-
60
-
IKKINCHI BOB. BOLALARNI RIVOJLANTIRISH
JISMONIY TARBIYA METODIKASI
BIRINCHI BO‘LIM. BOLALAR RIVOJLANISHINING
YOSH XUSUSIYATLARI
Bolalarning rivojlanishi va o‘sishi
uzluksiz davom
etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida
shakllanishi, ilk bor olamni
atrofdagi ashyo va buyumlar
orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish
va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
Hayotning har bir davri, rivojlanish
xususiyatlari va
ehtiyojlariga ko‘ra o‘ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib,
ulg‘ayishida maktabgacha bo‘lgan davrni shular sirasiga
kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez
o‘sish, rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Bu
farzand
tarbiyasida
aynan
shu
palla
qanchalik
ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir.
“Bolajon”dasturiga ko‘ra
bolalarni
rivojlantirish va
maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi
bosqichlarga
bo‘linadi:
-
go‘daklik (1 yoshgacha);
-
ilk yosh (1-2 yosh);
-
ilk yosh (2-3 yosh);
-
kichik yosh (3-4 yosh);
-
o‘rta yosh (4-5 yosh);
-
katta yosh (5-6 yosh);
-
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).
Tug‘ilganidan 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning
rivojlanishi.
Insonning rivojlanish davri ona qornidan
-
61
-
boshlanadi. Bola ona qornida to‘qqiz
oy mobaynida juda tez
rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o‘taydi.
Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida
bo‘ladi. Shuning uchun ham bu ta’sirning ijobiy bo‘lishini
ta’minlash lozim. Go‘dakning vazni tug‘ilgan paytda 3, 5 kg,
bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa, uch oylik davrida uning vazni
taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo‘lganda esa taxminan 7
kg, bo‘yi 64 sm bo‘ladi. Bolaning yirik motorikasi rivojlangan
bo‘lishi, bola o‘z
tanasini boshqara olishi, tepasiga osilgan
o‘yinchoqlarni tomosha qilishi, unga qo‘li bilan talpinishi, o‘z
kaftlarini
ocha olishi, qo‘lida o‘yinchoqlarni ushlay bilishi,
o‘yinchoqni kattalarning qo‘lidan olishi, o‘yinchoq
bilan faol
o‘ynashi
(siltaydi,
shiqillatadi,
og‘ziga
olib
boradi,
o‘yinchoqni tashlaydi, o‘z qo‘llarini ushlab ko‘radi) kerak.
Dostları ilə paylaş: