www.ziyouz.com kutubxonasi
3
aniq yozib kelingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Imom Buxoriy o’n yoshlar chamasida hadis ilmiga ishtiyoq sezib,
eshitgan har bir hadisini yodlab boraverar ekan. Ustozi Shayx Doxiliy bilan bir necha bor hadis
rivoyatchilari
3
borasida bahslashib, dalillar vositasida o’zining haq ekanligini isbotlagan ekan. O’n olti
yoshga yetganida u o’sha davrning eng mashhur muhaddis olimlaridan Abduloh ibn Muborak va
Vake’larning hadis to’plamlarini yod olgan, hadis va fiqh
4
istilohlarini puxta egallagan. So’ng Makka va
Madina ziyoratiga brogan. Imom Buxoriy o’zining yozishicha, u 18 yoshida “Qazoyi as-sahobat vat-
tobi’in” (“Sahobalar
5
va tobi’inlar
6
masalalari”) va “Tarixi kabir” (“Katta tarix”) kitoblarini Madinada –
Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning maqbarasi yonida yashab turib yozgan. Imom Buxoriy “Tarixiy
shaxslarning har biri haqida menda ma’lumot bor, lekin kitobimning hajmi kattalashib ketmasin deb
muxtasar yozdim”, - degan edi. Imom Buxoriy bilimini boyitish maqsadida Makka, Madina
shaharlaridan tashqari Shom (Damashq), Qohira, Basra, Kufa, Bog’dod kabi rivojlangan madaniyat
markazlarida safarda bo’lgan va ko’p yillar u joylarda istiqomat qilib, olimlardan ta’lim olgan,
toliblarga dars bergan.
Hoshid ibn Ismoil ismli bir hamdars olimning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy bir necha
sheriklari bilan Basra shahrining yirik ulamolaridan biriga borib saboq olar ekan. Hammalari eshitgan
hadis va rivoyatlarni ustozning og’zidan chiqishi bilanoq batartib yozib olishga shoshilar ekanlar.
Imom Buxoriy esa qog’oz qalamsiz dars tinglab yuraverar ekan. Bir kuni talabalar: “O’n olti kun ilgari
olgan darsimizni Buxoriydan bir so’rab ko’raylik-chi, esida bormikan?” – deyishib, imtihon qilishibdi.
Hammalari daftarlariga qarab turishibdi, Buxoriy o’n olti kun ilgari o’tilgan darsni birorta kalima
qoldirmay batartib yoddan o’qib berganidan keyin, uning xotira va qobiliyatiga lol qolib, ayni chog’da
o’zlari yozib olgan daftarlaridagi kamchiliklarni ham tuzatib olishibdi
7
.
Imom Buxoriyning xotirlashicha, u Bog’dodda istiqomat qilgan yillari asosan oydin kechalarda ijod
qilar, qorong’I kechalarda esa shamchiroq nurida kitob yozar ekan. Ilhom kelmay qolganda shamni
o’chirar, bexosdan yangi fikr kelib qolsa, darhol shamni yana yoqib, ishda davom etar ekan. Ba’zan
bir kechada shu tarzda 20 martagacha chiroqni yoqib, o’chirar ekan. Ilmu ma’rifatdan tashqari Imom
Buxoriyning taqvo
8
, himmat, saxovat, odamiylik kabi olijanob fazilatlari ham juda mukammal bo’lgan.
Imom Buxoriy chet el safaridan qaytgach, Buxoro ulamolari unda tahsil ko’ra boshlaydilar. Ular
ustozni g’oyat izzat va hurmat qiladilar. Lekin bu yerda hasadgo’y, dili qora, xudbin ulamolar ham
bo’lib, Imom Buxoriyning payini qirqishga intiladi. Buning ustiga uning Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad
az-Zuhaliy bilan ham aloqasi buzilib qoladi. Bunga quyidagi voqea sabab bo’ladi. Amir bir kun Imom
Buxoriyga odam yubora turib: “Borib ayt, yozgan “al-Jome’ as-Sahih” va “Tarix” kitoblarini olib kelib,
menga o’qib bersin”, - deb buyuradi. Imom Buxoriy elchiga qarab: “Sen unga borib ayt, men ilmni
xor qilib, uni saroyga tashib yurmayman. Kimga ilm kerak bo’lsa, o’zi izlasin. Bu so’zim ma’qul
kelmasa, amirning farmoni o’z qo’lida. Men o’z ilmini yashirib, toliblarga sarf qilmay, Tangri oldida
gunohkor bo’lishni ham istamayman”, - deb javob beradi. Amir bu javobdan achchiqlanib, Imom
Buxoriyni yoqtirmay qoladi. G’animlar bunday qulay fursatdan foydalanib, Imom Buxoriy sha’niga turli
ig’volarni tarqatadilar. Shu ig’vo va fitnalarga ishonib, amir Imom Buxoriyni shaharni tark etishga
majbur qiladi. Natijada Imom Buxoriy Samarqandning Xartang qishlog’idagi qarindoshlarining uyiga
ko’chib ketadi. O’sha yerda qisqa vaqt istiqomat qilganidan so’ng Imom Buxoriy betoblanib, hijriy 256
yili (milodiy 870 yil 1 sentabr) 62 yoshida vafot etadi.
3
Arabcha
roviylar – hadisni hikoya qiluvchilar.
4
Islom diniy qonun-qoidalari (shariat qonunlari)ni ishlash bilan shug’ullangan ilm.
5
Sahobalar (ashoblar) – Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning yaqin safdoshlari.
6
Tobi’inlar – sahoblardan so’ng islom aqoidi, shariati va an’analarini davom ettirganlar, sahobalarning izdoshlari.
7
Al-Qastaloniyning mazkur asari, 33-sahifa.
8
Parhezkorlik.