O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti


Soat bilan tanishtirish metodikasi



Yüklə 111 Kb.
səhifə10/10
tarix21.05.2023
ölçüsü111 Kb.
#118574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Begaliyeva Shoxista

Soat bilan tanishtirish metodikasi.

Bolalarga turli soatlar ko`rsatilib, soatnnng kishi hayotidagi ahamiyati tushuntiriladi. Bolalar diqqati hamma soatlarning umumiy, bir xil belgilari borligiga qaratiladi. (Tsiferblat, ko`rsatkich). Strelkaning harakat qilish printsipi bilan tanishtiriladi. Soat maketida strelkaning ikkalasi ham12 ga qo`yiladi. Strelakalarning uzunligi bir xilmi? Bolalar 1 ta strelka uzun, ikinchisi qisqa deydilar. Qisqa strelka soat nechaligini ko`rsatadi, uzun strelka minutni ko`rsatadi. Ikkala strelka 12 da turibdi, soat 12 ligini ko`rsatyapti deydi. hozir qisqa strelkani aylantiramiz. Uzuniga tegmaymiz: qisqa strelka 1 raqamiga o`tkazildi, hozir soat bir. Keyin 2 ga o`tkazadi, soat ikki, deydi va hokazo.


Bolalar o`z soatlarida tarbiyachining topshiriqini mustaqil bajaradilar. Bolalar aniqlik bilan soatni bir, ikki, uch va hokazo. 12 bo`lganini aniqlay olganlaridan keyin, yuqorida aytilgan metodik, asosida yarim bilan tanishtiriladi. Bolalar o`z nutqlarida vaqtni ifodalovchi so`zlardan to`g`ri foydalana bilishlari lozim. "Nechta soat emas", "Soat necha bo`ldi?", "qaysi payt?", "Kimniki 5 ni ko`rsatyapti?".


Pedagogik masala.
Ba`zida maktabga tayyorlov gruppasida mustaqil arifmetik masala bu o`ylab topa olmaydigan, uning sharti va uni yechishni takrorlay olmaydigan bolalar uchrab turadi. Bu bolalar o`ychan, buni quyidagi faktlar asosida bilish mumkin: masala yechishda ular javobning to`liq variantlarini o`zlari topadilar, hikoya tuzishda hayol qiladilar.
Savollar:
1. Matematika mashg`ulotida bolalarning passivligi nima uchun namoyon bo`ladi?
2. Tarbiyachi bunday xususiyatlarni qanday hisobga olishi kerak?

Xulosa
Bo'lajak maktabgacha ta`lim tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalarga matematikani o'qitishda amaliyotda yuzaga keladigan turlicha ijtimoiy-iqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid, bolalarni ijodiy faollikka yetaklaydigan, metodik vazifalarini mustaqil hal etish uchun tayyorgarlik saviyalarini oshirishni nazarda tutadi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning " 2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonidan va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim tizimini nazorat qilish va monitoring tizimini shakllantirishga kattа e'tibor berilgan. Ularni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biri deb hisoblanayotgan bugungi kunda halq ta'limi sohasidagi muammolarni va ularni vujudga keltiruvchi omillarni aniqlash hamda ularni chuqur ilmiy tahlil qilish zarur bo'ladi.


Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog'lom o'sishi balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan avlod bo'lib voyaga etish uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib olishimiz kerak.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog'lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash qo'yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyagа yetishiga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy aqliy va manaviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug'ma layoqati, qiziqishi ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga tayyorlashdan iborat.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilari zimmasiga zo’r ishlash va katta mas’uliyat bilan quyiladigan talab – talimning sifat va samaradorligini ta’minlash, mashg’ulotlarni puxta tayorgarlik , yuksak pedagogik mahorat bilan yuqori saviyada tashkil etish , bolalarga keng va asosli bilim berishdan iboratdir. Bu talabalar esa bolaning ijodkorlik , keng miqyosda izlanuvchanlik bilan bog’lanadi .
Maktabgacha ta`lim bolalarini mustaqil fikrlashga o’rgatish elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Chunki bunday shart-sharoit va holatlarda bolalarda voqea-hodisalarga munosabat bildirish, xulosalar chiqarishga o’rgatish malakalari shakllanadi. Bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning ahamiyati shundaki, bola har qanday o’quv-biluv faoliyatiga tegishli qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, hamda mulohaza yuritib, fikrini mustaqil bayon eta olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu borada matematik tasavvurlarni o’stiruvchi mashg’ulotlarning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Tarbiyachi shuni doimo esda tutishi kerakki, bolalarga matematik tasavvurlarni o’stirib borishdan asosiy maqsad, bolalarni matematik voqeiliklar va ular bilan bog’liq olam go’zalliklari bilan tanishtirish va shular yordamida har bir bolada matematikadan juda ham zarur bo’lgan bilim va mustaqil fikrlashni shakllantirishdan iborat.
Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin