-
173
-
beradi. Tayanib uchish bir necha kun davom yetadi.
Bolalar
goh o‘ng, goh chap oyoqda siltanib siljishga o‘rgatiladi. Oyoq
va qo‘llar harakati muzda uchishdagi kabi mos bo‘lishi kerak.
Keyinchalik ularni yugurish va ikki oyoqda sirg‘alishni
qo‘shib olib borishga (goh u, goh bu oyoq bilan siltanib)
o‘rgatiladi. Bola 3-4 marta navbatma-navbat kuch bilan
siltanib oyoqlarini kichik masofada bir-biriga parallel qo‘yadi.
So‘ng sekinlab va to‘xtab qolguncha sirg‘aladi. Harakat
paytida burilishdan
oldin uchish sekinlatiladi, so‘ngra
gavdasini kerakli tomonga biroz engashtirib to‘la burilish
amalga oshiriladi. Shundan so‘ng harakat yangi yo‘nalishda
davom ettiriladi.
G‘ildirakli
konkilarda
uchish
ko‘nikmalarini
mustahkamlashda harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Mashg‘ulotlar davomiyligi asta-sekin 10-15 daqiqagacha
uzaytiriladi. Agar butun guruh bolalari g‘ildirakli konkida
uchish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lsalar, mashg‘ulotlar
barcha bolalar bilan bir paytda aylana yo‘lkada o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: