BBK 39.33ya73
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012-y.
3
KIRISH
Insoniyat kashfiyotchiligining ne’mati bo‘lgan avtomobil bugungi
kunda barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib
kelmoqda. Avtomobilning yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta
bosqichga bo‘lishimiz mumkin:
loyihalash;
ishlab chiqarish;
ekspluatatsiya davri.
Biz bu darslikda mutaxasislar tomonidan loyihalanib ishlab
chiqarilgan avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida
uchraydigan nosozliklar hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish
turlari ko‘rsatilgan.
Darslikda hozirgi vaqtda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan
«EPICA», «CAPTIVA», «LACETTI», «NEXIA», «MATIZ»,
«SPARK», «MALIBU», «COBALT» rusumli yengil avtomobillarini va
hozirda Respublikamizda ko‘p tarqalgan chet elda ishlab chiqarilgan
avtomobillar konstruksiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari,
mexanizm va tizimlarining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi,
konstruktiv xususiyatlari hamda ulardan foydalanishda uchraydigan
nosozliklar batafsil bayon etilgan.
Yuk va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manziliga yetkazish uchun mavjud
avtomobillarga kamroq mablag‘ sarflagan holda, ularning texnik
tayyorgarligini yuqori darajada ta’minlab turish zarur. Buning uchun
avtomobillarga muntazam ravishda texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash ishlarini bajarish, ularning saqlash joylari, ehtiyot qism va
materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga
oshirish lozim.
4
1-bob. AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI
Hozirgi vaqtda hech bir soha yo‘q-ki, unda avtomobil
transportidan foydalanmasa. Xususan, yo‘lovchilar va yuklarni tashish
hamda maxsus ishlarni bajarishda avtomobillardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |