Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
10
Oyat tafsiridagi tafsilotlar
Birinchi kuzatish: Alloh taoloning “Ko‘zlarini tiysinlar” va “Nomuslarini qo‘risin”
so‘zlaridagi
hikmat shuki, nomahram ayollarga boqish zino elchisi, yomonliklarning
boshidir. Nazarlar qalb elchisi bo‘lgani uchun, ko‘ringan manzaralar insonni o‘ziga tortib,
qiynaydi. Zero, har ko‘rganingni ado etolmaysan, ba’zi ko‘rganlaringga sabr qilolmaysan.
Zero, qarash bilan mubtalo bo‘lish mumkin. Bundan saqlanmoq qiyin. Ko‘z
har narsani
qalbga yetkazadigan eshikdir, yo‘ldir. Inson bu yo‘l orqali gunohga botadi. Chunki,
boqish tabassumga, tabassum salomga,
salom suhbatga, suhbat kelishuvga, kelishuv
esa, g‘ayri mashru’ ishga vasila bo‘ladi.
Ikkinchi kuzatish: Oyatdagi “ko‘zlarini tiysinlar” amri har narsa uchun emas, Alloh taolo
harom qilgan narsalarga tegishlidir.
Uchinchi kuzatish: Oyatdagi “Ziynatlarini ochmasinlar” ta’biri
ziynatlar taqilgan joylarni,
shu sababli ziynatlar berkitilishini ifodalaydi.
Zamahshariy aytadilar: “Oyatda ziynat joyining zikr etilishidan hikmat; ziynat joylarni
berkitish zarurligini ifoda etilishidir. Chunki, Alloh taolo “Ziynatlarini ochmasinlar” deya
buyurar ekan, aslida ziynat joylarining ochilmasligini qasd etgan, ya’ni,
maqsad qilib
qo‘ygan. Chunki, taqilmagan ziynatlarning ko‘rinishi harom emas. Bu jihatidan
ziynatlarning ta’qiqlanishiga zarurat yo‘q. Demak, aslida ta’qiqlangani – ziynatlar
taqiladigan joylardir”.
To‘rtinchi kuzatish: ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, odam ko‘z bilan zavqlangani kabi,
quloq bilan ham lazzatlanadi. Shuning uchun,
Alloh ayollar yurganlarida, “hamda ko‘rinib
turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar!...” deb buyuradi. Chunki oyoqlar yerga
urilganda taqilgan ziynatlarning masalan, qo‘ng‘iroqchalarning ovozi eshitiladi. Bu ovoz
erkaklarga
ayol kelganini bildirib, shahvoniy xohishlarini qo‘zg‘aydi. Shu sababdan bu
oyat ham avvalgi oyatda bo‘lgani kabi ziynat taqilgan a’zolari, oyoqlarining ochilishi
haromligiga dalolat etadi. Xullas, shahvatni qo‘zg‘aydigan atr-upa, nozli yurish va nozli
suhbatlashishlar ham ta’qiqlanadi. Chunki, Alloh taolo:
“...Bas, sizlar (nomahram
Dostları ilə paylaş: