Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
Men boshimni sekin ko‘tardim. Sovqotgan Asal nozikkina qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, tungi 
ko‘ylaqda qarshimda turar edi. Uning qo‘rquv bosgan ko‘zlari tashvish va achinish bilan menga 
boqardi. 
— Dovonda pritsepni ag‘darib yubordim, — dedim begona tovush bilan. 
— Qanaqa pritsep? — deb so‘radi u tushunmasdan. 
Temirdan yasalgan, yashil rangli, «02 — 38» nomerli! Qanaqa bo‘lsa ham baribir emasmi! — 
deb qichqirdim jahl bilan. — o‘g‘irlab olgandim uni, tushunasanmi? O‘g‘irlab olgandim. 
Asal sekingina «Voy!» deb yubordi-da, karavotga o‘tirib qoldi. 
— Nega? 
— Nega bo‘lardi? — uning hadeganda gapga tushunavermagani mening jig‘imga tegardi. — 
Dovondan pritsep bilan o‘tmoqchi edim! Tushundingmi? O‘z fikrimni amalda isbotlamoqchi edim... 
Mana endi uyim kuydi! 
Men yuzimni kaftlarim orasiga olgancha o‘tirardim. Ikkalamizdan ham birmuncha vaqt sado 
chiqmadi. Asal shartta irg‘ib turdi-da, kiyina boshladi. 
— Nega o‘tiribsiz endi?. — dedi u jiddiy qiyofa-da. 
— Nima qilishim kerak? — deb g‘o‘ldiradim men. 
— Avtobazaga qaytib boring! 
— Qanday boraman! Pritsepsiz-a? 
— U yerda hammasini tushuntirib berasiz! 
— Esingni yedingmi! — Tars yorilib ketishimga sal qoldi. Xona bo‘ylab u yoqdan-bu yoqqa tez-
tez yura boshladim. — Qaysi yuz bilan pritsepni u yerga sudrab boraman? Kechirasizlar meni, xato 
qilib qo‘ydim, deymanmi?! Oyoqlariga bosh urib yalinib-yolvorgani boramanmi? Yo‘q, bormayman! 
Bilganlarini qilishsin! Hammasiga tupurdim! 
Mening baqiriq-chaqirig‘imdan karavotda yotgan o‘g‘ilcham uyg‘onib ketib, yig‘lab yubordi. Asal 
uni qo‘liga olgan edi, bola battarroq qichqira boshladi. 
— Qo‘rqoqsiz, — dedi Asal sekingina, lekin qat’iy qilib. 
— Nima-a! — deya g‘azabdan o‘zimni tutolmay musht o‘qtalgancha unga tashlandim, qo‘l 
ko‘tarishga ko‘tardim-u, ammo urishga jur’at etolmadim. Uning hayratlanib boqib turgan shahlo 
ko‘zlari meni tang qoldirdi. Men uning chaqnab turgan ko‘z qorachiqlarida o‘zimning dahshatli va 
burishib-tirishib ketgan turqimni ko‘rib turardim. 
Uni qo‘pollik bilan bir chetga siltab yuborib, eshik tomon shiddat bilan borib, uni taraqlatib 
yopganimcha tashqariga chiqib ketdim. 
Tashqari allaqachon yorishib qolgan edi. Kunning yorishib ketgani menga qattiq ta’sir qildi; kecha 
bo‘lib o‘tgan hamma qilmish-qidirmishlarim menga yanada mudhish, yanada xunuk bo‘lib ko‘rinar, 
o‘zimni bir umr tuzatib bo‘lmaydigan xato qilib qo‘ygandek his qilardim. Hozircha birgina najot yo‘li 
bor bo‘lib, bu ham bo‘lsa loaqal mashinadagi yukni joyiga eltib qo‘ymoq zarur edi. U yog‘iga nima 
qilishni bilmayman... 
Orqaga qaytishda uyga kirib o‘tmadim. Asal bilan janjallashib qolganimdan emas. Usiz ham 
mulzam edim. Hech kimga ko‘rinmaslikka va hech kimni ko‘rmaslikka urinardim. Boshqalarni 
bilmayman-u bunday hollarda yolg‘iz bo‘lishni va boshimga tushgan tashvishni boshqalarga 
sezdirmaslikni istardim. Kimga keragi bor buning? Agar qo‘lingdan kelsa, hamma kulfatlaring ado 
bo‘lguncha sabr-toqat qil, chida... 
Kechasi yo‘lovchilar tunaydigan uyda tunab qoldim. Tuni bilan uxlayolmay alahsirab chiqdim. 
Tushimda dovonda pritsepni qidirib yurgan emishman. Uning izlari bormishu o‘zi yo‘q emish. Har 
tomonga zir yugurib, pritsep qayoqqa g‘oyib bo‘ldi, kim olib ketdi, deb so‘rab-surishtirib 
yurganmishman. Men qaytayotganimda u haqiqatan ham o‘sha bexosiyat yerda — turgan joyida yo‘q 
edi. Faqat izlari bor edi, xolos. Qaytarib olib ketishibdi. Keyin bilsam, pritsepni avtobazaga Alibek 
sudrab kelgan ekan. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin