8
qo‘shma korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250 000 donaga
oshirildi.
Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O‘zbekiston-
Turkiya qo‘shma korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «OTOYO’L»
markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk
avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilindi. Keyinchalik bu
zavod negizida O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma korxonasi «SamAvto»
zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «ISUSI»
markali kichik
rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab
chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, Samarqandda yana bir O‘zbekiston–Germaniya qo‘sh-
ma korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljal-
langan zavod o‘z ishini boshlab yubordi.
Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli
davlatlarda ishlab chiqariladi.
Shu bois, «GM-MOTOR» zavodi qurilishi
bilan O‘zbekiston ham shu davlatlar qatoriga qo‘shildi. Zavodning
hozirgi kundagi quvvati yiliga 225 000 dona motor ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan.
Mamalakatimizda avtomobil sanoatining
rivojlanishiga juda katta
e’tibor qaratilmoqda, jumladan, Davlatimiz rahbari Islom Karimov
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida
olib borilayotgan islohotlar ko‘lamiga baho berib: «
O‘zbekistonda
avtomobilsozlik Asakadan boshlandi. Shu zavodni ochgan kunim – 1996-
yil 19-iyulni O‘zbekiston hayoti uchun, tarixi uchun baxtli kun deb
hisoblayman»
1
degan edilar. Zero, ana shu zavodda ishlab
chiqarilayotgan sifatli va biri-biridan zamonaviy avtomobillar xalqimizni
bu sohada ham hech kimdan kam emasligini,
aksincha, raqobat borasida
ko‘plarni lol qoldirayotganligini ko‘rsatadi.
Istiqlol farzandi sanalmish ushbu qo‘shma korxonada 2000-yilda
30 700ta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010-yil yakunida bu
ko‘rsatkich 217 733tani tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, avtomobil ishlab
chiqarish keyingi o‘n yil oralig‘ida 181 033 donaga yoki 7,1 martaga
oshgan.
Ishlab chiqarilayotgan «CAPTIVA», «YEPICA», «TACUMA»,
«LACETTI», «SPARK», «NEXIA», «DAMAS», «MATIZ» singari
1
Ʉɚrimɨv I.Ⱥ.Vɚzirlɚr Mɚhɤɚmɚsining 2011-yil 21-yanvɚrdɚ bo’lib o’tgɚn
2010-yil yaɤunlɚri vɚ 2012-yil ɨldimizgɚ turgɚn vɚzifɚlɚrimiz to’g’risidɚgi
mɚ’ruzɚsidɚn.
9
avtomobillar jahon bozorida yurtimiz nomini dunyoga taratmoqda.
Masalan: O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga 2005-yilda eng ko‘p
avtomobil eksport qilgan davlat hisoblandi. 2011-yilda
esa Yaponiya va
Germaniyadan so‘ng uchinchi davlat deb topildi. 2011-yil Rossiyada
«
Eng yaxshi avtomobil» sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan
«SPARK» avtomobili - deb topildi.
Bir so‘z bilan aytganda «GM-Uzbekiston» qo‘shma korxonasi
keyingi o‘n yilda mamalakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foiziga
oshishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Eng
muhimi dastlabki kezlarda
atigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilardi. Hozirda esa
konveyrlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda
yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‘lar ajratilgan. Endilikda esa ular
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: