4
1.BOB. Asosiy vositalarning turkumlanishi va ularning
harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish.
1.1
ASOSIY
VOSITALARNING
UCHYOTINING
VAZIFALARI,ULARNI
TURKUMLASH VA BAHOLASH.
Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o`zining tabiiy-ko`rinishini saqlab turadigan, asta-sekin
eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o`z qiymatini asta-sekin o`tkazadigan
mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga qiymati eng kam oylik ish xaqishing 15 barobari
miqdorida va undan ortiq bo`lgan, bir yildan ortiq muddat foydalanishda bo`ladigan, natural
ko`rinishini o`zgartirmay ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foidalanishda bo`ladigan
vositalar kiradi. Ularga binolar, inshootlar, mashina, uskuna, xo`jalik inventarlari, asbob-
uskunalar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Asosiy vositalar bo`yicha buxgalteriya uchyotining vazifalari quyidagilardan iborat:
1) asosiy vositalar harakati bilan bog`liq, hamma operatsiyalarni to`gri va o`z vaqtida
hujjatlarda rasmiylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umumlashtirish;
2) asosiy vositalarning eskirishi va amortizatsiyasini to`g`ri hisoblash;
3) asosiy vositalarning taomir mablag`laridan to`g`ri va oqilona foydalanishni nazorat qilish;
4) asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
5) asosiy vositalar xavfsizligini saqlashni nazorat qilish;
6) ishlab chiqarish quvvatlaridan to`la foydalanish uchyotiga mahsulot ishlab chiqarishni
oshirishning ichki rezervlarini aniqlash.
Hisob hamda rejalashtirishda asosiy vositalar maolum guruhlarga bo`linib hisobga olinadi va
rejalashtiriladi. Chunki asosiy vositalarni hisobga olish, rejalashtirishni to`g`ri tashkil
qilishishning muhim sharti ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi. Asosiy
vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning asosiy vositalariga
va ishlab chiqarishga taalluqli bo`lmagan oboektlarga bo`linadi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab
chiqarishning asosiy fondlari deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi
roli har xil, baozilari, masalan, mashinalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat quroli
sifatida qatnashadi, ayrimlari esa ishlab chiqarish jarayonining to`xtovsiz ishlab turishini
taominlaydi (masalan, inshootlar), yana boshqalari ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi.
Jumladan, ishlab chiqarish binolari, yo`llar va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonida to`g`ridan-to`g`ri qatnashmaydigan oboektlarga uy-joy-
kommunal xo`jaligi vositalari, sog`liqni saqlash muassasalari (kasalxona, ambulatoriya,
poliklinika), madaniyat va maorif muassasalari (klublar, teatrlar, kutubxona, bolalar bogchalari)
va boshqalar kiradi.
Xalq xo`jaliga tarmoqlarining turkumlanishiga muvofik, asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar
5
va faoliyat turlariga bo`linadi: sanoat, kishlok, xo`jaligi, transport, aloka, qurilish, savdo va
boshqalar. Masalan, sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita
bog`liq, bo`lgan hamda korxonaning transport moddiy-texnika taominoti, ombor xo`jaligi va
boshqa bo`limlarining asosiy vositalari kiradi. Sanoat korxonalari balansida aks ettiriladigan
yordamchi qishloq, xo`jalik bo`limiga qarashli oboektlar «Qishloq xo`jalik tarmog`i», uy-joy-
kommunal xo`jaligiga qarashli oboektlar «Axoliga maishiy xizmat ko`rsatish» va «Uy-joy-
kommunal xo`jaligi» tarmog`ig`a kiradi.
Demak, sanoat korxonalaridan tashqari, boshqa xalq, xo`jaliga tarmoqlariga qarashli
oboektlar ham foydalanishda bo`lishi mumkin, Shu nuqtai nazardan sanoat korxonalarining
asosiy vositalarini sanoat ishlab chiqarishi va boshqa xalq xo`jaligi tarmoqlarining ishlab
chiqarish fondlariga bo`lish mumkin. Xalq xo`jaligi tarmoqlarining asosiy vositalari o`z
foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Bino.
2. Inshoot,
3. O`tkazuvchi qurilmalar.
4. Mashina va uskunalar:
a) kuch mashinalari va uskunalari;
b) ishchi mashina va uskunalari;
v) o`lchov va tartibga soluvchi asboblar, qurilmalar va
laboratoriya uskunalari;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa mashina va uskunalar.
5. Transport vositalari,
6. Asbob-uskunalar.
7. Ishlab chiqarish inventarlari va jixozlari.
8. Xo`jalik inventarlari.
9. Ishchi va mahsuldor mollar.
10. Ko`p yillik daraxtlar.
11. Yerni yaxshilash bo`yicha kapital harajatlar (inshootlarsiz).
12. Boshqa asosiy vositalar.
Foydalanilishi
nuqtai
nazaridan
asosiy
vositalar
harakatdagi,
zapasdagi
va
foydalanilmaydigan oboektlarga, u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtai-nazaridan korxonaning
o`ziga qarashli va ijaraga olingan obbektlarga bo`linadi, Asosiy vositalar dastlabki qiymati
bo`yicha hisobga olinadi.
Oboektning dastlabki qiymati - bu asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish bo`yicha
qilingan xaqikiy harajatlar yigindisidir, bunga to`langan soliqdar hamda to`lovlar, keltirish va
6
montaj qilish, o`rnatish, foydalanishga topshirish, undan maqsadli foydalanish uchun ishchi
xolatiga keltirish bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq, bo`lgan boshqa hamma harajatlar kiradi,
Tiklash qiymati asosiy fondlarni qayti ishlab chiqarish qiymatidan, yaoni ularni maolum
muddatga harakatdagi bozor baxolari bo`yicha qurish yoki sotib olishdan iborat,
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki qiymatidan eskirish summasining
ayrilganiga teng.
Asosiy vositalarning eskirishi - bu asosiy vosita oboektlarining dastlabki imkoniyatlarini
yo`qotganliklarini tavsiflovchi jarayondir (fizik va mahnaviy).
Eskirish meoyori asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymatiga foiz uchyotida
ifodalangan eskirish miqdoridir.
Amortizatsiya eskirishning qiymatdagi ifodasi bo`lib, asosiy vosita aktivining butun xizmati
davomida mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga va davr harajatlariga qshshiladigan amortizatsiya
qiymatini sistematik ko`rinishda taqsimlashdir.
Foydali xizmat muddati - bu shunday muddatki uning davomida, asosiy vositadan
foydalanishdan olinadigan iqtisodiy samaradir.
Normativ xizmat muddati - bu shunday davrki, uning davomida korxona belgilangan
meoyorlarga muvofiq, asosiy vositalar bo`yicha eskirish hisoblaydi.
Dastlabki qiymat korxonada oboekt foydalanishga topshirilgan muddatda vujudga keladi va
unga asosiy vositani qurish yoki sotib olish bo`yicha qilingan xaqikiy harajatlar qiymati
to`langan soliqlar va to`lovlar, keltirish va montaj bo`yicha harajatlar, o`rnatish, foydalanishga
topshirish, maqsadli foydalanish uchun, uni ishchi xolatiga keltirish bilan to`g`ridan-to`g`ri
bog`liq, bo`lgan boshqa hamma harajatlar kiradi. Asosiy vositalar dastlabki qiymatining tarkib
topish manbalari quyidagilardan iborat:
1) korxona ustav kapitaliga taosischilar ko`shgan ulushi, asosiy vositalar qiymati - tomonlar
kelishuvi bo`yicha;
2) korxonashshg o`zida tayerlangan asosiy vositalar hamda boshqa korxona va shaxslardan
sotib olingan vositalar qiymati - keltirish, montaj va o`rnatish bo`yicha harajatlar bilan xaqikiy
harajatlar summasida;
3) bepul olingan asosiy vositalar qiymati hamda yordam sifatida olingan vositalar qiymati
tekshirish yo`li bilan yoki qabul-topshirish hujjatlari maolumotlari asosida aniqlanadi.
Asosiy vositalar ayrim oboektlarining dastlabki qiymati ular tiklanganda yoki
takomillashtirilganda ko`payishi va oboekt qisman tugatilganda hamda qismlarga ajratilganda
kamayishi mumkin, Quyidagilar asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo`lib hisoblanadi:
1) 1995 yil 1 yanvar xolati bo`yicha qayti baholangan, korxona balansida hisobda bo`lgan
asosiy vositalar uchun - ularning hisobda aks ettirilgan tiklash qiymati;
2) kapital ko`yilmalar uchyotidan qurilgan yoki sotib olingan asosiy vositalar uchun inventar
7
qiymat quyidagilardan iborat bo`ladi:
a) bino va inshootlar uchun - oboektni qurish bo`yicha qurilish va montaj ishlari
harajatlaridan, proyekt-qidiruv ishlari va obhekt inventar qiymatiga ko`shilishi lozim bo`lgan
boshqa harajatlardan;
b) montaj talab qiluvchi uskunalar uchun - suyanch yoki asosni qurish, montaj
harajatlaridan va proyekt-qidiruv ishlari hamda oboekt inventar qiymatiga qo`shilishi lozim
bo`lgan boshqa harajatlardan;
v) montaj talab qilinmaydigan uskunalar uchun - keltirish hamda sotib olish bo`yicha
harajatlardan;
g) korxonaga bepul qabul qilingan oboektlar uchun - asosiy vosita oboektini qabul-
topshirish hujjatida ko`rsatilgan qiymati bo`yicha;
d) korxona sotib olgan, avval foydalanishda bo`lgan oboektlar uchun - sotish xaqidagi
hujjatda ko`rsatilgan obhektni sotib olish bo`yicha eskirish summasi qo`shilgan xolda sotib olish,
keltirish bo`yicha va oboektni sotib olish bilan bog`liq boshqa harajatlar.
Tiklash qiymati deganda, asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish qiymati, yaoni maolum
muddatga harakatdagi bozor baxosi bo`yicha ularni qurish yoki sotib olish qiymati tushuniladi.
Yana Respublika xukumati qaroriga ko`ra olib boriladigan asosiy vosita oboektlarini qayti
baholash natijasida aniqdangan qiymat ham tiklash qiymati deb hisoblanadi.
Asosiy vositalarning hisob qiymati deganda, ularni hisobotda va balansda aks ettiriladigan,
yaoni balans qiymati tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |