O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti



Yüklə 111 Kb.
səhifə1/10
tarix21.05.2023
ölçüsü111 Kb.
#118574
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Begaliyeva Shoxista


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


SIRTQI BO’LIMI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 21-18 A GURUH TALABASI

BEGALIYEVA SHOXISTAXON MO’MINJON QIZINING


Olti yoshli bolalar bilan matematikaga oid ishlarning mazmuni va metodikasi mavzusida tayyorlagan


KURS ISHI


Qabul qildi:
Topshirdi


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………….
I-BOB. Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim konsteptsiyasi nuqtai nazaridan olti yoshli bolalr oilda va bolalar bog’chasida maktab ta’limiga tayyorlashga qo’yiladigan zamonaviy talablar.
1.1 Arifmetik masalalar.
1.2 Bolalarning arifmetik masalalarni tushinishining o`ziga xos xususiyati.
II-BOB. Masalalar ustida ishlashda metodik usullar va izchillik.
2.1 "+", "-", " =" belgilari bilan tanishtirish.
2.2 Soat bo`yicha vaqtni aniqlash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasi mamlakatimizning eng yaqin tarixiga uning taqdirini belgilovchi sifatida muhim va o`chmas iz qoldirgani shubhasizdir. Bu ma`ruzada mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda bosib o`tgan yo`lga qisqa tarixiy nazar tashlab tahlil qilindi va ikkinchi tomondan o`tib borayotgan asrimizning nihoyasi va XXI asr boshlarida mamlakatimiz rivojining aniq va puxta dasturi berildi, muhim rejalar qabul qilindi va ularni amalga oshirish yo`llari belgilab olindi.
Ma`ruzada fevral voqealariga ham alohida to`xtalib, yoshlar tarbiyasi eng muhim vazifa ekaniga qaratib barchani mas`ullikka chaqirdi. Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko`p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog`liq ekanini ta`kidladi: "Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutmog`imiz kerak". Yosh avlodni o`z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas`ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab - avaylash ruxida jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo`lmas vazifa ekan, bunda barcha ta`lim - tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi.
1. O`zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997-y) uzluksiz ta`limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo`yiladigan talablarni yanadа oshirdi. Yana shunga bog`liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o`quv yurtlaridagi ta`lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi" kursi muhim o`rin tutadi. So`ngi yillarda mamlakatimizda bolalar bog`chasida matematika o`qitish butun sistemasida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgartirishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo`yilishi bilan bog`chada matematik ta`lim berish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.
Bog`cha bolalariga matematikadan samarali ta`lim berish bo`lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish" kursini o`qish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.
Bolalar bog’chasida matematik ta`lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?).
2. Bog`chada matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo`ladi.
3. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak?), ya`ni bolalar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilimlarni, malakalarni, ko`nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o`qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatma qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish).
5. Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta`limning mashg`ulotdan tashqari formalarini qanday o`tkazish kerak?)
Mashg`ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o`tkazish kerak? Mashg`ulot protsessidagi ta`limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy komponentlaridir.

Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin