Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc


H. HIKMATULLAEV, A. MANSUROV



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

H. HIKMATULLAEV, A. MANSUROV 
9
Bu asar ko’pincha “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
MEHRIBON 
VA 
RAHMLI TANGRI NOMI BILAN 
 
RASULULOH ALAYHIS SALOM AYTADILAR: 
1.
Ilmning ofati - esdan chiqarmoqlik va ilmga rag’bati bo’lmagan kishilarga o’rgatib, uni zoye 
ketkazmoqlikdir. 
2.
Qizlarni turmushga chiqarish to’g’risida onalari bilan maslahatlashinglar. 
3.
Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat 
qilish. 
4.
Chaqirilgan joygagina boring. 
5.
Nafaqa
10
va sadaqa berishda avval o’zingdan boshla. Agar biror narsa ortsa, ahli ayolingga
11
ber. 
Yana biror narsa ortib qolsa, qarindoshlaringga ber. Ulardan ham ortsa boshqalarga ber. 
6.
Halol va ruxsat etilgan narsalar ichida Tangriga xush kelmaydigani - taloqdir. 
7.
Odamlar ichida Tangriga yoqimsizrog’i - ashaddiy dushmanlik qiluvchidir. 
8.
Bid’at-xurofotga berilgan odam to ularni tark etmaguncha, uning qilgan savobli ishlarini Tangri 
qabul qilmaydi. 
9.
Taomni sovitibroq iste’mol qilinglar, issiq-qaynoq taomda baraka bo’lmaydi. 
10.
Har bir qavmning qiz farzandidan tug’ilgan bola ham shu qavmga mansubdir
12

11.
Qora tanli xalqlarni ham do’st tutaveringlar, zero ulardan uchtasi jannat ahlining ulug’laridan 
bo’lurlar: 1. Luqmoni Hakim. 2. Najoshiy
13
. 3. Muazzin Bilol Habashiy
14

12.
Qalbing muloyim, hojating ravo bo’lishini xohlaysanmi? Xohlasang yetimlarga mehribon bo’l, 
ularning boshini sila, o’z taomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo’lur. 
13.
Qo’y boqinglar, chunki u barakadir. 
14.
Chaqimchilik nima, bilasizlarmi? U - odamlarning gaplarini (ularning o’zaro munosabatlarini buzish 
niyatida) bir-birlariga tashimoqlikdir. 
15.
Harom narsalardan saqlaning - odamlar ichida ibodatlirog’i bo’lasiz. Tangrining taqsim qilgan 
rizqiga rozi bo’ling - odamlarning boyrog’i bo’lasiz. Qo’shningizga yaxshilik qiling - tinch bo’lasiz. 
O’zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko’ring - salomat yurasiz. Ko’p kulmang. Ko’p kulish dilni 
o’ldiradi
15

16.
Tangridan qo’rqing. Yaxshi va xayrli ishlarning birortasini kichik sanamang, suv so’ragan kishining 
idishiga chelakdan suv quyib berish bilan yoki birodaringizni ochiq yuz bilan qarshi olish bilan 
10
Nafaqa - bu yerda moddiy yordam ma’nosida. 
11
Ahli ayol - oila a’zolari 
12
Qadimiy arab qabilalarida qizdan tarqalgan farzandlarni qarindosh hisoblamaslik odat bo’lgan. 
13
Najoshiy - qadimgi habashistonlik musulmon podshoh. 
14
Bilol Habashiy - ozod etilgan habash qul, payg’ambarimiz Muhammadning(SAV) doimiy muazzinlari bo’lgan. 
15
Ya’ni susaytiradi. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin