Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
51.
Biror kishi gapirgan paytida u yoq-bu yoqqa qarab qo’ysa, demak bu gap omonatdir
20

52.
Qaysi biringizga Tangri bir kasb sababli rizq yetkazib turgan bo’lsa, o’sha kasbning o’zi 
o’zgarmaguncha shu kasbni tashlamang. 
53.
Savobli ish qilganingizda xursand bo’lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo’lsangiz, demak, 
siz haqiqiy mo’mindirsiz. 
54.
Biror kishidan “Odamlar buzilib ketdi”, degan gapni eshitsangiz, bilingki, o’sha odamning o’zi 
buzilgandir. 
55.
Qo’shnilaringiz sizni yaxshi odam deyishayotgan bo’lsa, demak, siz yaxshisiz. Agar ular sizni 
yomon odam deyishayotgan bo’lsa, demak, siz yomon odamdirsiz. 
56.
Mendan rivoyat qilingan biror hadisni eshitganlaringizda dillaringizga tanish, badanlaringizga ta’sir 
qiladigan va aqllaringizga sig’adigan bo’lsa, demak, u mening aytgan hadisimdir. Ammo eshitgan 
hadislaringiz buning aksidek bo’lsa, demak, u mening aytgan hadisim emasdir. 
57.
Bir joyda vabo kasali bor deb eshitsalaring, o’sha joyga kirmanglar. Agar sizlar yashayotgan joyga 
vabo kelsa, o’sha yerdan qochib chiqib ketmanglar. 
58.
Qaysi bir xalqdan qirq kishi va undan ziyod odamlar biror ishga guvohlik bersalar, Tangri ularning 
guvohliklarini qabul etadi. 
59.
Qaysi bir mo’min ikkinchi bir mo’min birodari boshiga tig’ ko’tarsa, Tangrining farishtalari to o’sha 
tig’ni qaytarib o’rniga qo’ymaguncha la’nat aytib turadilar. 
60.
Qachonki biror gunoh ish qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish ham qilib 
qo’ying! 
61.
Qaysi birlaringda jahlu g’azab qo’zisa, darhol u sukut saqlashga o’tsin. 
62.
Qaysi birlaringda jahlu g’azab tik turgan paytida kelsa, darhol u o’tirib olsin. Agar shunda ham 
g’azab ketmasa, yotib olsin. 
63.
Qachonki mo’minlar o’rtasida fitna fasod kuchaysa, yog’ochdan qilich qilib ol!
21
64.
Podshohlaringiz yaxshi, boylaringiz saxiy va ishlaringiz bamaslahat bo’lsa, sizlar uchun yerning 
ostidan ko’ra usti afzaldir. Aks holda yerning ustidan osti afzaldir. 
65.
Agar uch kishi bo’lsangizlar, ikkitalaringiz alohida uchinchi shaxsga eshittirmay pichirlab 
gaplashmanglar, chunki bu uni ranjitadi. 
66.
Qaysi birlaringiz o’zingizdan boyroq yoki axloqliroq odamni ko’rib qolsangiz, darhol o’zingizdan 
kambag’alroq va axloqsizroq odamlar ham borligini eslang. 
67.
Dunyodan o’tib ketganlarning faqat yaxshi sifatlarini yod etinglar. Yomon sifatlaridan tilingizni 
tiyinglar. 
20
Omonat – bu yerda maxfiy, faqat o’ziga aytilayotgan ma’nosida. 
21
Shahar hokimiga aytilgan hadis. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin