3 bob. Bojxona nazoratini amalga oshirish
3.1 Bojxona nazoratining shakllari, tartibi va chegaralari
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari bo’ylab, bojxona
rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi.
Bojxona nazorat zonalarini tuzish va belggilash tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va
boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari
orqali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib o’tishga bojxona
organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yo’l qo’yiladi.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona ko’rigidan o’tkazish
tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib
o’tishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar,
yig’imlar olish, shuningdek olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish
taqiqlangan tovarlar bojxona chegarasi orqali o’tishning hamda
bojxona hududi orqali tranzit tartibida o’tishning mansabdor shaxslar
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega
bo’lgan shaxslar tovarlar va transport vositalarini ko’zdan kechirish
paytida hozir bo’lishiga haqlidir, bojxona organlari mansabdor
shaxslarning talabiga ko’ra, esa tekshirish paytida hozir bo’lishlari va
bojxona organlarining mansabdor shaxslariga zarur yordam
ko’rsatishlari shart.
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega
shaxs bo’lmagan taqdirda, transport vositalarini boshqaruvchi shaxs
40
bojxona maqsadlari uchun vakolatli shaxs deb hisoblanadi. Tovarlar
va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo’lgan shaxslar
yo’qligida bojxona organlari quyidagi hollarda tovarlar va transport
vositalarini ko’zdan kechirishga haqli:
- ular tovarlar va transport vositalarini taqdim etilganidan
so’ng o’n kun o’tganidan keyin kelmagan bo’lsa;
- davlat xavfsizligi, jamoat tartibiga, inson hayoti va sog’ligiga,
hayvonot va o’simliklar, atrof tabiiy muhitga,
respublikaning badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklari
saqlanishiga xavf mavjud bo’lganda va kechiktirib
bo’lmaydigan boshqa holatlarda;
- tovarlar va xalqaro pochta jo’natmalari orqali yuborilgan
bo’lsa;
- tovarlar va transport vositalari ular joylashtirilgan bojxona
rejimini buzgan holda bojxona hududida qoldirilgan bo’lsa.
Shaxsni ko’zdan kechirish bojxona orqali o’tayotgan yoxud
bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq
aeroportning tranzit zonasida turgan jismoniy shaxs qonun hujjatlarini
buzish ob`ektlari hisoblanuvchi tovarlarni o’z yonida yashiryapti va
ko’rsatmayapti deb hisoblashga asoslar bo’lgan taqdirda bojxona
organi mansabdor shaxsning qaroriga binoan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda o’tkaziladi.
Bojxona nazorati ostida bo’lgan hujjatlar, tovarlar transport
vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona qiyoslashidan o’tkazish
ularga plombalar, muhrlar qo’yish, raqamli, harfli, va boshqa markalar
bosish qiyoslash belgilarini qo’yish, shtamplar bosish, namunalar,
nusxalar olish, tovarlar va transport vositalarini ta`riflash, ularning
chizmalarini tayyorlash, masshtabli tasvirlar, fotosuratlar,
illyustrasiyalar tayyorlash, tovarlarga ilova qilingan va boshqa
41
hujjatlardan hamda o’zga qiyoslash vositalaridan foydalanish orqali
ta`minlanadi.
Qiyoslash vositalari faqat bojxona organlari tomonidan yoki
ularning ruxsati bilan o’zlashtirishi, olib tashlanishi yoki yo’q qilinishi
mumkin, tovarlar va transport vositalarining yo’q bo’lib ketishi, ularga
qayta tiklab bo’lmaydigan darajada putur etkazishi yoki ularning
jiddiy buzilishi xavfi tug’ilgan hollar bundan mustasno, qiyoslash
vositalari o’zgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yo’q qilinganligi
to’g’risida bojxona organlariga darhol ma`lum qilinadi va bunday xavf
mavjud bo’lganligini isbotlovchi dalillar taqdim etiladi.
Bojxona organlar bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va
transport vositalarini, shuningdek boj to’lovlari to’lanmagan yoki boj
to’lavlari yuzasidan bojxona imtiyozlari berilgan inventarizasiyadan
o’tkazishga haqlidir.
Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq shaxslarning
nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni
tekshirishga haqlidir.
Bojxona organlari bojxona nazoratini o’tkazishda, qoida
tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash
uchun yetarli bo’lgan shakllarni qo’llaydilar.
Zarurat bo’lganda bojxona organlari, agar qonun hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, bojxona nazoratining
ushbu Bojxona Kodeksida belgilangan barcha shakllaridan
foydalanishlari mumkin.
Bojxona nazoratining muayyan maqsadlaridan ozod qilish
respublikaning qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq
amalga oshiriladi.
Respublika Qonunchilik hokimiyati deputatlari va respublikasi
Vazirlar Mahkamasi a`zolarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar
42
xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda respublika bojxona
chegarasidan o’tayotgan bo’lsalar, bojxona tekshiruvidan ozod
qilinadi.
Chet el harbiy kemalari, jangovor va harbiy – transport havo
kemalari, shuningdek o’zi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona
tekshiruvidan ozod qilinadi.
Tovarlar va transport vositalari chiqishiga ruxsat berilganidan
keyin, agar qonun hujjatlari buzilgan deb taxmin qilish uchun asoslar
mavjud bo’lsa, tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan
o’tkazilishi mumkin.
Ko’rsatib o’tilgan hollarda bojxona organlari tovarlar va
transport vositalarini mavjudligini tekshirishga ularni takroran
bojxona tekshiruvidan o’tkazishga, bojxona deklarasiyasida
ko’rsatilgan ma`lumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan
amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operasiyalarga
daxldor hujjatlar va boshqa ma`lumotlarni tekshirishga haqlidir.
Tekshirish deklarant turgan joyda, ko’rsatib o’tilgan operasiyalarga
bevosita yoki bilvosita aloqasi bo’lgan yoki zarur hujjatlarga ega
bo’lgan har qanday boshqa shaxs turgan joylarda o’tkazilishi mumkin.
Huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda shaxslar qonun hujjatlariga
muvofiq javobgar bo’ladilar.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat guvohnomasi
asosida bojxona nazoratidan o’tkazilishi kerak bo’lgan tovarlar va
transport vositalarini bojxona nazorati uchun zarur bo’lgan hujjatlar
mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan yoxud nazorat qilish bojxona
organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud
va binolarga kira olish huquqiga ega, respublika qonun hujjatlarida
yoki xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
43
Bojxona organlari bojxona nazoratini o’tkazishda yordam
ko’rsatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq mutaxassislar va
ekspertlarni jalb etishga haqli.
Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari
tomonidan quyidagi yo’llar bilan o’tkaziladi:
- bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlar va
ma`lumotlarni tekshirish;
- jismoniy va mansabdor shaxslarni og’zaki so’rab-
surishtirish;
- bojxona ko’rigidan o’tkazish;
- tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni
bojxona tomonidan qiyoslash;
- tovarlar va transport vositalarini hisobga olish;
- hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;
- bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar va
transport vositalari turishi mumkin bo’lgan yoxud nazorat
qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat
amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni
tekshirish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda.
Bojxona nazorati o’tkazilayotganda inson, hayvonot va
o’simliklar hayoti va sog’ligi uchun xavfsiz bo’lgan, hamda tovarlar va
transport vositalariga ziyon etkazmaydigan texnikaviy va boshqa
vositalar qo’llanilishi mumkin.
|