganda ba’zi sopollarning gardishiga rangli gul-
naqshlar chizilgan. Kaltaminor madaniyatining dastlabki bosqichida sopol buyumlar
aksariyat hollarda tuxumsimon shaklda bo’lgan. Ammo so’nggi bosqich (O’zboy) da 
tuxumsimon, tosh dumaloq idishlar o’rnini tuvaksimon, osti tekis idishlar egallaydi.
Agar dastlab idishlar mato xalta qoliplarida tayyorlangan bo’lsa, endi loy lentalarda 
qo’lda yasalgan. Idishlarda jo’mraklar paydo bo’lgan. Ular bir qavatli humdonlarda
pishirilgan. 
Kaltaminor madaniyati urug’ jamoalari tabiat kuchlari oldida ojiz edi. Ular suv
orqasidan, ov orqasidan ergashib yurganlar. Ularning kulbalari qurib borayotgan 
daryo yoqalarida, ko’l bo’ylarida qumlar ustida qad ko’targan. Daryo va ko’l
suvlarining o’zgarishi bilan Kaltaminorliklar jamoasi ham o’z manzilgohlarini 
o’zgartirganlar.
Kaltaminor madaniyati taraqqyotida 3 bosqich kuzatiladi. Ilk (daryo-soy) 
bosqichi miloddan avvalgi VI-V ming yilliklarga to’g’ri keladi. Uning o’rta bosqichi
(Jonbos – 4) miloddan avvalgi V-VI ming yilliklarga mansub. Nihoyat, so’nggi 
bosqich (O’zboy) miloddan avvalgi V-III ming yilliklarni qamrab oladi. Bu
bosqichlarning madaniy qiyofasi ularga xos ishlab chiqarish, mehnat qurollari hamda 
sopol buyumlarda o’z aksini topgan.
Hisor madaniyati nomi bilan atalgan Markaziy Osiyoning neolit davri 
makonlari. Hisor – Pomir tog’laridan topib o’rganilgan. Hisor madaniyatining asosiy



8
markazi Tojikiston Respublikasining Hisor – Bobotog’ - Qoratog’ oralig’idagi yerlar 


bo’lib, dastlab o’rganilgan yodgorliklar Hisor vodiysidan topilganligi uchun u shu


nom bilan ataladi. Hisor madaniyati o’z xususiyatiga ko’ra tog’ madaniyati deb ham 
nomlanadi. Hisor madaniyatiga mansub bo’lgan yodgorliklar 200 dan ortiq bo’lib,
ular miloddan avvalgi V-III ming yilliklar bilan belgilanadi. 
Hisor madaniyati jamoalari sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik,
qisman dehqonchilik va termachilik bilan shug’ullangan. 
Markaziy Osiyoda eng qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri Kopetdog’ va
Qoraqum oralig’idan (Turkmaniston) topilgan. Nayzatepa, Qadimtepa, Joytun va 
boshqa qator ibtidoiy dehqonlar manzilgohlari Jaytun madaniyati nomi bilan ataladi.
Chunki yodgorlik bahorda yomg’ir suvidan hosil bo’ladigan ko’lmak o’rnida 
joylashgan bo’lib, u oftob tegmagan paytda qorong’u bo’lib ko’ringan. Shuning
uchun ham mahalliy xalq u erni Joyi-tun ya’ni qorong’u joy deb nomlagan. 
Joytun madaniyatiga mansub qabilalar paxsa va guvalasomon
aralashtirib 
qurilgan uylarda yashab
, bo’yoq bilan naqshlangan idishlardan 
foydalangan. Jaytun makoni ibtidoiy qishloq bo’lib, u bir necha uylardan tashkil
topgan. Uylarning maydoni 25-30 m
2
tashkil etgan bo’lib, ular paxsadan qurilgan. 

Uylar to’g’ri to’rt burchakli va bir xonali bo’lib, har bir xonaning alohida o’choqlari


bo’lgan. Devorlari somon loy bilan suvalib, oxra tabiiy bo’yoq bilan bo’yalgan. Turar 
joy-uylari yonida omborxona, saroy, ho’jalik uchun o’ralar ham joylashgan.
Har bir uyda 5-6 kishilik oila istiqomat qilgan. Jaytun qishlog’ida 30 ga yaqin 
uy bo’lib, ularda 160-180 kishi yashagan. Bu erdan boshoqli don ekinlarining
qoldiqlari, munchoq-taqinchoqlar, shaxmat-shashka donalari shaklidagi buyumlar 
topilgan. Hatto ko’plab loydan yasab pishirilgan odam va hayvon haykalchalari ham
uchraydi. Jaytunliklarda ona urug’i hukmron bo’lgan. Ular miloddan avvalgi VI-V 
ming yilliklarda yashab, asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman ovchilik bilan
shug’ullangan. 
O’zbekiston hududlaridan keyingi yillarda ko’plab neolit makonlari topilgan. 
Arxeologlar Qashqadaryo va Zarafshon daryola-rining quyi oqimidan 45 dan ortiq
neolit makonini o’rgangan. Markaziy Farg’ona hududida ham neolit yodgorliklari 
topilgan. Arxeologlar bu erda 80 ga yaqin neolit makonlarini o’rganadilar. Ular
arxeologiya faniga “Markaziy Farg’ona neoliti” nomi bilan kiritilgan. Markaziy 
Farg’onaning neolit yodgorliklaridan tosh qurollar, toshdan yasalgan taqinchoqlar va
yorg’uchoqlar topilgan. Bu erda yashagan qabilalar ho’jaligi baliqchilik, ovchilik va 
termachilikdan iborat bo’lgan. Markaziy Farg’onada o’rganilgan yodgorliklar O’rta
Osiyodagi to’rtinchi neolit madaniyati hisoblanadi. 


9
Neolit davri jamoalarining izlari Zarafshon daryosi etaklarida ham topib 


o’rganilgan. Neolit davrida Zarafshon daryosi o’zining 5 ta tarmog’i orqali


Amudaryoga qo’shilgan. Uning eng yirik tarmog’i Mohandaryo bo’lib, u o’zining 
to’lib toshib oqqan suvlari bilan ko’plab ko’llar hosil qilgan. Bu ko’llar atrofida esa
neolit davrida yuzlab jamoalar makonlari tashkil topgan. 1950 yillarda arxeolog Ya. 
G’ulomov Moxandaryo bo’ylarida ko’plab tosh qurollar va sopol parchalarini topib
o’rganadi. 1960 yilda arxeloglar A.Asqarov va O’.Islomovlar Mohandaryo suvlaridan 
hosil bo’lgan Katta va Kichik Tuzkon sohillaridan 100 dan ortiq neolit makonlarini
o’rganadi. Bu makonlarda madaniy qatlamlar saqlanmagan, bo’lsa-da, ammo ko’plab 
tosh qurollar, hayvon va baliq suyaklari ochiq havoda qumlar ustida hozirgacha
saqlanib qolgan. Faqat bir makon “Darvoza Qir” makonida madaniy qatlam qisman 
buzilmay saqlangan bo’lib, qazish ishlari davomida undan chayla ustunining izlari
topilgan. 
Shuning-dek
, tosh qurollari – o’q-yoy paykonlari, randalash, teshish asbob-
uskunalari, tosh pichoq va pardoz berilgan toshbolta va boshqa qurollar ham mavjud
bo’lib, bu topilmalar neolit davri odamlari ho’jaligi haqida tasavvurimizni 
kengayishiga xizmat qiladi.
Darvoza Qir makonida yashagan jamoa ho’jaligida asosiy mashg’ulot 
baliqchilik bo’lgan. Ovchilik ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki makondan
jayron, soyg’oh, yovvoyi cho’chqa, qulon, ot suyaklari topilgan. 
Neolit davri yodgorliklari Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’ida ham
o’rganilgan. Sazag’on jamoalari tog’ oldi buloq suvlari yoqalarida ovchilik ho’jaligi 
bilan shug’ullangan.
Zarafshon vodiysida yashagan neolit davri qabilalari shaxta yo’li bilan xom-
ashyo qazib chiqarish usulini ixtiro qiladilar. Neolit davri odamlari toshning
xususiyatlarini o’rganishga e’tibor bergan. Ular ma’lum darajada nam tortgan 
(chaqmoqtosh qancha ko’p nam tortsa, undan istalgan shaklda yuqori sifatli qurol
yasash oson bo’lgan) chaqmoqtosh topish ustida harakat qilgan. Chaqmoqtosh 
sirlarini yaxshi bilgan neolit davri ustalari ana shu chaqmoqtoshni izlash natijasida
yangi kashfiyotlar qildilar. Ya’ni ular shaxta yo’li bilan xom-ashyo olish usulini ixtiro 
qiladilar. 1960 yilda arxeolog Ya.G’ulomov Navoiy viloyatining Uchtut degan
joyida mehnat qurollari yasash uchun juda boy xom-ashyo markazini ochdi. 
Arxeologlar M.Qosimov va T.Mirsoatov Uchtut yodgorligini tadqiq qildilar.
Uchtutda Chaqmoqtosh xom-ashyosi olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlangan. 
Kerakli xom ashyoni olish uchun esa o’raning har tomoniga qo’shimcha yo’laklar
ochilgan. Uchtutda 100 dan ortiq shaxtaning o’rni ochib o’rganilgan. 
Neolit davrida dastlabki shaxtalar Angliya, Frantsiya, Daniya, Shimoliy
Germaniya hududlarida ham ko’plab mavjud edi. Bu davrda xom ashyoni 


10
ixtisoslashgan tarzda qazib olish keng ko’lamda bo’lib, u san’at darajasiga 


ko’tarilgan. Ibtidoiy san’atning rivojlanish bosqichi ham neolit davriga to’g’ri keladi.


Yuqorida keltirib o’tganimiz madaniyat yodgorliklaridan topilgan idishlarga, 
kulolchilik buyumlariga har xil rangdagi bo’yoqlardan
naqshlar

, odam va hayvon


suratlari chizilgan. Shu bilan birga loydan yasalib pishirilgan ayol haykalchalari ham 
neolit davri moddiy topilmalari hisoblanadi.
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar 
bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – deh-qonchilik va chorvachilikni kashf
etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz 
olimi G.Chayl fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat
qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nik-malarni 
paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish,
o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy 
munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik
o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib 
eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod
rivojlanish sari katta qadam tashladi. 
Qisqacha izohli lug’at: 

Kampini- G’arbiy Yevropadagi eng qadimgi manzilgohlardan biri.


Yorg’uchoq
-
Qo’l tegirmoni. 

Kopetdog’- Turkmaniston etaklarida katta tog 'tizimi.


Monogamiya
-
bir nikohlilik — nikoh va oilaning tarixiy shakli. Ibtidoiy davrda 

qo'sh nikohlik hukmsurgan bir davrda monogamiya paydo bo'lgan. Bu o'sha davr


uchun nikohning yangi turi hisoblangan. Monogamiya-bu umrning oxirigacha bir 
individ bilan bir oila bo'lib yashash demakdir.
Ilk “Daryo-soy”, O’rta “Jonbos – 4”, So’nggi “O’zboy”- Kaltaminor madaniyati 
taraqqyotida 3 bosqichi bo’lib bu bosqichlarning madaniy qiyofasi ularga xos ishlab
chiqarish, mehnat qurollari hamda sopol buyumlarda o’z aksini topgan
Tosh bolg‘alar (otboyniklar) - og‘irligi 0,5 kgdan kam boMmagan

qayroqtoshdan yasalgan qurol.


O‘roq randa - chaqmoqtosh plastinkasidan yasalgan qurol, tig‘i
keng yoysimon qilib ishlangan. Undan daraxt po‘stini shilish va
randalash quroli sifatida foydalanishgan. 


11
Mavzuga doir test savollari. 


1.Nеolit nima?


A.Yangi tosh asri 
B. Qadimgi tosh davri
D.

Oʻrta tosh davri


C. Temir davri 
Javob: A.Yangi tosh asri.
2. Yangi tosh davri davom etgan davrni aniqlang? 
A. Mil avv. 6-5 mingyilliklar
B. Mil avv. 4-3 mingyilliklar 
C.

Mil avv. 6-4 mingyilliklar 


D. Mil avv. 5-4 mingyilliklar


Javob: C.
Mil avv. 6-4 mingyilliklar
3. Olimlar nеolit davri boshlanishini nima bilan izohlaydilar? 
A. Sopol idishlar yasalishi kashf etilishidan
B. Dehqonchilikni kashf etilishidan 
C. Qoya toshlarga suratlar tushirilishidan
D. Hamma javoblar to’g’ri 
Javob: A.Sopol idishlar yasalishi kashf etilishidan
4. O’rta osiyoda nеolit davom etgan davrni aniqlang? 
A. avv. VI-II ming yilliklar
B.

avv. VI-IV ming yilliklar


C. avv. III-IV ming yilliklar 
D. avv. VI-V ming yilliklar
Javob: B.
avv. VI-IV ming yilliklar
5. Nеolit davrida odamlar toshga ishlov bеrishning qanday yangi usullarini 
qo’llay boshladilar?
A. Silliqlash 
B. Teshikchali parmalashni
C. Arralash, Sirlash 
D. Hamma javoblar to’g’ri
Javob: D. Hamma javoblar to’g’ri 
6.
Neolit davri necha bosqichga bo’linadi? 

A. Ilk va so’nggi neolit


B. Ilk, O’rta va so’nggi neolit 
C. Ilk va O’rta neolit
D. So’nggi neolit 


12
Javob: A. Ilk va so’nggi neolit 


7. Kaltaminor madaniyati taraqqyotida nechta bosqich kuzatilgan?


A. 1 bosqichga Ilk “Daryo-soy” 
B. 1 bosqichga So’nggi “O’zboy
C. 3 bosqichga Ilk “Daryo-soy”, O’rta “Jonbos – 4”, So’nggi “O’zboy 
D. 2 bosqichga Ilk “Daryo-soy”, O’rta “Jonbos – 4”
Javob: C. 3 bosqichga Ilk “Daryo-soy”, O’rta “Jonbos – 4”, So’nggi “O’zboy 
8. Hisor madaniyatiga mansub bo’lgan yodgorliklar nechtadan ortiq ,
ular miloddan avvalgi necha ming yilliklar bilan belgilanadi. 
A. 200 dan ortiq bo’lib miloddan avvalgi V-II ming yilliklar bilan belgilanadi
B. 200 dan ortiq bo’lib miloddan avvalgi V-III ming yilliklar bilan belgilanadi 
C. 400 dan ortiq bo’lib miloddan avvalgi VI-III ming yilliklar bilan belgilanadi
D. To’g’ri javob yo’q 
Javob: B. 200 dan ortiq bo’lib miloddan avvalgi V-III ming yilliklar bilan belgilanadi
9.
Joytun madaniyatiga mansub qabilalar miloddan avvalgi nechinchi ming 

yilliklarda yashab istiqomat qilishgan?


A. miloddan avvalgi III-VI ming yilliklarda 

B. miloddan avvalgi VI-II ming yilliklarda


C. miloddan avvalgi VI-V ming yilliklarda 
D. miloddan avvalgi VII-V ming yilliklarda
Javob:C. miloddan avvalgi VI-V ming yilliklarda 
10. Markaziy Farg’ona hududida neolit yodgorliklari topilgan. Arxeologlar bu
erda nechtaga yaqin neolit makonlarini o’rganadilar? 
A.80ga yaqin
B.90ga yaqin 
C.70dan ortiq
D.70ga yaqin
Javob:80ga yaqin makonlar o’rganilgan. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 


“Arxeologiya Asoslari” A.V.Arsixovskiy. “Toshkent-1970”


“O’rta Osiyo Arxeologiyasi” J.Kabirov, A.Sagdullayev “O’qtuvchi nashiryoti-1990” 
Internetdan olingan ma’lumotlar



http://fayllar.org
Yüklə 61,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin