Axloq-odobga oid hadis namunalari
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
M U Q A D D I M A
Hadis - islom dini talimoti bo’yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib,
Muhammad(s.a.v.) payg’abarning
hayoti va foliyati, shuningdek uning diniy va axloqiy ko’rsatmalarini
o’z ichiga oladi. Muhammad(s.a.v.) payg’ambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko’rsatgan
bo’lsa, yoxud boshqalarning o’zlaricha qilayotgan biron ishini ko’rib, uni man etmagan bo’lsa, shu uch
holatning har biri sunnat hisoblanadi. Ana shunday hatti-harakatlar yoki ko’rsatmalar haqidagi rivoyat
hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dini ahkomlari yani, farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom,
makruh,
muboh kabilardan tashqari, axloq-odobga doir ko’rsatmalar ham talqin etiladi. Ularda
ibodatning tartib-qoidalari va ularni mukammal bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy fazilatlar
ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan razil sifatlar qoralanadi.
Shuning uchun ham islomning ilk davrlaridanoq musulmonlar hadislarga juda katta ahamiyat
berishgan. Eshitgan
har bir hadisni xatosiz, asl holicha boshqalarga yetgazishga qat’iy rioya qilingan.
Bu to’g’rida Muhammad(s.a.v.) payg’ambarning o’zi musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turgan. Hadis
mazmuni va iborasini buzib o’zicha yangi hadis to’qib tarqatuvchilar qattiq qoralangan. Bunday
talabchanlik payg’ambar vafotidan ancha keyinga qadar ham hadislarning sof holda saqlanib turishiga
imkon bergan.
Lekin keyinchalik turli sinfiy va ijtimoiy ziddiyatlar, islom dininidagi ichki g’oyaviy
kurashlar
natijasida ko’pgina soxta hadislar ham yuzaga kelgan. Natijada yirik muhaddislar
1
hadislarni ishonchli
manbalar asosida qayta ko’rib chiqish va ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratish uchun ancha
xizmat qilganlar. Hadislarni og’zaki an’anadan dastxat qilish va kitob holiga keltirish hijriy sananing
ikkinchi asridan (ya’ni milodning VIII asridan) keng avj olgan.
Islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ’ibotchilari va mualliflari paydo bo’la
boshladi. O’rta Osiyoda islom dini 90/708
2
yildan keyin keng
tarqala boshlaganiga qaramay, ilohiyot
qatori hadis fani ham ildam rivojlangan. Shunisi e’tiborga loyiqki, islom olamida mashhur va eng
ishonchli deb e’tirof etilgan oltita hadislar to’plami mualliflarining aksariyati O’rta Osiyodan
chiqqanlardir. Masalan, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194/810 – 256/870), Abu Iso
Muhammad ibn Iso at-Termiziy (209/824 – 279/892), Abu Muhammad
Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon
ad-Dorimiy as-Samarqandiy (181/797 – 255/868) va Kaspiybo’yi xalqlaridan Abu Abdulloh
Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (209/824 – 273/886) va boshqalar hadis ilmining taraqqiyotiga ulkan
hissa qo’shganlar. Lekin ularning barcha adabiy merosi arab tilida ekanligi tufayli o’tmishda faqat arab
tilini puxta bilgan ulamolargina ulardan xabardor bo’lgan, keng xalq ommasiga mo’ljallangan to’liq
tarjimalar bo’lmagan. Bizgacha bir qancha katta-kichik kitobchalarda turkiy va eroniy tillarga tarjima
qilingan hadis
namunalari, jumladan “Ming bir hadis”ning tatar tilidagi va “Qirq hadis”ning o’zbek
tilidagi izohli tarjimalari yetib kelgan.
Mashhur muhaddislar ichida Imom Buxoriy eng oldingi o’rinda turadi. Shu boisdan uning haqida
qisqacha to’xtaib o’tamiz.
Uning to’liq nomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’ira ibn Bardazbah
al-Juafiy al-Buxoriy bo’lib, u hijriy sananing 194 yili, shavval oyining 13-kuni (810 yil 20 iyul) da
Buxoro shahrida tavallud topgan. Otasi Ismoil ham olim bo’lib, o’g’li tug’ilgan kunining o’zida
nasabnomalari bilan, tug’ilgan yil va kunlarini aniqlab bir qog’ozga yozib ketgan ekan. Imom Buxoriy
voyaga yetib, savodi chiqqanidan keyin otasi o’z qo’li bilan yozib ketgan qog’ozni zamondosh
ulamolarga ma’lum qilgan. Shuning uchun ham Imom Buxoriyning tavallud
sanasi hamma kitoblarda
1
Muhaddis
– hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olim.
2
Raqamlarning birinchisi hijriy yil hisobida, ikkinchisi milodiy yil hisobida yozilgan.