www.ziyouz.com kutubxonasi
22
Hayzli ayol namoz vaqtida nima qiladi? Ulamolar hayzli ayol har namoz vaqti uchun tahorat olib, joynamozda (yoki namoz
joyida) o‘sha namozni o‘qiyajak qadar (vaqt) o‘tirishi, odat (an’anasi)ni unutmaslik
uchun tasbeh va tahlil bilan mashg‘ul bo‘lishi mustahabdir, deganlar. Bu rivoyatda: “bu
ayolga avval o‘qigan namozlaridan eng go‘zalining savobi beriladi”, deya marhamat
qilingan. Hayzli bir ayol namoz vaqtlari kirganda tahorat olib, uyining bir burchagiga
o‘tirib tasbeh aytishi, “La ilaha illalloh”deyishi mustahabdir.
Hayzli, nifosli ayollar muborak kechalarda nima qiladilar? Bunday ayollar muborak kechalarni ibodat va zikr bilan o‘tkazish niyati va hozirligida
bo‘lsalar yaxshi. Har kishiga muhaqqaq niyatining haqqi beriladi. “Mo‘minning niyati
amalidan xayrli (yaxshi) dir,” degan hadisi sharifda aytilganidek, shubhasiz bunday kunu
tunlarning rahmat va barakotlaridan nasibalarini lozim bo‘lganicha kamchiliksiz oladilar.
Chunki, ayollarning bunday tahoratsiz hollari ixtiyorlaridan tashqari, o‘z qo‘llarida emas
va uzrli bo‘lganidan rahmatdan mahrum qolmaydilar, niyat amaldan yaxshi
(xayrli)roqdir.
Hayz va nifosli ayolga harom narsalar 1. Namoz o‘qimaydi.
2. Ro‘za tutmaydi.
3. Jome’ va masjidlarga kirmaydi.
4. Ka’bani tavof qilmaydi.
5. Qur’ondan to‘la bir oyat o‘qimaydi.
6. Qur’ondan bir oyatga qo‘l tekkizmaydi.
7. Jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.
8. Hayz va nifosli ayollarning ta’qiqlangan joylari (kindik bilan tizza orasi)ga yalang‘och
holda erlari teginmaydi.
Hayzli va nifosli ayollar jome’ va masjidlarga kirmaydilar Hayzli, nifosli yoki janobat bo‘lgan ayolning xoh o‘tirish uchun, xoh ibodat qilish uchun
bo‘lsin, masjidga kirishi haromdir.
Hayzli yoki janobat bo‘lganning qabrni ziyorat qilishiga to‘sqinlik yo‘q.
Hayz, nifos va junubning jome’ va masjidlarga kirolmasligini hazrat Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) marhamat qilganlar: “Junub va hayz hollarida bo‘lganning masjidga kirishini
halol ko‘rmasman”.