Davlat bojxona qo’mitasi markaziy apparatining tashkiliy
menejmenti (2.1-rasm) murakkab harbiylashtirilgan tuzilishga ega. U
o’z ishini kollegiyalilik asosida olib boradi, Kollegiyani 9 ta a`zosi
bo’lib, unga qo’mita raisi rahbarlik qiladi. Tarkibga rais
o’rinbosarlari, boshqarma rahbarlari kabilar a`zo bo’lib, u Vazirlar
Mahkamasi tomonidan DBQ raisi tavsiyasi bo’yicha tasdiqlanadi.
Kollegiya qo’mita faoliyatiga tegishli juda muhim savollarni
muntazam ravishda muhokama qiladi va qaror qabul qiladi. Qabul
qilingan qarorlar tegishli tuzilma va shaxslar tomonidan bajarilishi
majburiydir.