Microsoft Word Bojxona nazariyasi doc


Davlat bojxona organlarining hukumat va boshqaruv organlari



Yüklə 392,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/51
tarix02.01.2022
ölçüsü392,64 Kb.
#38084
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
bojxona nazariyasi (2)

 
2.4 Davlat bojxona organlarining hukumat va boshqaruv organlari 
shuningdek huquq tartibot organlari bilan aloqasi 
 
Bojxona organlari o’z faoliyatini amalga oshirish davomida 
ko’plab davlat organlari bilan shu munosabatda va o’zaro aloqada 
bo’ladi. Ushbu aloqa bojxona xizmati bilan birgalikda boshqa 
sohalarga ham taalluqlidir. Nafaqat bojxona organlari, soliq davlat 
organlari ham o’z faoliyati davomida bevosita barcha davlat organlari 
bilan uzviy aloqada bo’ladilar. Bu esa aniq va barqaror faoliyat olib 
borish asosi bo’lib hisoblanadi. Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi 
boshqa davlat organlari bilan birgalikda tez-tez bojxona 
qonunchiligi va uning ijrosi bo’yicha tahlil va o’zgartirishlarni amalga 
oshiradilar. 
Bojxona organlari o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat 
boshqaruvining boshqa organlari va davlat hokimyati, mahalliy 
organlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona 
nazoratini amalga oshirish hamda bojxona haqidagi qonun 
hujjatlarining buzilishiga qarshi kurashda bojxona organlariga 
ko’maklashishlari shart. 
Bojxona organlari o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni 
bajarish maqsadida boshqa organlar va tashkilotlar bilan aniqlangan 


 
30
huquqbuzarliklar bo’yicha mavjud materiallar to’g’risidagi axborotni, 
shuningdek boshqa axborotni qonun hujjatlarida va bitimlarda 
belgilangan tartibda o’zaro almashadilar. 
Bojxona organlari o’z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma 
uchun majburiy tusdagi hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan 
kelishinishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan 
o’tkazilishi lozim. Bojxona organlari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda o’z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa 
organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo’l qo’yadilar. 
Bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash 
maqsadida banklar va boshqa moliya – kredit tashkilotlari: 
-  xo’jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan byudjet oldidagi 
majburiyatlarning bojxona to’lovlariga oid qismining 
bajarilishi to’g’risidagi bojxona organlarining xulosasiga 
binoan ana shu sub`ektlarning hisob-kitob va boshqa 
hisob varaqalarini yopishlari mumkin; 
-  belgilangan muddatlarda to’lanmagan bojxona to’lovlari va 
jarima summalarini xo’jalik sub`ektlaridan so’zsiz tartibda 
undirib olish to’g’risidagi bojxona organlarining 
farmoyishlarini (inkassa topshiriqlarni) bajaradilar; 
-  xo’jalik sub`ektlarining so’mdagi mablag’lari yetishmasa va 
valyuta hisob varaqalarida mablag’lari mavjud bo’lsa, 
bojxona organlarining taqdimnomasiga binoan mazkur 
valyuta mablag’larini valyuta birjasida sotish kunidagi kurs 
bo’yicha byudjet oldidagi qarzni qoplash uchun zarur 
hajmlarda so’zsiz sotishni amalga oshiradilar. 

Yüklə 392,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin