Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari 1
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishgan bo'lgan turlicha yondashuvlar.
2
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.
3
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. mulk ob'ektlari va sub'ektlari
4
Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
5
O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo'llari va usullari
1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo'lgan turlicha yondashuvlar Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o'ziga xos bo'lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo'lgan iqtisodiy tizimlarni o'rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o'zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar
1
tarixiy-formatsion yondashuv;
2
madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;
3
texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
4
iqtisodiy tizimlar o'zgarishi jihatidan yondashuv.
tarixiy-formatsion yondashuvda
ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e'tibor berilgan.
ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o'rtasidagi bog'lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat.