O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti


Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi



Yüklə 111 Kb.
səhifə3/10
tarix21.05.2023
ölçüsü111 Kb.
#118574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Begaliyeva Shoxista

Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi
Bolalar bog`chasining tayyorlov gruppasida bir haftada ikkita, bir yilda 72-74 mashg`ulot o`tkazish rejalashtiriladi. Mashg`ulotlar sentyabrdan may oyining oxirigacha harbiri 25 - 30 minutdan o`tkaziladi. Mashg`ulotlar kompleks rejalashtiriladi, ya`ni 2-3 dastur vazifasi olinadi.
Mashg`ulotlarda didaktik o`yinlar, ko`rgazmali materiallardan keng foydalaniladi.
Bolalar 30 minut davomida mashg`ulotga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishlari lozim:
1. Dastur materialini yaxshi o`zlashtirib olish.
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlashi.
3. Butun mashg`ulot davomida bolalarning qiziqishini "ushlab turishga" e`tibor berish.
4. Bolalar faoliyatini o`zgartirib turishga e`tibor berish.
5. Mashg`ulot o`rtasida fiz minutka yoki harakatli o`yinlar o`tkazishni rejalashtirish.
6. Mashg`ulotda bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
7. Bolalarning xilma - xil javoblarini rag`batlantirish.
8. To`g`ri javoblarga bolalarning diqqatini qaratib, butun gruppa bolalari kerakli materialni o`zlashtirshlariga yordam berish.
9. Har bir bolaning mashg`ulotda mustaqil ishlashiga erishish.
Dastur materialini mashg`ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko`nikmalariga ularning tayyorligiga e`tibor berish lozim.
Tarbiyachi o`z nutqiga alohida e`tibor berishi kerak. Maxsus terminlarni to`g`ri qo`llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan: son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. "qaysi son katta, qaysinisi kichik" deb so`raladi (qaysi raqam katta" - deyish mumkin emas).
SHartli o`lchovlardan foydalanishda "Bu erda necha o`lchov" emas, "Necha o`lchovni qo`yib olishga teng" - deyish kerak. Metodik ko`rsatmalarda uchraydigan ayrim maxsus terminlarni ("klassifikatsiya", sonlarning miqdoriy tarkibi) tarbiyachi bolalarga tushintirishda ishlatmasligi, tarbiyachining nutqi bolalarga tushunarli bo`lishi, tushuntirish hissi mazmunli, ifodali bo`lishi kerak. Mashg`ulotda hamma bolalarning aktiv ishtirok etishlariga erishish maqsadida harbir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar bo`lishi tavsiya etiladi. Agar o`rtog`ining javobi to`g`ri bo`lsa, yashil kartochka, noto`g`ri bo`lsa qizil kartochka, o`rtoqining javobi uni qoniqtirmasa (o`rtog`ining javobini to`ldirmoqchi bo`lsa) ko`k kartochkani ko`rsatishlari lozim. Bunda hamma bolalar o`rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom ham buzilmaydi. ("Men javob beray", "noto`g`ri" degan qichqiriqlar bo`lmaydi). Tayyorlov gruppasida ishni tayyorlashdan boshlash lozim. Tarbiyachi bolalarni 40 gacha sanashga o`rgatishni davom ettiradi, harbir sonni tegishli raqam bilan ifodalashga, harbir sonning qatordagi o`rnini aniqlashga, harbir son qaysisondan keyin va qaysisondan oldin aytilishi, miqdoriy va tartib sonlarni farq qilishga, son elementlarining katta kichikligiga, yaqin-uzoq masofasiga, joylanishiga bog`liq emasligini o`rgatadi. SHunday qilib natural son qatori haqidagi muhim vazifa hal qilindi. Sanash, sanab ajratishda bolalar o`yinchoqlarni, predmetlarni, geometrik figuralarni, tovushlarni, harakatlarni sanaydilar. Sanashni mashq qilishda bolalar predmetlarni sanab tushirib qoldirilishi yoki predmetni bir necha marta qayta sanamasligi kerakligini tushunib oladilar. Son sanash yo`nalishiga bog`liq emasligini, sanashda miqdor va tartib sondan foydalanish mumkinligini tushunadilar. To`plamlarni sanash orqali va bir-birining tagiga qo`yib taqqoslash orqali aniqlash mumkinligini ko`radilar (masalan, yuqori qatorda 6 ta olma, pastki qatorda 7 ta nok bor. Ularni son shakli va raqam bilan belgilanadi). Bu tushunchalar o`yinlarda mustahkamlanadi: "Adashma", "Xatoni tuzat", "Nimaning o’rni o`zgardi?", Tovushlarni sanaydilar va uni sonli shakl raqam bilan ko`rsatadilar. Ayniqsa, 10 sonini raqam bilan yozishda alohida e`tibor berish kerak. Buning uchun "0" ni tushintirish kerak. Flaneregrafga 10 ta kvadrat qo`yiladi, birma - bir kvadratlarni olib qo`yib nechta qoldi, - deb so`rab turiladi, oxirgi kvadratni olib qo`ygach, bolalar "1 ta ham kvadrat qolmadi" - deyishadi. Bitta ham qolmaganligini "0" bilan belgilanadi. "0" sonini 1 sonidan nechta kam, qo`shuv 1 soni "0" sonidan nechta ko`p? - deb so`raladi. Buni aniqlab "0" sonining qatordagi o`rnini tushunadilar.



Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin