Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
Yo‘l ustida turib gaplashardik, O‘rmat aka hatto mashinaga yaqin ham kelmadi. Asalga ko‘z qirini 
ham tashlamadi. Yaxshiyamki, buni Asalning o‘zi fahmlab qolib, boshiga ro‘molini tashlab, yuzini 
berkitdi. Shunda O‘rmat aka mamnunlik bilan jilmaydi-da: 
— Mana bu ishing joyida! — dedi u va kabinaga yaqinlashib kelib, Asalga bokdi. — Rahmat, 
qizim, hurmat qilganing uchun rahmat. Bundan buyon sen bizning kelinimizsan, avtobazadagi hamma 
oqsoqollar kelinisan, qizim. Hali ular yo‘lda uchrab qolishadi. Mana, Ilyos, ko‘rmana. Kelinni 
qurukdan quruqqa ko‘rsatmaydilar, — deb u pul uzatdi. Men qo‘lini qaytara olmadim, yo‘qsa, xafa 
qilib qo‘yardim. 
Biz xayrlashdik. Asal hamon boshidan ro‘molini olmasdi. Odatdagicha tagli-taxtli qirg‘iz oilasiga 
tushgan kelindek, u odamlar bilan uchrashganda uyatchanlik bilan yuzini berkitardi. O‘zimiz yolg‘iz 
qolganimizda esa o‘zaro kulishardik, boshiga ro‘mol tashlab olgan Asal menga yanada go‘zalroq 
bo‘lib ko‘rinardi. 
— Jonginam, qani, boshingni ko‘tar, meni bir o‘pib qo‘y-chi, — dedim unga. 
— Mumkin emas, oqsoqollar ko‘rib qolishadi, — dedi-yu, shu zahotiyoq kulgi aralash, go‘yo birov 
ko‘rib qolmasin deyayotgandek, ehtiyotlik bilan chakkamdan o‘pib oldi. 
Yo‘lda borarkanmiz, yana ham qiziqroq hodisalarga duch keldik. Avtobazaning trassadagi hamma 
shofyorlari uchrashganda bizni qayta-qayta to‘xtatishib tabriklashardi, baxt-saodat tilashardi. Ularning 
ko‘pchiligi yo‘l-yo‘lakay gul terib, guldasta yasabgina qolmay, hatto sovg‘alar tayyorlab qo‘yishga 
ham ulgurishibdi. Bilmadim, kimning aqliga keldi ekan bu. Bu fikrni hoynahoy rus yigitlarimiz o‘ylab 
topishgan bo‘lsa kerak. Ular qishlokda to‘y bo‘lib qolsa, mashinani boplab bezatadilar. Hozir ham ular 
mashinamizga qizil, ko‘k, yashil lentalar taqib, shoyi durralar, guldastalar ila boshladilar. Mashinamiz 
turli-tuman ranglarga g‘arq bo‘lib, cho‘g‘dek tovlanardiki, ehtimol u o‘nlab kilometr naridan ko‘zga 
tashlanib turgan bo‘lsa kerak. 
Asal ikkimiz g‘oyatda baxtiyor edik, men do‘stlarimning bu iltifotidan qalbdan faxrlanardim. Do‘st 
kulfat-da sinaladi, deydilar. Menimcha, ular baxtli damlarda ham sinaladilar. 
Yo‘lda eng yaqin do‘stim Alibek Jonturin ham uchradi. U mendan ikki yosh katta. U — kallasi 
katta, norg‘ul yigit edi, o‘zi ancha yosh bo‘lsa ham sermulohaza, og‘ir, vazmin yigit bo‘lib, ajoyib 
shofyor edi. Bazada uni juda hurmat qilishardi. Alibekni profkom qilib ham saylashgandi. Qani, u 
nima derkin, deb o‘ylab turibman. 
Alibek mashinamizga jimgina qaradi-da, bosh tebratib qo‘ydi, so‘ngra Asalga yaqin kelib, qo‘l 
berib salomlashdi va uni tabrikladi. 
— Qani, yo‘llanmangni bu yoqqa ber-chi! — dedi u. Men bunday kutib olar deb o‘ylamagan edim. 
Hech narsaga tushunmay, qog‘ozni jimgina uzatdim. U avtoruchkasini oldi-da, yo‘llanmaga 
ko‘ndalangiga to‘ldirib, burchakma-burchak qilib yirik harflar bilan yoza boshladi: «To‘y safari, 

167!» 
— Nima qilyapsan? — deb dovdirab qoldim. — Axir bu hujjat-ku! 
— Tarixiy bo‘lib saqlanib qoladi! — deb kulimsiradi u. — Nima, buxgalteriyada o‘tirganlarni 
odam emas deb o‘ylayapsanmi? Endi qo‘lingni ber! — deb meni mahkam quchoqlab o‘pdi. Biz 
xaxolab kulib yubordik. Keyin mashinalarimizga qarab yura boshladik, ammo Alibek meni to‘xtatib: 
— Qaerda turadigan bo‘ldinglar? — deb so‘rab qoldi. 
Men yelkamni qisib qo‘ydim. 
— Mana bizning uyimiz! — deb mashinani ko‘rsat-dim. 
— Kabinadami? Ehtimol, bolalaringizni ham o‘sha yerda boqarsizlar?.. Menga qara, dovondagi 
uyimizga joylashaveringlar, baza boshliqlari bilan o‘zim gaplashaman. Biz o‘z uyimizga ko‘chib 
o‘tarmiz. 
— Uying hali bitmagan-ku? 
Alibek Ribacheda, avtobaza yaqinida uy qurmoqda edi. Bo‘sh vaqtlarimda men ham unga 
yordamlashib turardim. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin