TADQIQOT VA NATIJALAR:
Boshlang‘ich matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi:
a. O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b. O’quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash
Boshlang‘ich sinf o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarda mustaqil mantiqiy
fikrlash
qobiliyatlarini
shakllantirish
bilan
birga
ularda
matematikaning
qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d) O’quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni
shakllantirish.
Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular
orasidagi qonuniyatlar o’quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
218
w
www.oriens.uz
July
2021
Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a. O’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish,
o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
b. matematika o’qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarning jadvallar va
hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
d. O’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
O’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini
ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek,
og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.
O’qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o’quvchilarning
o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni
amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o’quvchilardan og‘zaki
so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik
vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o’quvchilarning
yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan
foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga
oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Boshlang‘ich maktabda matematika o’qitish metodikasida mustaqil va nazorat
ishlari, o’quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari
yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi
masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari
boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish
uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab
uchun mo‘ljallangan)
o’qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish
uchun materiallar ko‘proqdir.
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy
topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar
tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini
bajarishi o’quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni
to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
|