Microsoft Word Bojxona nazariyasi doc


Bojxona nazorati ostida tovarlar va transport vositalarini olib



Yüklə 392,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/51
tarix02.01.2022
ölçüsü392,64 Kb.
#38084
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
bojxona nazariyasi (2)

3.2 Bojxona nazorati ostida tovarlar va transport vositalarini olib 
o’tishdagi asosiy talablar 
 
Respublikaning bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan hamda 
shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalar bojxona 
nazoratidan o’tkazilishi lozim, respublika bojxona kodeksining 
tegishli moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda 
turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir. 
Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining 
ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda 
to’xtatish, dengiz, daryo va havo kemalarini majburiy ravishda orqaga 
qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning 
hududida turgan kemalar bundan mustasno. 
Tranzit shunday rejimki, bunda tovarlar respublikaning ikki 
bojxona organi o’rtasida, shu jumladan chet davlat hududi orqali boj, 
soliqlar undirilmasdan, shuningdek tovarlarga nisbatan iqtisodiy 
siyosat choralarini qo’llamasdan bojxona nazorati ostida olib o’tiladi. 
Tovarlarni tranzit rejimida respublika hududi orqali olib o’tish 
bojxona organining ruxsati bilan istalgan yo’llar va yo’nalishlar 
bo’yicha amalga oshiriladi, respublika qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno. 
Bojxona nazorati: 
-  bojxona hududiga olib kirishda tovarlar va transport 
vositalari bojxona chegarasini kesib o’tgan paytdan 
e`tiboran; 


 
45
-  bojxona hududidan tovarlar va transport vositalarini olib 
chiqishda bojxona deklarasiyasi qabul qilib olingan 
paytdan e`tiboran boshlanadi. 
Bojxona nazorati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib 
nazarda tutilmagan bo’lsa, tovarlar va transport vositalari saqlangan 
bojxona rejimiga muvofiq chiqishga ruxsat berilgan paytdan e`tiboran 
tugallanadi. 

Yüklə 392,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin