Savol. Jismoniy tarbiya darslarini tahlil etishda qaysi jihatlar e’tiborga
olinishi lozim?
Javob. Dars tahlilida o’qituvchi va o’quvchilarni darsga tayyorgarligi,
darsning mazmuni, darsning qismidagi bajariladigan o’quv tarbiya to’g’riligiga,
o’qutuvchi va o’quvchi faoliyatiga. O’qituvchining nutqi, iboradagi, buyruqlari,
madaniyatiga, dars jarayonida yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanganlik
kabi jihatlarga e’tibor qaratiladi.
69.
Savol. Jismoniy tarbiya darslarini tahlil etishdan qanday maqsad
ko’zlanadi?
Javob. Jismoniy tarbiya darslarini tahlil etishdan maqsad o’qituvchining ish
faoliyati bilan tanishish uni o’rganish, jismoniy tarbiya darsini qanday o’qitilishini,
o’quvchilarni ko’nikma va malakalarini qay darajadaligini aniqlash, ilg’or ish
tajribalarini o’rganish, lozim bo’lsa o’qituvchiga dars samaradorligini yanada
oshirish maqsadida maslahatlar berishdan iborat.
70.
Savol. Sport faoliyati nima? Javob: Alohida tanlangan sport turi bilan muntazam ravishda
shug’ullanish (murabbiy rahbarligida), musobaqalarga tayyorlanish va
qatnashish, g’oliblikka intilish, natijalarni yuqoriga ko’tarishga qaratilgan
faoliyatdir.
71.
Savol. Sport tushunchasi nima?
Javob. Sport bu insoniyat hayotida tarixan shakllangan inson faoliyati bo’lib,
tanlab olingan sport turida yuqori natijalarga erishish va maxsus musobaqalar
sharoitida g’oliblarni aniqlash, ularni taqdirlashdan iborat. Sport hozirgi
jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib uning jamiyatdagi vazifalari, xilma-xil
va ko’p karralidir.
72.
Savol. Sportning jamiyatdagi vazifalari nimalardan iborat?
Javob. Sportning jamiyatda musobaqa vazifasi, tarbiyaviy vazifasi, jismoniy
fazilatlarni tarbiyalash vazifasi, sog’lomlashtirish vazifasi, ishlab chiqarishga
qaratilganligi, tinchlikni mustahkamlashga qaratilganlik, dunyo xalqlarini
birdamlikka chaqirish vazifasi, tomoshabinlik kabi vazifalari mavjud.
73.