Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167
Adabiyot maktabgacha

 
MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI 
6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari. 
Bola 
hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami 
kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o‘zaro 
moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish 
va o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la 
boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat 
ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini 
tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo‘yi 120 
sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bo‘ladi. Bu yoshda bola 
chiniqadi, qiziquvchan bo‘ladi, o‘z salomatligini nazorat qila 
oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi
moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik 


-
65
-
malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash 
jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim 
olishga, o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu o‘rinda 
bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash 
maqsadida dastlabki o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim. Har 
qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. 
Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim 
olishga tayyor bo‘lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik 
darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga 
tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-
texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga 
ega bo‘lishi shart. O‘qituvchining pedagogik-psixologik bilim 
darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga 
ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo‘lganda, u olti yoshli 
bolalarni o‘qitish huquqiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-
7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu 
bolalarni o‘qitadigan o‘qituvchilar pedagogik-psixologik 
nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va 
shundan keyingina ta’lim jarayoniga kirishilishi kerak. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin