Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
68.
To’rt toifa odamlarni Tangri yomon ko’radi: qasamxo’r savdogarni, takabbur kambag’alni, zinokor 
keksani va zolim podshohni. 
69.
Tishlaringizni misvok
22
bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat qilinglar. Takror-takror qilinadigan 
maxsus ishlarni toq bajaringlar, zero Tangrining o’zi toq, toq ishlarni yaxshi ko’radi. 
70.
O’lim kelmasidan burun tayyorgarligingizni ko’rib qo’ying. 
71.
Odamlarga yaxshilik qilish va qarindoshlar bilan yaqin aloqada bo’lib hol-ahvol so’rashib turish – 
bu savobi tez tegadigan xayrli ishlardandir. Zulm va qarindoshlardan uzilib ketishlik esa jazosi tez 
bilinadigan yomon ishlardandir. 
72.
Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo’lsin! 
73.
Odamlarga keng qalbli bo’linglar, shunda odamlar ham sizlarga shunday bo’lurlar. 
74.
Garchi sizlarga qora mayiz kabi qop-qora boshli habash qul boshliq qilib saylangan bo’lsa ham, 
unga quloq solinglar va itoat qilinglar. 
75.
Bu dunyoda odamlarga qattiq azob beradigan kishilarni Tangri qiyomat kuni qattiq azoblaydi. 
76.
Odamlarga shukur qiliuvchilar Tangriga ham shukur qiluvchilardir. 
77.
Ahmoqdan uzoqlashing. 
78.
Besh xil xislatga kafil bo’linglar, toki men sizlar uchun jannatga kafil bo’lay: 1. Meroslaringizni 
taqsimlashda bir-birlaringizga xiyonat va zulm qilmanglar. 2. Odamlarga o’zlaringizcha insof qilinglar. 
3. O’lja taqsimotida xiyonat qilmanglar. 5. Zulm qiluvchilardan mazlumlar haqini undirib beringlar! 
79.
Odamlarga taom yediringlar va shirin so’z bo’linglar. 
80.
Ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko’ring va hojatmandning hojatini chiqaring. 
81.
Garchi Xitoyda bo’lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo’minga 
farzdir. 
82.
Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir. 
83.
Uyquga ketishdan oldin chiroqlarni o’chirib, darvozalarni berkitib, suv idishlari va oziq 
ovqatlarning ustini yopib qo’yinglar. Yopgani narsa topolmasanglar, idishlar ustiga biror cho’p bo’lsa 
ham tashlab qo’yinglar. 
84.
Yaxshilikni chehralari ochiq, xushro’y odamlardan kutinglar. 
85.
Uchrashganda qaysi birlaringiz birinchi bo’lib salom bersangiz, o’sha odam Tangriga ham 
itoatliroqdir. 
86.
Yerni turli nomlariga qarab tanib olish mumkin bo’lganidek, do’stni ham do’stiga qarab bilib olsa 
bo’ladi. 
22
Tish tozalagich 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin