Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
215
w
www.oriens.uz
July
2021
BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH
METODIKASI
Dusmanova Maxbuba Begbutayevna
Samarqand shahar 70-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshang’ich ta’limda matematika fani, uning o’rgatilishi, ilk
bosqichlarda o’qitish metodikasi shuningdek darslarni to’g’ri tashkil qilish haqida
so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: matematika, to’garak, metodika, matematik ro’znoma, ekskursiya,
boshlang’ich ta’lim
АННОТАЦИЯ
Статья посвящена начальному образованию, математике и методам
внеклассного обучения.
Ключевые
слова:
внеклассные
занятия,
клубы,
экскурсии,
математический дневник, экскурсии.
ABSTRACT
This article deals with elementary education, mathematics, and extracurricular
teaching methods.
Keywords: extracurricular activities, circle, excursion, math diary, excursion.
KIRISH
Ulkan iqtisodiy o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda matematikaning
ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matematik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga
ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim
va tarbiya berish tizimini
takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari
darajasiga etkazish vazifasini qo'ydi.
1997 yilda «Ta'lim to'g'risida qonun» qabul qilindi.
Bu qonunda ijtimoiy va
iqtisodiy o'zgarishlar davrida maktabning roli yanada o'sganligi, maktabning bosh
vazifasi - o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim
berish ularda iqtisodiy -
matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash
haqida, hamda o'quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va
talablari darajasiga keltirish to'g'risida fikrlar keltiriladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar,
jumladan
matematikadan
ham
yangi
o'quv
dasturi
kiritiladi,
o'qitish
metodlari