Oʻzbekistonliklarning II jahon urushi yillarida front ortidagi hizmatlari va jasoratlari. Namangan davlat unversiteti Tarix yo’nalishi 3 bosqich talabasi Abdumutalov Dilmurod Annotatsiya
OʻZBEKISTONLIKLARNING II JAHON URUSHI YILLARIDA FRONT ORTIDAGI HIZMATLARI VA JASORATLARI . Namangan davlat unversiteti Tarix yo’nalishi 3 bosqich talabasi Abdumutalov Dilmurod Annotatsiya: Mazkur maqolada ikkinchi jahon urushida O’zbekistonliklarning buyuk jasoratlari, ularning buyuk g’alabaga qo’shgan hissasi . Daxshatli front oqibatlari. Millat qahramonlarining zaxmatkash xalqimizning qilgan xizmatlari haqida. Bu urushda fron ortidagi insonlarlarning insonparvarligi toʻgʻridida soʻz boradi. Bu haqda aniq dalillar bilan havola etilgan.
Kalit so’zlar:Ikkinchi jahon urushi, fashist, nemis, sovet, sanoat ko’rxonalar, brigadalar. Qahramonlar jasoarti, SSSR, Razvedkachilar
Anatatsiya: In this article, the great courage of the Uzbeks in the Second World War, their contribution to the great victory . Terrible front consequences. About the merits of the heroes of the nation of our venerable people. In this war, the humanism of the people behind the fron is properly spoken. This is referenced by concrete evidence. Kalit so’zlar: World War II, fascist, German, Soviet, industrial sanctuaries, brigades. Heroes jasoarti, USSR, intelligence officers Urush nomini eshitsang qalbing naqadar ozorlanadi. Qaygʻuga botiradi. Xalq orasida "Urushning nomi oʻchsin" , "Oʻlsin urush" kabi iboralar beziga ishlatilmaydi. Maʼlumki tarixda juda koʻplab urushlar boʻlib oʻtgan . Lekin XX asrda insoniyatni daxshatga solgan Jahon urushlari bizning oʻlkamizni ham chetlab oʻtmadi. Xalqimiz boshiga koʻplab judoliklarni solib, qanchadan qancha insonlarni oʻz qurboniga aylantirdi. Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga ko‘p balolarni yog‘dirgan urush sifatida, O‘zbek xalqining ham, eng og‘ir va eng qora dog‘li davridir. Ana shunday ko’rgiliklar yo’qotishlar boshiga tushgan bo’lishiga qaramay o’zbek xalqi o’zining sabr-matonati bilan bu sinovlarga bardosh bera oldi va albatta yengib o’ta oldi.
Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan darajada dahshatli va og‘ir kulfatlarni solgan urush sifatida jahon tarixida qoldi. 1939 yil 1 sentyabr kuni fashistlar Germaniyasi qo‘shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush jahonning 61 mamlakatini, yer shari aholisining 80 foizini ya’ni 1,7 mlrd. kishini o‘z girdobiga tortdi. Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o‘rtasidagi siyosiy ixtiloflar, gegemon davlatlarning dunyoga hukmron bo‘lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy agressiv davlatlar - Germaniya, Italiya hamda militaristik Yaponiya boshladi.Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o‘ynadi. Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risidagi ba’zi manbalarda ushbu urush jami 50 milliondan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan.
Sobiq sovet davlati tarkibida bo‘lgan barcha respublikalar, muxtor okruglar, shu jumladan, O‘zbekiston xalqi ham urush girdobiga tortildi. Ushbu daxshatli urush front va front ortida O‘zbekiston xalqining boshiga og‘ir sinovlarni olib keldi. Insoniyat tarixidagi eng dahshatli bu urushda 1,5 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qatnashgan. Ularning yarim milliondan ziyodi halok bo‘lgan, 133 ming nafarga yaqini bedarak yo‘qolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron bo‘lib qaytgan. [1]
Urushning dastlabki kunlaridanoq butun mamlakatda boʼlganidek, Oʼzbekistonda ham partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yigʼilishlar tashkil qilindi. 1941 yil 22 iyundayoq Toshkent toʼqimachilik kombinatining ishchilari ana shu daqiqadan boshlab oʼzlarini Vatan himoyasiga safarbar qilingan, deb hisoblashlarini bildirdilar. 23-24 iyunda Samarqand, Buxoro, Аndijon, Namangan, Fargʼona, Nukus va boshqa shaharlardagi yigʼilishlarda Vatan himoyasi uchun har qanday vazifani bajarishga shay ekanliklarini bildirgan oʼzbekistonliklar harbiy komissarliklarga frontga koʼngilli sifatida joʼnatishlarini soʼrab arizalar bera boshladilar. [2]
Аrxiv hujjatlarining dalolat berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar Toshkent tuman harbiy komissarliklariga 14 mingdan ortiq ariza tushgan. Bu oʼzbekistonliklarning oʼz vatanparvarlik burchlarini, har bir urushi insoniyat boshiga kelgan ofat ekanligini yuksak darajada anglab, urush olovini yoquvchilarga qattiq nafrat bilan qarashliklarini koʼrsatadi. Chunki boshlangan urush yuqori hokimiyat rahbarlari orasida sarosimalikni keltirib chiqargan boʼlib, faqat 29 iyundagina Xalq Komissarlari Kengashi nomidan joylarga koʼrsatmalar joʼnatib, unda urush ahvolni keskin oʼzgartirib yuborganligi, Vatan jiddiy xavf ostida qolganligi, barcha ishlarni harbiy izga solish uchun tez va qatʼiy ravishda qayta qurishni amalga oshirish zarurligi koʼrsatilib, “hamma narsa front uchun, hamma narsa gʼalaba uchun!” chaqirigʼi talab darajasiga koʼtarilgan edi.[3]
Dushmanning shiddatli hujumi, yagona frontni tashkil qilish, umumiy a’loqaning yo‘qligi, tartibsizliklar, mudofaa janglaridagi qahramonliklarni qo‘llash imkonini bermadi.Nemis-fashistlar sutkasiga 30 km sur’at bilan hujum qilib, qisqa vaqt ichida mamlakatning markaziy rayonlariga yetib keldi.SSSR qurolli kuchlardagi 2 mln.dan ortiq odami, 43,3 mingta to‘pi, 8,3 mingta tanki, 8,2 mingta samolyotidan mahrum bo‘ldi. Bu juda katta yo‘qotish edi.Stalin ma’muriy-qatag‘on vositalari bilan armiya tarkibini qo‘rqitish choralarini amalga oshirdi. 1941 yil 16 avgust qarorida asirga tushganlarni harbiy xizmatni tashlab ketgan, ularning oilasini “Vatanni sotganlarning oilasi sifatida qamash” kabi ko‘rsatmalar berildi. To‘siqchi otryadlar va jarima batalyonlari tashkil etilib, ular safida 1,5 mln.dan ortiq jangchi bo‘ldi. Lekin bu usullar o‘zini uncha oqlamadi.
Ikkinchi jahon urushida Smolensk, Odessa, Leningrad, Moskva mudofaalari sovet jangchilarining haqiqiy qahramonlik mo‘jizalari bo‘ldi desak xato qilmaymiz. Bu janglar dushmanni to‘xtatib qolish imkonini berdi. Gitlerning yashin tezligida urush olib borish rejasi barbod bo‘ldi.
Oʻzbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini taʼminlashda ham nimaiki zarur boʻlsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamgʻarmasiga 649,9 mln. soʻm naqd pul, 4 mlrd. 226 mln.soʻm zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qoʻnjli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 soʻmlik mahsulot joʻnatilgan. Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent toʻqimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, koʻp miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna gʻalla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va hoʻl mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida 59 mingta ot frontga olib ketildi.[4]
Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani jangchilarga yordam qoʻllarini choʻzishdi. Masalan, 1942-yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qoʻlqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 poʻstin, 18,5 ming litr vino va quruq mevalar olindi. 1943-yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bugʻdoy, 5496 kilo yorma bugʻdoy, 1160 kilo guruch, 418 qoʻy, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpogʻistondan 224916 soʻm naqd pul, 21614 kilo bugʻdoy, 5819 kilo goʻsht, 3700 kilo guruch joʻnatildi.
Shuni takidlash joizki, Oʼzbekiston oʼz davrida “front ortidagi front” sifatida namoyon boʼldi. Eng avvalo, minglab oʼzbek va oʼzbekistonlik oʼgʼlonlar jang maydonlarida qahramonona kurash olib bordilar. Urush boʼlayotgan hududlardan yuzlab sanoat korxonalari, ijtimoiy-madaniy muassasalar hamda millionlarcha insonlar Oʼzbekistonga koʼchirib keltirildi. Respublikaning oʼzida oʼnlab yangi korxonalar barpo etildi, ularning barchasi va respublikada mavjud korxonalar urush ehtiyojlariga yoʼnaltirildi.
Oʻgʻir bir kunlarni bishidan kechrayotgan xalqimiz shunday bir vaziyatda oʼzbekistonlik ayollar butun ogʼirlikni oʼz zimmalariga olishdi. Qishloq xoʼjaligi, sanoat va iqtisodiyotning boshqa barcha sohalarda xotin-qizlar mehnati yetakchi oʼringa chiqdi. Bu davrda koʼplab nafaqadagi ayollar ham oʼz ishlariga qaytib kelib, mehnat qilganlar. Tabiiyki, urush tufayli sanoat korxonalarida ishlaydigan erkaklarning katta qismi frontga jalb etildi.Bu esa, oʼz navbatida, sanoat korxonalari ishchi-xizmatchilari safida ayollar sonining oshib borishiga sabab boʼldi. Statistik maʼlumotlarga eʼtibor beradigan boʼlsak, 1942-yilning oxiriga borib, sanoat ishchilarining 63,5 foizi, qishloq xoʼjaligi vakillarining 65 foizini xotin-qizlar tashkil etgan edi. Vaholanki, 1940-yilda respublika boʼyicha sanoat sohasida band ayollar jami ishchilarning 43%ini tashkil etgan edi. [5]
Darvoqe Buxoroda ham urush yillarida ayollar faol mehnat qilganlar.Iqtisodiyotning barcha jabhalarida mehnat qilish ayollarning zimmasiga tushgan. Urush yillarida 200 dan ortiq buxorolik xotin-qizlar sanoat korxonalari va artellarga boshchilik qilganlar. Buxorolik 50 yoshli Bahrixon Аshurxoʼjaeva evakuatsiya qilingan turli millatlarga mansub 8 ta bolani oʼz tarbiyasiga olgan.
Manbalarning dalolat berishicha, urushning ilk davrlaridayoq respublikaning koʼplab hududlarida ayollar tashabbusni oʼz qoʼllariga olib, turli tadbirlar uyushtirganlar va barchani bir safda turib mehnat qilishga daʼvat qilganlar. Masalan, 1942-yilda Urganch shahrida uyushtirilgan xotin-qizlar mitingida koʼplab uy bekalari ishtirok etganlar va barcha ayollarni frontga ketgan erkaklar oʼrnini bosish uchun sanoat korxonalarida ishlashga daʼvat qilganlar. Natijada 1943-yilga kelib Urganch korxonalarida 1300 nafar xotin-qizlar mehnat qilganlar.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston urush yillarida frontni qishloq xoʼjalik mahsulotlari bilan taʼminlashda yetakchi oʼrinlardan birida turgan. Qishloq xoʼjaligida ayollarning ogʼir mehnati koʼplab asarlarda oʼz aksini topgan.
Jumladan, sevimli adibimiz O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani nafaqat urushning xalqimizga yetkazgan moddiy va maʼnaviy zarari badiiy talqinda yoritilganligi, balki xotin-qizlarning daladagi jasoratlari koʼrsatib berilganligi bilan bu davr tarixidan voqif boʼlishimizda katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek xotin-qizlari nafaqat front ortida balki urush jangohlarida ham o‘zlarining fidokorliklarini namoyish etib qo‘llariga qurol olib jangga otlandi. O‘zbekitonlik Zebo G‘aniyevaning Moskva himoyasi uchun ko‘rsatgan jasorati tillarda doston bo‘ldi. Zebo G‘aniyeva xalq ko‘ngillari safida urushga otlandi.U o‘z hayotini bir nеcha bor xavf ostida qoldirib razvеdkachilar safida 12 marta «til» (dushmanning rеjalari-planini bilib olish maqsadida tirik asir tutib kеlish) opеratsiyasida ishtirok etib, shuhrat qozondi. Zеbo G‘aniyеva jang maydonlarida 28 fashist jallodni yеr tishlatdi. Qizil bayroq ordеni bilan mukofotlandi. Jami bo‘lib, Moskva himoyasi uchun olib borilgan janglarda qatnashgan o‘zbеkistonlik askar va ofitsеrlardan 1753 kishi SSSR Oliy Sovеtining Farmoni bilan «Moskva mudofaasi uchun» mеdaliga sazovor bo‘ldi.
O’sha g’oyat og’ir va suronli davrda yurtimiz frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylandi, bu yerdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirilib , ularning faoliyati front ehtiyojlari uchun yo’naltirildi. O’zbekistonga evakuatsiya qilingan yuzdan ziyod zavod va fabrikalarni tiklashda fuqorolarimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdi.
Urush olovi ichida qolgan hududlardan yurtimizga 1 million nafardan ortiq kishi ko’chirib keltirildi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Xalqimiz ularga boshpana berib, so’ngi burda nonini ham baham ko’rib, ota-onasidan ajralgan bolalarni o’z farzandlari qatori tarbiyasiga olib, butun dunyoga haqiqiy insonparvarliklarini namoyish etdi.
Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga O’zbekiston xalqining qo’shgan munosib hissasiga bag’ishlangan kitob albomi nashr etildi.
O’zbekiston xalqining bu qonli urush davrida frontda va front ortida kechgan og’ir va mashaqqatli hayoti, fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan ulkan hissasini o’zida har tomonlama aks ettiradigan yaxlit ilmiy-tarixiy kitob bo’ldi. Urush yillarida xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ishlarni, uning kuchli iroda va qahramonligini, o’sha davr haqiqatini kelgusi avlodlarga aniq misollar asosida yetkazish, ularni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalash borasida bunday ilmiy-tarixiy manbalar g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Urush davrida frontda qatnashgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan, g’alabaga munosib hissasini qo’shgan yurtdoshlarimizga bugungi kunda davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan yuksak e’tibor ko’rsatildi. Muxtasar aytganda , urush yillarida o’zbek xalqi mehnatkashligi, fidoiyligi bilan g’alabaga misilsiz hissa qo’shdi.
Bugungi tinch va osoyishta, to’kin va farovon zamonda shu kunlarga yetib kelishga sharafli hissa qo’shgan, mudhish kunlarni boshida o’tqazgan, urush og’irliklarini mardonovor yengib o’tgan zahmatkash, matonatli O’zbek xalqi, tinchlik posbonlari nomini yod etish va abadiylashtirish avlodlar zimmasidagi burchdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Mo‘minov.T.T Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabada O‘zbekiston tibbiyot sohasining tarixiy hissasi.Arxiv hujjatlari asosida. [1]
2.Murtazayeva R.X O‘zbekiston tarixi T,-Yangi asr avlodi 2003, 474-475bet. [2].
3.O‘zbekistonliklarning urush jangohlarida ko‘rsatgan jasoratlari [3].
4.A.Asqarov, O‘zbekiston tarixi 9-sinf darslik Toshkent-1994, bet-234-235 [4].
[5]. Tog‘ayeva.A, Ikkinchi jahon urushi sahifalaridan: front ortidagi o‘zbekistonlik ayollar.