Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
yugura boshladim. — Men hazil qilayotganim yo‘q, haqiqatan ham pritseplar ulash mumkin... 
Keksa, oqsoqol shofyorlardan biri jahli chiqib, oldimga keldi-da: 
— Men bu yerda shofyorlik qila boshlagan paytlarimda sen hali ishtonchan yurgan go‘dak eding. 
Tyan-Shan tantsa maydoni emas, senga juda rahmim kelyapti, xalq o‘rtasida masxarabozlik qilma! — 
dedi. 
Odamlar meni masxara qilishib, mashinalariga tarqala boshladilar. Shunda men butun stantsiyani 
boshimga ko‘tarib baqirdim: 
— Sizlar shofyor emas, xotinchalishlarsiz! 
Buni bekor qilgan ekanman, boshimga balo orttirib oldim. 
Hamma to‘xtab, baravariga menga qarab yopirilib kela boshladi: 
— Nima deding, ablah! Ko‘pchilikning hayoti bilan o‘ynashmoqchimisan! 
— Novator! Mukofot olmoqchi! — deb shovqin soldi Jontoy. G‘ala-g‘ovur zo‘rayib ketdi, odamlar 
meni iskanjaga olib, yashiklarga qisib qo‘yishdi. 
— Masxara qilyapsanmi hali! 
— Sol tumshug‘iga! 
— Mishig‘ingni artib olsang-chi! 
Do‘pposlab, dabdala qilib tashlashsa kerak, deb o‘ylab, yerdagi yotgan taxtani qo‘limga oldim. 
— Qani, chetroq tur, yo‘l ber! — deb hushtak chalib, kimdir hammani itarib-surib kela boshladi. 
Bu Alibek edi. 
— Jim! — deb baqirdi u. — Sen, Ilyos, tushuntirib gapir! Tezroq so‘zlay qol! 
— E, nimani gapiraman! — dedim men nafasim bo‘g‘zimga tiqilib. Chunki hali og‘iz ochishga 
ulgurmasdanoq yulib-tortqilashib, tugmamdan birontasini ham qoldirishmay uzib yuborishgandi. — 
Men dovonda bir mashinani yuki bilan shatakka olib, yo‘l tuzatuvchilar uchastkasigacha oborib 
qo‘yganman. Bor gap shu. 
Yigitlar ishonmagandek jim bo‘lib qolishdi. 
— Xo‘sh, torta oldingmi? — deb so‘radi kimdir shubhalanib. 
— Ha, butun Do‘landan to uchastka hovlisigacha tortib bordim. 
— Ho, juda zo‘r-u! — dedi kimdir ajablanib. 
— O‘zicha valdirayapti-da! — deb e’tiroz bildirdi ikkinchi biri. 
— Faqat muttahamlargina valdiraydi. Buni Jontoy ham ko‘rgan. Hoy, Jontoy, qayoqdasan? Ayt! 
Qanday uchrashganimiz esingdami?.. 
Ammo Jontoyning ovozi chiqmasdi. U yer yorilib, yerga kirib ketgandek, g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. U 
ablahdan nafratlanib yurganim bejiz emas edi. Hozir buni o‘ylab turadigan vaqt emasdi. Odamlar 
bahslashib ketdi. Meni quvvatlagan odamlar ham bo‘lishdi. Biroq qandaydir bir shakkok chiqib, 
birdaniga ularni fikrlaridan qaytardi-qo‘ydi: 
— Bekorchi gap sotishning nima keragi bor! — deya to‘ng‘illay boshladi u. — Birov bir ishni bir 
marta qilsa qilibdi-da! Bunday hodisalar ozmi! Biz yosh bola emasmiz. Trassamizda pritseplar ulab 
yurish man etilgap. Bunga hech kim ruxsat ham bermaydi. Mehnat xavfsizligi injenerlariga shunday 
deb ko‘r-chi, nima derkin: shunaqayam boplasinki, dodingni xudoga ayt-gin. Sizlarni deb 
javobgarlikka tortilishni xohlamasa kerak... Gapning o‘g‘il bolasi shu. 
— E, qo‘ysang-chi! — deb gapga aralashdi boshqa birov. — Ruxsat bermaydi deganing nimasi! 
Mana, Ivan Stepanovich o‘ttizinchi yillarda polutorka mashinada dovonni birinchi bo‘lib ochgan. Unga 
ham hech kim ruxsat bermagan edi. U o‘z bilgicha qilgandi bu ishni. Mana o‘zi, hali o‘lganicha yo‘q... 
— Ha, darvoqe, shunday bo‘lgan edi, — deb tasdiqladi Ivan Stepanovich. — Ammo hozir 
shubhalanib turibman: axir bu yerdan hatto yozda ham hech kim pritsep bilan o‘tgan emas, hozir esa 
qish... 
Shu paytgacha indamay o‘tirgan Alibek gapga aralashdi: 
— Yetar shuncha tortishganimiz. Ilyosning taklifi hali sinab ko‘rilmagan narsa bo‘lsa ham o‘ylab 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin