www.ziyouz.com kutubxonasi
12
123.
Tangri birodarlariga qovog’ini solib qaraydigan kishilarni yoqtirmaydi.
124.
Tangri g’am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do’st tutadi.
125.
Tangri har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko’radi.
126.
Tangri aksirishlikni yoqtiradi, esnashlikni yomon ko’radi.
127.
Tangri o’z bandalari ichida g’ayratlisini yoqtiradi.
128.
Tangri aytadiki, Men ikki sherikning, agar biri ikkinchisiga xiyonat qilmasa, uchinchisidurman.
Agar xiyonat qilsa, ularning o’rtalaridan chiqib ketaman.
129.
Tangri qiyomat kuni aytadi: “Ey inson farzandi! Betob bo’ldim, meni kelib ko’rmding”. U odam
aytadi: “Ey rabbim, sen butun olamning Parvardigori bo’la turib men seni qanday ko’rishim mumkin
edi?” Tangri aytadiki: “Falonchi odamni betobligida borib ko’rmading-ku, agar borganingda uning
oldida meni topgan bo’lur eding. Ey inson farzandi! O’zing ovqatlanding, ammo meni yo’qlamading”.
Odam aytadi: “Ey rabbim, sen butun olamning podshohi bo’lsang-ku, men seni qanday
ovqatlantirishim mumkin edi?” Tangri aytadi: “Falon bandam muhtoj bo’lib oldingga borganida, sen
uning hojatini ravo qilmading. Agar ravo qilganingda edi, o’sha yerda meni topgan bo’lur eding”.
130.
Tangri sizlarni otalaring nomi bilan qasam ichishdan qaytaradi.
131.
Tangri ayollar bilan yaxshi muomalada bo’lishlaringni tavsiya etadi, chunki ular onalaring,
qizlaring, xolalaringdir. Boshqa din ahllarining har biri qo’li ipga bormagan ayolga
29
uylansa ham bir-
birlaridan bezor bo’lib ajrashib ketmaydilar.
132.
Qachonki amir odamlar orasiga shubha tushirsa, ularni buzib qo’yadi.
133.
Qachonki er o’z xotiniga va xotin o’z eriga qarashsa, Tangri ham ularga o’z rahmati bilan
qaraydi. Bordiyu kaftini kaftiga qo’ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to’kiladi.
134.
Azayimxonlik, tumor taqmoqlik va sehru jodu bilan shug’ullanmoqlik Tangriga shirk keltirish
bilan barobardir.
135.
Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi.
136.
Baxtli odam fitna-fasodlardan chetlab yuruvchi va musibatga sabr qiluvchi kishidir.
137.
Gaplarning yomoni – bu yolg’onchilikdir, yolg’onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib
bo’lmaydi. Ota o’z bolalariga biron narsani va’da qilib, keyin uni bajarmay qo’ymasin! Rostgo’ylik
ezgulikka boshlaydi, ezgulik esa jannatga. Yolg’onchilik yovuzlikka boshlaydi, yovuzlik esa
jahannamga. Rostgo’y odamga yaxshi baho, yolg’onchi odamga yomon baho beradilar. Rostgo’y
odam chin so’zi bilan borib-borib Tangri huzurida siddiq (so’zida sodiq) deb yozib qo’yiladi. Yolg’onchi
ham borib-borib uning huzurida kazzob (yolg’onchi) deb yozib qo’yiladi. Chaqimchilik ham yomon
illatdir, chunki u tufayli odamlar o’rtasi buziladi.
138.
Fahsh ishlar, fahsh so’zlar islomda yo’q narsalardandir. Mo’min odamlarning yaxshisi – yaxshi
xulqlisidir.
28
Fahsh – buzuqchilik.
29
Chevarlik ishlarini bajara olmaydigan ayolga.