94
Javob. Sport mashqi pedagogik hodisa bo’lib, u sportda yuksak natijalarga
erishish uchun bevosita yo’naltirilgan maxsus jismoniy mashg’ulot jarayonidir.
74.
Savol. Sportchi tayyorgarligini asosiy tamonlari nimalardan iborat?
Javob. Sportchining jismoniy tayyorgarligi (umumiy va maxsus), sport texnik
va taktik tayyorgarligi, ma’naviy – irodaviy tayyorgarlik, sportchining nazariy
tayyorgarliklari sportchi tayyorgarligining asosiy tamonlarini tashkil etadi.
75.
Savol. Sport mashqining vositasi sifatida qo’llaniladigan jismoniy
mashqlar nimalardan iborat?
Javob. Sport mashqining asosiy vositasi hisoblanmish jismoniy mashqlar 1)
tanlangan musobaqa mashqlari; 2) maxsus – tayyorlov mashqlari; 3) umumiy
tayyorlov mashqlaridan iborat.
76.
Savol. Sport mashqining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
Javob. Sport mashqining asosiy tamoyllari bo’lib; yuksak kursatgichlarga
intilish, sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi, sport mashqi
jarayonining o’zluksizligi, sport mashqida yuklamalarni asta sekin ortirib borish,
sport mashqi yuklamasining to’lqinsimon o’zgarishi, sport mashqi jarayoning
davriyligi tamoyllari sanaladi.
77.
Savol. Sport mashqi jarayoni qanday davrlarga bo’linadi?
Javob. Sport mashqi jarayoni katta (jumladan, yillik va yarim yillik) hamda
kichik (bir necha kun, bir haftalik) davrlarga bo’linadi.
78.
Savol. Sport mashqini davrlashda qaysi jihatlar hisobga olinishi zarur?
Javob. Sport mashqi jarayonlarining o’zgarishini sabablari va sharoitlari,
sport mashqi davrlarining miqdori va davomiyligi, musobaqa taqvimi, mavsum
iqlim sharoitlari, sport mashqining tayyorlov davri, musobaqa davri, o’tish davri
xususiyatlari sport mashqini davrlashda hisobga olinadi.
79.
Dostları ilə paylaş: