4-mavzu.Хаlqаrо vаlyutа – mоliya vа krеdit munоsаbаtlаri, jаhоn хo’jаligidа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti § 4.1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi § 4.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari § 4.3. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari § 4.4. Jahon xо‘jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
§ 4.1.Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta munosabatlari pulning jahon puli funksiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi. Pul jahon puli sifatida tashqi savdo va xizmatlar, kapital migratsiyasi, foydaning investitsiyalarga kо‘chishi, zayom va subsidiyalar berish, ilmiy-texnik almashuv, turizm, davlat va xususiy pul kо‘chirishlariga xizmat qila boshladi.
Xalqaro valyuta tizimi (XVT) jahon xо‘jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. U jahon kapitalistik xо‘jaligi evolyusiyasi natijasida paydo bо‘lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Xalqaro valyuta tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iboratdir:
- valyuta birliklarining milliy va kollektiv zahiralari;
- xalqaro likvidli aktivlarning tarkibi va strukturasi;
- valyuta paritetlari va kurslari mexanizmi;
- valyutalarning о‘zaro almashuv shartlari;
- xalqaro hisob-kitob shakllari;
- xalqaro valyuta bozori va jahon oltin bozori rejimi;
- valyuta-moliya tashkilotlarini (XVF, XTTB va boshqalar) tartibga soluvchi davlatlararo valyuta-kredit tashkilotlarining maqomi.
§ 4.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta tizimi dinamik rivojlanib boruvchi tizimdir. U evolyusion rivojlanish bosqichlarda doimo о‘zgaradi va rivojlandi. О‘zining evolyusion rivojlanishida Xalqaro valyuta tizimi tо‘rtta xalqaro valyuta tizimlarini о‘zida namoyon qiluvchi tо‘rt bosqichni bosib о‘tgan.
Xalqaro valyuta tizimida oltin standart deb ataluvchi birinchi tizim stixiyali ravishda XIX asr oxirida vujudga keldi.
Ikkinchi tizim - oltin-deviz standarti Genuya konferensiyasi (1922 y.) qarorlari natijasida vujudga keldi. Keyinchalik u kо‘pchilik kapitalistik davlatlar tomonidan tan olindi. Bunda banknotalar oltin emas, balki keyinchalik oltinga almashtirilishi mumkin bо‘lgan boshqa davlatlar deviziga (banknota, veksel, cheklar) almashtirilgan.
1944 yilda bо‘lib о‘tgan Bretton-Vuds (AQSH) xalqaro konferensiyasida bu tizim huquqiy maqomni oldi.
Bretton-Vuds kelishuvi xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini eng muhim bosqichi hisoblanadi. Birinchi marta xalqaro valyuta tizimi hukumatlararo kelishuvlarga asoslana boshladi. Oltin-dollar standarti tizimini mustahkamlagan Bretton-Vuds tizimi xalqaro savdo oborotining kengayishda, sanoati rivojlangan davlatlar ishlab chiqarishining о‘sishida ham muhim rol о‘ynadi.
1976 yilda Kingstonda (Yamayka) bо‘lib о‘tgan XVFning navbatdagi majlisida dunyoda xalqaro valyuta tizimining asoslari aniqlandi.
90-yillarning boshiga kelib suzuvchi kurslar faktorini amalga oshirilishi munosabati bilan quyidagi elementlar asosida yetarli darajada murakkab bо‘lgan xalqaro valyuta tizimini tashkil qilish sxemasi vujudga keldi:
1. Asosiy ustun birliklar tanlanadi. Bu bilan ular milliy valyutalar munosabatlarini, aniqrog‘i о‘z valyuta kurslarini saqlab qoldilar;
2. Valyuta kurslarinig о‘zgarish darajasi bir xil bо‘lmasdan, diapazoni keng edi. Bunda ma’lum diapazon doirasida faqat ayrim valyutalarga nisbatan valyuta kursi saqlanadi, boshqa valyutalarga nisbatan kurs erkin о‘zgarib turadi.
Yevropa valyuta tizimida (YEVT) YEI har bir a’zosi valyutasining EKYuda hisoblangan asosiy kursi belgilangan. Mana shu asosiy kurs negizida valyutalarning о‘zaro kursi hisoblanadi. Bu kursdan kurslar amalda 2,25% dan ortiq farq qilishi mumkin emas. YEVTga qо‘shilgan ispan peseti uchun imtiyozli rejim va Italiya lirasi uchun 1993 yil avgustidan 15% gacha о‘zgarishlar chegarasi о‘rnatilgan.
EKYU yaratishdan maqsad - ayrim YEIga a’zo davlatlarni valyuta kurslarining barqarorligiga erishish edi. EKYuni yaratishning undagi muhim tomonlaridan biri AQSH dollarining oltinni о‘rnini bosish uchun yetarli darajada ishonchli emasligidir.
Yevropa valyuta tizimi
Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining tuzilishi yagona Yevropa valyutasini yaratishni kо‘zda tutmagan edi. Ammo 70-yillarning о‘rtalariga kelib yagona valyuta ittifoqini tuzish yо‘llarini qidirish faollashdi. Yevropa hamjamiyati liderlari nafaqat AQSH dollariga muqobil valyuta birligini yaratish, balki valyuta intervensiyasini amalga oshirish, valyuta о‘zgarishlarini davlat tomonidan nazorat qilishni amalga oshirishga harakat qildilar.
Murakkab muzoqaralar natijasida YEI doirasida 1979 yilning martida Yevropa valyuta tizimi (YEVT) tashkil topdi. YEVT - umumiy iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi, iqtisodiy integratsiya doirasida milliy valyutalarning ishlashi bilan bog‘liq bо‘lgan xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimidir. YEVT - jahon valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismi bо‘lib hisoblanadi.
1990 yilda Yevropa valyuta tizimi kengaydi. Unga Angliya, Ispaniya, Portugaliya kirdi. 1991 yilda yagona Yevropa hududini tashkil qilish haqidagi Maastrixt shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga muvofiq YEI a’zolarining hukumat boshliqlari valyuta ittifoqini tuzish haqida kelishib oladilar.