Reja: Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash



Yüklə 19,41 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü19,41 Kb.
#127949
Reja Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash


Reja:
1.Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash.
2. Kichik guruhda geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash.
3. O‘rta va tayyorlov guruhda geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash.
Tayanch so‘z va iboralar: geometrik shakllar, doira, kvadrat, uchburchak, oval, to‘g‘ri to‘rtburchak, ko‘pburchaklar, romb, shar, kubik, silindr. 
Tug‘iliboq bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat yeydigan butilkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. 
Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish. 
Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi. 
Shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. 
Kichkintoylar predmetlarni faqat ko‘z bilan ko‘ribgina qolmasdan balki qo‘liga oladi va og‘ziga solib ko‘radi. Keyinchalik esa so‘zlashga harakat qiladi. 
5 — b yoshli bolalar odatda albatga qo‘l bilan ushlab ko‘radi. Demak shunday xulosa qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik figuralar shaklini qo‘liga ushlab ko‘rib, eshitib, ko‘zlari bilan ko‘rib to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz kerak. 
• qobiliyatlarini rivojlantirish; 
• geometrik figuralarni oddiy xossalarini aniqlashga; 
• so‘z yordamida turli belgilarga va o‘lchamlarga ko‘ra har xil geometrik figuralarni tanlashga; 
• turli belgilarga (shakli, rangi, o‘lchamiga ko‘ra geometrik figuralarni guruhlashtirishga;
• atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik figuralarga uxshatish;
• predmetlarning modelini yasab figuralarning turlarini o‘zlashtirishga o‘rgatish. 
Kichik guruh
Uch yoshli kichkintoylarni dumaloq predmetlarni va burchaklari bor predmetlarni farq qilishga, ya’ni predmetlar shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatadilar. 
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q, oddiy shakldagi predmetlarni tanlashadi. Boshdagi har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi bir xil predmetlarni, masalan: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil predmetlarni, sodda shakldagi istalgan predmetlarni, koptok, ip koptok, baranka, rul, g‘ildiraklarni berish mumkin. 
«Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla» kabi o‘yin mashqlardan foydalanish mumkin. Chaqirilgan bola o‘z predmetini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi predmetlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar, masalan: o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi predmetlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) predmetlarni solishadi. 
Ikkinchi kichik guruhda bolalarni doira va kvadrat bilan tanishtiradilar. 
O‘rta guruh
O‘qitishning dastlabki oylarida maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik figuralar — doira va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarni miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq. 
Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli.
O‘quv yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini aniqlaydi. 
Geometrik figuralar haqidagi bilimlarni musahkamlash va aniqlash, shuningdek bolalarni kataklar bo‘yicha o‘lchashga mashq qildirish uchun katakli qog‘ozda kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi. 
Geometrik figuralar, shuningdek sodda shakldagi predmetlar (bayroqchalar, olxo‘rilar, olmalar va h.k.) ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 ta mashg‘ulot ajratiladi. 
Figuralarni guruhlashda bolalar bitta belgi bo‘yicha orientir olib, boshqa belgilarga e’tibor bermaydilar. 
Bir guruhdagi figuralarning ikkinchi guruhdagi figuralardan farq qilishi alomatlarini topishga doir masalalar uchburchaklar, to‘rtburchaklar va boshqa figuralar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, uchburchaklar va to‘rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan tablitsalardan foydalanish mumkin. Figuralar ikki — uch xil o‘lchamda va rangda berilgan. 
Tayyorlov guruxi dasturida geometrik figuralar ko‘rinishini o‘zgartirish, bir xil figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan. 
Tarbiyachi bolalarga o‘z ixtiyorlaridagi figuralani qarashni, ularni shakl bo‘yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday katgalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so‘ngra esa qandaydir ikki uchta figura olib, ularni birlashtirish yo‘li bilan qanday yangi figura tuzish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar figuralarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi figuralar hosil bo‘lganini va ular qanday figuralardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi. 
Nazorat uchun savollar:
1.Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash qanday amalga oshiriladi?
2. Kichik guruhda geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash qanday amalga oshiriladi?
3. O‘rta va tayyorlov guruhda geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlash qanday amalga oshiriladi?
Yüklə 19,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin