21
uchun zarur bo`lgan asosiy vosita oboektlaridan foydalanishi yoki mulkchilik huquqiga ega
bo`lishga
asoslangan shartnomadir, Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o`rtasidaga o`zaro
munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Shartnoma ijara xaqi miqdori, ijara muddati,
tomonlarning ijara shartlarini bajarish bo`yicha majburiyatlari xaqidagi to`liq, mag`lumotlarni
o`zida mujassam etishi lozim.
Ijaraning quyidagi turlari mavjud,
Muddatiga ko`ra:
1) uzoq, muddatli ijara - bir yil va undan ortiq muddatga;
2) qisqa muddatli ijara - bir yildan ortiq bo`lmagan muddatga. Mulkni topshirish shartiga ko`ra:
1) moliyalashtirilgan;
2) joriy.
Moliyalashtirilgan ijara natijasida,
ijaraga beruvchi odatda, shartnoma tuzilgan vaqtda
berilayotgan mulkni joriy baxosidan ortiq yoki unga teng qiymatda oladi va ko`pchilik xollarda,
topshirilgan mulk keyinchalik ijaraga oluvchining mulkiga aylantiriladi (shunday
shart bilan
ijaraga oladi). Bu asosan uzoq muddatli ijaraga xosdir. Ijaraga oluvchi asosiy vosita
oboektlaridan shu oboektga bo`lgan vaqtinchalik ehtiyojini qondiradi.
Mulkchilik huquqi esa
ijaraga beruvchida saqlanadi.
Ijaraga olingan asosiy vositalar buxgalteriya uchyotini ijaraga oluvchi 001-«Ijaraga olingan
asosiy vositalar» nomli balansdan tashqari schyotda, ijaraga olingan asosiy vositalarning har bir
oboekti bo`yicha shartnomada aniqlangan baxoda amalga oshiradi.
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi bilan joriy hisob-kitobni 76-«Har xil debitor va kreditorlar
bilan hisob-kitob» sintetik schyotida yuritadi.
Ijaraga oluvchi buxgalteriya provodkasini tuzadi.
Dostları ilə paylaş: