Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29
— Vaqtimni olma, oqsoqol! — dedim sabrim chidamay. — Ish qolib ketyapti! 
Yuk ortish tinchgina o‘tdi. Yaxshigina yuk ham olindi: kuzovga ham ikki, pritsepga ham ikki 
bo‘lak yuk olib yo‘lga chiqdim va faqat shundan keyingina ko‘nglim joyiga tushib, cheka boshladim. 
So‘ngra mashinaga qulayroq o‘tirib oldim-da, chiroqni yoqib, to‘la gaz berdim. Mashina chirog‘idan 
taralayotgan yog‘du atrofni qoplab olgan qorong‘ilik chokini so‘kib borardi. Yo‘l bo‘m-bo‘sh edi. 
Mashinani eng yuqori tezlikka qo‘yib haydashim mumkin edi. Orqada sharaqlab kelayotgan pritsep 
yengilgina va bir tekisda yelib borayotgan mashinaga deyarli xalal bermasdi. To‘g‘ri, burilishlarga 
kelganda mashina yo‘l chekkasiga surilib ketardi va rulni boshqarish ham ancha qiyinlashar edi. 
Ammo bunga odatlanmaganlikdan, keyinchalik ko‘nikib ketarman, deb o‘ylardim. «Do‘lanni zabt 
etaman, Sintszyanga ham boraman!» — deb qichqirdim o‘zimga-o‘zim va ot ustida enkayib chopib 
borayotgandek rul chambaragiga yopishib oldim. Yo‘l ravon kelgan yerlardan iloji boricha tezroq 
haydab o‘tish va tun yarmida Do‘langa hujum boshlash niyatida edim. 
Ba’zi vaqtlarda tezlikni mo‘ljalimdagidan ham oshirib haydardim. Ammo tog‘ boshlangandan 
keyin sekinroq va ehtiyotkorlik bilan yurishga to‘g‘ri keldi. Bu motorning quvvati yetmasligidan emas, 
albatta. Tepalikka chiqishga qaraganda, pastlikka tushish ancha qiyin edi. Pritsep nishablikdan o‘kday 
g‘izillab kelib, mashinaga zarb bilan urilar va uning tinchgina tushishiga xalaqit berar edi. Har 
qadamda tormoz berib, tezlikni kamaytirish va rulni ziyraklik bilan boshqarib turishga to‘g‘ri kelardi. 
Boshda o‘zimni dadil tutdim, uncha-muncha narsaga e’tibor bermaslikka harakat qildim, lekin borgan 
sari xavotirlanib, asablarim buzila boshladi. Hali yo‘lda yana qanchadan-qancha tepalik va nishabliklar 
uchraydi. Bularni sanab chiqish hech kimning xayoliga kelganmikin! Shunday bo‘lsa-da, ruhimni 
tushirmadim. Bu yerda holdan toyishdan boshqa hech narsa ko‘nglimga tahdid solmasdi. 
«Hechqisi yo‘q, — deb ovutardim o‘zimni o‘zim. — Dovonga chiqish oldidan nafasimni rostlab 
olaman. Dovondan albatta oshib o‘taman!» Biroq men nega o‘sha kuzda mashinani shatakka 
olganimdagiga qaraganda hozir ko‘proq qiynalyapman, deb o‘ylab o‘tirmadim. 
Do‘lan tobora yaqinlashib kelmoqda. Chiroq nurlari qop-qora tun qo‘yniga cho‘kkan ulkan 
daraning qoyalarini siypalab o‘ta boshladi. Qorli qalpoqlarini bostirib kiyib olgan bu qoyalar yo‘l 
ustida osilib turardi. Chiroq nurlarida pag‘a-pag‘a qor parchalari yaltirab ko‘rina boshladi. «Yuqoridan 
shamol uchirib tushayotgan bo‘lsa kerak», dedim o‘zimcha. Ammo qor par-chalari kabina derazalariga 
yopishib, erib, pastga sirqib tushardi. Demak, qor yog‘ayapti. U siyrak yog‘ayotgan bo‘lsa ham nam 
qor edi. «Bunisiga balo bormi-di!..» — dedim g‘ijinib. Oyna tozalaydigan cho‘tkalarni ishga soldim. 
Dovonning dastlabki balanddiklari boshlandi. Motor odatdagidek o‘zining mungli qo‘shig‘ini 
kuylay boshladi. Uning zo‘riqib bir ohangda guvillashi qorong‘ida o‘rmalab borayotgan qo‘ng‘iz 
bolasini eslatardi. Nihoyat marraga yetib keldim. Endi oldinda pastga qarab qiyalab ketgan olis yo‘l. 
Motor ovozi pasayib, mashina quyiga qarab tusha boshladi. Mana endi u yon-bu yonga qarab tebranib 
bormoqda. Men pritsepning orqada lapanglab, yo‘l-yo‘lakay mashinaga sharaqlab kelib urilayotganini 
sezib, halqalarning tutashgan yeridan g‘ijirlab chiqayotgan metall ovozlarini eshitib turardim. Bu 
g‘ijirlash ovozi g‘ashimni keltirib, belimni, bilaklarimni sirqiratib og‘ritayotgandek bo‘lardi. 
G‘ildiraklar tormozga itoat qilmay, nam qor to‘shamida sirg‘alib boradi, mashina sirg‘alib bir silkinib 
ketgan edi, ruli qo‘limdan chiqib ketdi-da, shaqir-shuqur qilib, yo‘l bo‘ylab, qiyalab pastga tomon 
g‘izillagancha tushib keta boshladi. Shunda men darhol rulni burib, mashinani to‘xtatdim. Bu yog‘iga 
yurish amri mahol edi, oyoq-qo‘limda jon qolmagandi. Mashina chirog‘ini ham, motorini ham 
o‘chirdim. Tayokdek qotib qolgan qo‘llarim xuddi yasama qo‘ldek pastga shalop etib tushdi. Men 
o‘rindiq suyan-chig‘iga o‘zimni tashlab, toshday qotib o‘tirar va xirillab nafas olayotganimni o‘zim 
ham eshityb turardim. Shu taxlitda bir necha minut o‘tirib, nafasimni rostlab oldim-da, papiros cheka 
boshladim. Chor atrofim qop-qorong‘i zimiston, dahshatli sukunat. Faqat kabina teshikchalaridan 
shamol g‘uvillab kirib turardi. Oldinda nimalar kutayotganini tasavvur qilishdan yuragim vahimaga 
tushardi. Bu yerdan yuqoriga qarab qiyalik bo‘ylab baland-past, qing‘ir-qiyshiq yo‘llar davom etardi. 
Bu — motor va qo‘llarning azobi. Bu tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ilonizi yo‘llar bilan yuqoriga tinimsiz 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin