Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
— Xo‘p, mayli, ketaver bo‘lmasa, salomat bo‘l! Mashina yo‘lga tushdi, u hovlilar ortidagi 
ko‘chaga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Men esa es-hushimni yig‘ishtirolmay hamon yo‘l ustida 
turardim. Shamolga chap berib sigareta tutatdim. Sigaretani labimga keltirar ekanman, barmoqlarim 
dir-dir titrardi. Bir necha bor bosib-bosib, ichimga tortdim-da, so‘ngra g‘ildirak iziga tashlab toptab, 
yo‘lga ravona bo‘ldim. «Mana, yetib ham keldim», deb g‘o‘ldiradim o‘z-o‘zimga. Boshqa aytadigan 
gapim ham yo‘q edi. Yuragim fikr-xayollarimni bosib ketmoqchidek gurs-gurs urar, go‘yo bir narsani 
bolg‘alayotgandek qulog‘im shang‘illardi. 
Ovul ajabtovur o‘zgarib, xiyla kengayib qolibdi, yangidan solingan ko‘pgina shifer tomli binolar 
paydo bo‘libdi. Ko‘chalarga simyog‘ochlar o‘rnatilib, simlar tortilibdi, kolxoz boshqarmasi binosi 
oldidagi simyog‘ochda radio gapirardi. Bolalar maktabga chopqillab ketishyapti. Ulardan sal kattaroq 
bolalar esa universitetni bitirgan yosh o‘qituvchilari bilan (bu ko‘kragidagi znachogidan ko‘rinib 
turardi) bir gala bo‘lishib, allanimalar haqida o‘zaro gaplashib borishardi. Ehtimol, ularning orasida 
menga tosh va tayoqlar otib qolgan bolalar ham bordir. Mayli, hechqisi yo‘q, o‘sha kezlarda hali ular 
yosh bola emasmidi. 
Garchand meni bu yerda hech kim tanimasa ham, birov sezib qolmasin deb ko‘chaning bir 
chekkasidan shoshib borardim. 
Mana o‘sha sambittolli va paxsa devorli hovli. To‘xtab, nafasimni rostladim. Qo‘rquv va 
tashvishdan badanim muzlab, ko‘cha eshigi tomon qat’iyatsizlik bilan yurib boraverdim. Taqillatdim. 
Qo‘lida portfel ko‘targan qiz chopib chiqdi. Bu — menga tilini ko‘rsatib qochgan o‘sha qizcha edi. 
Endi u maktabga boradigan bo‘lib qolibdi. Qiz shoshilib turardi. U menga hayron bo‘lib qaradi-da: 
— Uyimizda hech kim yo‘q! — dedi. 
— Hech kim yo‘q? 
— Ha, oyim lesxozga mehmon bo‘lib ketdi... Dadam traktorlarga suv tashiyapti. 
— Asal-chi, qaerda u? — deb qo‘rqa-pisa so‘radimu shu zahotiyoq og‘zim qaqrab ketayotganini 
sezdim. 
— Asal? — deb ajablandi qiz. — Asal allaqachon ketib qolgan... 
— Keyin hech kelmadimi? 
— Har yili pochcham bilan birga keladi. Oyim uni juda yaxshi kishi deb maqtaydi. 
Qizdan bo‘lak hech narsa haqida surishtirib o‘tirmadim. U maktabiga chopib ketdi, men esa orqaga 
qaytdim. 
Bu yangilik meni shu qadar dovdiratib qo‘ydiki, uning kimga va qachon turmushga chiqqani endi 
menga baribir edi. Bilib nima ham qildim? Biroq o‘tgan yillar orasida nima uchundir Asal boshqa 
birovga turmushga chiqib ketgandir, degan fikr hech qachon xayolimga ham kelmagan edi. Axir 
shunday bo‘lishi ham mumkin edi-ku. Hech qanday dom-daraksiz bir necha yillar qoramni ko‘rsatmay 
ketganimdan keyin, hammani qo‘yib meni kutib o‘tirarmidi... 
Ovuldan chiqiboq, hech qanday mashinani kutib o‘tirmasdan, to‘g‘ri yo‘l yoqalab ketaverdim. 
Agar biror mashina quvib yetganida ham uni to‘xtatmas edim. Har qalay, biron yoqqa yurishim kerak 
edi, qayoqqa bo‘lsa ham — dunyoning narigi chekkasiga bo‘lsa ham menga baribir edi endi. 
Men bir vaqtlar Asalni olib ketgan yo‘ldan borardim. Ammo yo‘l burungicha emas — yaxshilab 
shibbalanib, shag‘al yotqizilgandi, Faqat dashtgina ilgarigicha: atrofda qop-qora shudgoru o‘rib 
olingandan keyin qolgan sarg‘ish poyalar ko‘zga tashlanardi. Bepoyon dasht issiqko‘lning nurli 
hoshiyadek ajralib turgan uzoq qirg‘oqlarini yorib kirib, tog‘ yonbag‘irlaridan tortib to ufqqa qadar 
yastanib yotardi. Qorlar erib, yalang‘ochlanib qolgan yer namga to‘yib ko‘pchib yotardi. 
Allaqayoqlarda traktorlar tarillab, bahorgi shudgorlash boshlab yuborilganidan darak berardi. 
Rosa xuftonda rayonga yetib keldim, tunni mehmonxonada bir amallab o‘tkazdim-da, ertalab 
avtobazaga borishga ahd qildim. 
Qayoqqadir, o‘zga o‘lkalarga ketishdan endi foyda yo‘q edi. Hamma orzu-istaklarim barbod bo‘lib, 
hammasidan mahrum bo‘lgan edim. Endi shunchaki yashash-u ishlashdan o‘zga iloj qolmagan edi — 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin